Nazorat savollari.
1. Gazlamalarni to‘shash usullari.
2. Bichuv tsexida qo‘llaniladigan uskunalar turlari va ularning tavsifi.
3. To‘shash va bichish jarayonini an`anaviy usulidagi operatsiyalar turlari.
4. To‘shash va bichish jarayonini avtomatlashtirilgan usulidagi operatsiyalarni bajarish tartibi.
MA`RUZA №23.2 (2soat)
MAVZU: Bichuv sexini yakuniy ishlari.
Reja:
1.Detallarni komplektlash, nomerlash, marshrut varaqasini to`ldirish.
2. Bichuv sexini yakuniy ishlari.
Bichiq detallar komplektlangandan so`ng nomerlanadi. Detallarni nomerlash uchun 68-A kl mashinasi ishlatiladi. Talonlar bitta ipli zanjir chok bilan tikiladi. Mashinani asosiy valini bir minutdagi aylanishlari soni quyidagi operatsiyalar ketma–ket bajariladi: qog`oz tasmada tartib raqamni tamg`alash, talonni tepki ostiga qo`yish, talonni qirqish, talonni tikish, tartib raqamni keyingi tartib raqamga o`tkazish, ipni qirqish, tepkini ko`tarish, mashinani dastlabgi holatida to`xtash.
Elim qoplangan talonlarni METO, EASI ( SShA), PRIX (Italiya) rusumli raqamlash mashinalarida bajariladi
. Detallarga nomer qo`yish mashinasi “METO”
Detal qirqmlariga mag`iz chok bilan ishlov berish uchun mag`iz mahsus mashinada avval qirqib, rulon shaklida tayyorlab olinadi. Buning uchun LU-911-B (Taiwan) mashinasi ishlatiladi.
Tasma qirqish mashinasi
Detallarni tekislab qirqish uchun LEJIANG WD-2, ZOJE ZJ 8-1, LEJIANG YJ -70A rusumli qirqish pichoqlarini qo`llash mumkin
Detal qirqimlarini tekislab qirqish pichoqlari:
a- LEJIANG WD-2, b- LEJIANG YJ -70A
Nazorat savollari.
1. Bichuv tsexida bajariladigan texnologik operatsiyalarni tartibiga ta`sir etadigan omillar.
2. Nuqsonli gazlamalarni to‘shash va bichishni o‘ziga xosligi.
3. Bichuv tsexining yakuniy operatsiyalari.
Dostları ilə paylaş: |