Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə20/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74
ТЖЛ majmua LP

MA`RUZA №8 (2 soat)
MAVZU: TIKUV BUYUMLARINI ISHLAB CHIQARADIGAN TEXNOLOGIK JARAYONNI LOYIXALASH BOSQICHLARI
Reja:
1. Texnologik jarayonlarni loyixalashga qo‘yiladigan umumiy talablar
2.Tikuv buyumlarini ishlab chiqaradigan texnologik jarayonni loyixalash bosqichlari
Texnologik jarayonlarni loyixalashga qo‘yiladigan umumiy talablar
Tikuvchilik sanoatida ishlab chiqarish jarayoni bir nechta bosqichlardan iborat. Ulardan biri tikuv tsexida amalga oshiriladi.
Tikuv tsexini texnologik jarayonlarini tashkil etish va loyixalashda kuyidagi ishlar bajariladi:
-ilmiy –tadqiqot ishlar, ya`ni ishlab chiqarishga yangi modelni texnologik va konstruktiv tayyorlash;
- texnologik, ya`ni zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab, buyum tikish tartibini ishlab chiqish;
-buyum tikish uchun asosiy va qushimcha materiallarni tanlash;
- tashkiliy ishlar, ya`ni zamonaviy eng samarali ishlab chiqarish oqimlarini qo‘llash;
- yangi texnika va texnologiyalarni o‘rganish va qo‘llash, ishchilar malakasini oshirish.
- ish sharoiti xavfsiz va ozoda bo‘lishi, og‘ir xamda qul mexnati sarf bo‘ladigan ishlarini mexanizatsiyalashtirishni nazarda tutish.
Ishlab chiqarishga yangi modellarni tayyorlashda ularni bir vaqtda bitta oqimda tikilishi ko‘zda tutiladi. Buning uchun yaratilgan modellar bitta konstruktiv asosda bo‘lib, tikish texnologiyasi o‘xshash bo‘lishi kerak. Modelllar assortimenti keng va mavsumga qarab o‘zgarib turishi talab etiladi.
Texnologik jarayonlarni loyixalashda mexnat unumdoligini oshirishga, maxsulot sifatini yaxshilashga, ishlab chiqarish maydoni va texnikadan to‘la foydalinishga aloxida axamiyat berish kerak. Uskunalarga xizmat ko‘rsatish va ta`mirlashni engilashtirish maqsadida ularni unifikatsiyalashga intilish kerak. Zamonaviy uskunalar va texnologiyani qo‘llash, texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish qo‘l ishlarini kamaytirishga imkon beradi.
Tikuv buyumlarini ishlab chiqaradigan texnologik jarayonni loyixalash bosqichlari
Tikuv buyumlarni ishlab chiqaradigan texnologik jarayonni loyixalash kuyidagi bosqichlar bo‘yicha olib boriladi:

    1. boqich. Dastlabki ma`lumotlarni yig‘ish, taxlil qilish va texnik topshiriqlarni ishlab chiqish.

  • model tanlash va asoslash;

  • tanlangan buyum modeliga gazlama tanlash va asoslash;

  • tanlangan buyumni tikish uchun asbob-uskuna va tikish usullarini tanlash;

  • tikish usuli asosida buyum tikish texnologik tartibini tuzish;

  • tanlangan buyum modelini ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish oqimini tanlash.


Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə