Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi


KURS LOYIHASI BO'LIMLARINI BAJARISH USLUBI



Yüklə 7,45 Mb.
səhifə62/74
tarix12.05.2023
ölçüsü7,45 Mb.
#109938
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74
ТЖЛ majmua LP

KURS LOYIHASI BO'LIMLARINI BAJARISH USLUBI
1.Kirish bo'limi
Qisqa qilib hozirgi zamon tikuv sanoati va uning asosiy ko'rsatkichlari, bundan keyingi rivojlanish istiqbollari bo'yicha, ya'ni mehnat unumdorligini o'sishi, assortiment turlarini ko'payishi va ularning sifati oshishi to'g`risida ma'lumot beriladi.


2. MODELLARNI TANLASH VA ASOSLASH
Modellar asosan hozirgi kunda tikilayotgan yoki ishlab chiqarishga tushirishga mo'ljallanganidan tanlab olinadi va bunda moda yo'nalishi, maqsadga muvofiqligi texnologiyabopligi va tejamliligi ko'zda tutiladi.
Model texnologiyabopligi asosiy samaradorlik elementi hisoblanadi. Model texnologiyabop deganda buyum konstruksiyasi iste'molchilarning hamda korxonaning talablariga juda mos keladigan, ishlab chiqarish sharoitlari yuqori mehnat unumiga imkon beradigan, kiyim detallariga texnologik ishlov berish va ularni yig`ishning eng murakkab usullaridan foydalanish imkonayatini beradigan deb tushuniladi.
Ko'p fasonli ishlab chiqarish oqimlari uchun tanlangan modellar sermehnatligini bir-biriga taqqoslash yo'li bilan asoslanadi. Katta quvvatli ko'p fasonli ishlab chiqarish oqimlarda tikiladigan modellarni sermehnatligi bir-biridan 3-5 % dan ortiq farq qilmasligi kerak.
Tushuntirish xatida bu bo'lim bo'yicha quyidagilar beriladi:
1.Moda yo'nalishi
2.Kiyimga bo'lgan talablar
3.Tanlangan modellarni asoslash
Tavsiya etilayotgan modellarga konstruktiv tavsif 1- jadval shaklida beriladi.


BUYUM MODELLARIGA KONSTRUKTIV TA'RIF
1- jadval





Modelning qisqacha tasnifi

Modelning homaki rasmi

Detallar nomi



Tavsiya etiladigan o'lcham va bo'ylar

Old bo`lak

Ort bo`lak

Yoqa


Yeng

va hokazo

1

2

3

4

5

6

7

8

9































Yüklə 7,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə