Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə19/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74
ТЖЛ majmua LP

KSOni kamchiliklari:

  • oqimning tashkiliy ma`romi yo‘qligi;

  • tugatilmagan ish xajmi ko‘paishi;

  • buyumni ishlab chiqarish tsikli kattalashishi.

Odatda ishni bunday tashkil qilish kichik va o‘rta quvvatli kichik xajmli va modellar tez o‘zgarib turadigan oqimlarda qo‘llaniladi.
Moslanuvchan tashkiliy – texnologik tizimlar
Tikuv sanoati ishlab chikarayotgan kiyimlarni muntazam yangilanishi uni ishlab chikarishning moslanuvchanligini oshirishni talab kiladi. Moslanuvchan texnologik jarayon yoki ishlab chikarish jarayon tushunchasi xozirgi zamon adabiyotida tez yulga kuyilgan mobil ishlab chikarishning sinonimi sifatida kullaniladi. Moslanuvchanlik kup omillarga ega bulgan murakkab tushunchalardan biridir.
Muayyan vazifalarga kura moslanuvchanlikning shakllari tashkiliy, texnik, texnologik, strukturaviy xajmiga kura birinchi uringa kuyiladi.
Tikuvchilik sanoatida moslanuvchan ishlab chikarish tizimlarini yaratish muammolarini echish uchun kiyimni tayyorlash jarayoni spetsifikasini xisobga olish kerak buladi. Bu - maxsulotning kup detalligi, maxsulotni tayyorlashda kup uskunalarning kullanilishi, ishchi kuchining ishtirok etishi va x.k. demakdir. Shuning uchun sanoatda buyumlarga ishlov berishning texnologik jarayonlariga etibor karatish kerak. Ularning ichida asosiysi mexnat predmeti va detallarni ishlov berish jaraenlarini birxilligidir.
Maxsulot bulaklarini bir xil choklar bilan uxshash uskunalarda ishlov berish ishlab chikarishni modul tamoyillari asosida tashkil etish imkonini beradi. Texnologik jixatdan turli modellar uchun modullar uzgarmas bulishi kerak. Modullar yigindisi muayyan buyumni tayyorlash uchun texnologik jarayonni tashkil etadi.
Okim modullarida mexnat vositalari mexnat predmetining tashkiliy texnologik echimining doimiy uxshashligini taminlaydi. Bir maxsulotni tayyorlash va boshkasiga utishda modullararo va modul orasidagi alokalar (yarimfabrikatlarning yunalishi) yunalishi uzgaradi, texnologik jarayon esa uz strukturasi, uskunalarning joylanishi va tarkibi jixatdan doimiy buladi.
Taklif etilgan yondashuv kamoperatsion texnologiyani va rakamli dastur bilan boshkariladigan kup maksadli asbob-uskunalarni kullamay turib tikuvchilik ishlab chikarishda moslanuvchan ishlab chikarish tizimlarini yaratish imkonini beradi.
Okimning moslanuvchan tashkiliy texnologik moduli deganda mexnat vositalarining mexnat predmetlariga tasirining mustaxkam saklanadigan yigindisi tushuniladi. Bunda moslanuvchan tashkiliy texnologik modul maxsulot kismining turli konstruktiv echimlariga ishlov berishni taminlashi kerak.
Okimni modul tushunchasi va ishlab chikarishni tuzishga kuyiladigan talabalri asosida uni loyixalashtirishning asosiy koidalarini shakllantirish mumkin:
- texnologik ishlov berishning funktsional tugallanganligi;
-okimning boshka modullarida sabab-natija alokalarning yukligi;
-mexnat va jonli mexnat vositalari nomenklaturasining doimiyligi;
- istalgan mexnat predmeti asosida istalgan modelning bir xillik funktsionalligi doirasida ishlov berish imkoniyatini taminlash;
- okimda modullarni urtacha sarf vaktining tengligi va karraligi.
Okimning moslanuvchan tashkiliy shakli deganda shunday ishlab chikarish strukturasining okimli chizigi tushuniladiki, yangi assortimentga utishda okimni kisman kayta kurish va asbob-uskunalarni kisman uzgartirib utishni ta`minlash tushuniladi.
Tikuv ishlab chikarishning moslanuvchan tashkiliy shaklini oshirishda yangi buyumlarni kiska muddatda yaratishni ta`minlashga asoslanadi va u uz ichiga kuyidagilarni oladi:
-adresli modellashtirishni konstruktiv tayyorlash va anik texnologik jarayon uchun berilgan assortimentning yagona kollektsiyasini yaratish;
-ishlab chikarishni texnologik tayyorlash, buyum guruxi uchun mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan texnologik jarayon bazasida unifikatsiyalashgan moslanuvchan texnologiyani yaratish;
-texnologik bir xil guruxga kiruvchi xar xil buyumlarga ishlov berish buyicha yagona guruxli texnologik jarayonni tashkiliy tayyorlashni kurish.
Okimning moslanuvchan tashkiliy shaklini ishlab chikish buyumlarni guruxlashni konstruktiv-texnologik uxshashligi buyicha ishlov berish usullarini va kullaniladigan asbob-uskunani birxilligini xisobga olib bajarishga asoslanishi kerak.
Bitta okimda tayyorlash uchun muljallangan buyumlarni guruxlashda kuyidagi shartlarni inobatga olish kerak:
-buyumlarni konstruktiv-texnologik uxshashligi;
-kullaniladigan gazlamalarni xususiyati va uxshashlik strukturasi;
-asbob-uskunani birxilligi;
-buyum paketi uxshashligi.
Okimning moslanuvchan tashkiliy shaklini ishlab chikish buyumga zamonaviy ishlov berishning kuyidagi usullarini kullashga asoslanib amalga oshiriladi:
- yarimavtomat va maxsus uskunalarni kullab turli xil uzellarni yigish usullarini unifikatsiyalash (masalan, chuntak kopkogiga, kirkma chuntakka, vitachkaga va x.k.larga ishlov berish);
-operatsiyalarni tuzilishi buyicha, shuningdek buyumning aloxida uzellarini yigish sxemasi buyicha texnologik ketma-ketlikni uxshashligi.
Moslanuvchan ishlab chikarish okimida kullanadigan asbob-uskunalar buyum paketi xususiyatlari buyicha aniklanadi va kuyidagilarga ega bulishi kerak:
-yukori darajada universalligi;
-bitta operatsiyadan boshkasiga utishda sarf vaktini deyarli uzgarmasligi (buyum paketiga karab baxya uzunligini uzgartirish, ip tarangligini uzgartirish, tepki bosimini uzgartirish, ish organini almashtirish, namlab-isitib ishlov berish parametrlarini boshkarish).
Okimning moslanuvchan tashkiliy shakli uning kuyidagi omillar ta`sir kiluvchi ishlab chikarish strukturasi bilan aniklanadi:
-korxonaning ixtisoslik darajasi va uning bulimlari (tsexlar, okimlar, sektsiyalar);
-okim kuvvati;
-texnologiya, asbob-uskuna tarkibi va uning ixtisoslik darajasi;
-ishlov berilayotgan seriyaning ulchami va model almashtirilishi.
Bozor iktisodiyoti sharoitida ishlab chikarishda moslanuvchan okimlarni tashkil kilish zamon talabiga javob beradi. Bunday okimlarda turli buyumlarni okimga kisman uzgartirish kiritib ishlab chikarish mumkin. Bu iste`molchi talabini kondirishga imkon beradi



Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə