Til va yozuv tarixi, fonetikadan savollar


Fonetikadan savollar (Kirish)



Yüklə 377,5 Kb.
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü377,5 Kb.
#137765
1   2   3
ona tili

Fonetikadan savollar (Kirish)
1. Og'zaki nutqning tovush tizimi qaysi bo'limda o'rganiladi?
A) fonetikada B) orfografiyada
C) grafikada D) orfoepiyada
2. Fikrimizni boshqalarga nimalar orqali bayon qilamiz?
A) tovushlar vositasida so'zlash orqali
B) harflar vositasida yozish orqali
C) A va B
D) so'zlardan gap tuzish orqali
3. Tovushlar zanjiri asosida bayon qilingan nutq qanday nutq hisoblanadi?
A) og'zaki nutq B) yozma nutq
C) adabiy nutq D) badiiy nutq
4. Harflar ketma-ketligi asosida bayon qilingan nutq qanday nutq?
A) og'zaki nutq B) yozma nutq
C) adabiy nutq D) badiiy nutq
5. Nutq tovushlarining asosiy vazifasini toping.
A) so'zlar tuzishda ishtirok etish
B) so'z ma'nolarini farqlash
C) nutq hosil qilishda ishtirok etish
D) hammasi to'g'ri
6. Hali voqelanmagan imkoniyat tarzidagi, ma'lum jamiyat a'zolari uchun barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi nima?
A) nutq B) til
C) til va nutq D) tovush
7. Tilning muayyan shaxs nutqiy faoliyatida bevosita namoyon bo'lishiga nima deyiladi?
A) nutq B) til
C) til va nutq D) so'z
8. Nutqiy faoliyatda axborot uzatuvchi qanday nomlanadi?
A) so'zlovchi B) tinglovchi C) eshituvchi D) to'g'ri javob yo'q
9. Tovushning qanday tomonlari bor?
1) fiziologik; 2) akustik; 3) vazifaviy
A) 1,2 B) 1,2, 3
C) 2, 3 D) 1, 3
10. Nutq tovushlarining nutq a'zolari harakati natijasida maydonga kelishi tovushning qanday tomoni hisoblanadi?
A) fiziologik B) akustik C) lingvistik D) vazifaviy
11. Tovushning balandlik, kuch, miqdor va tembr kabi belgilarga ega bo'lishi uning qanday tomoni?
A) fiziologik B) akustik C) lingvistik D) vazifaviy
12. Tovushning ma'lum maqsadda talaffuz etilishi va ma'lum axborot uzatishga qaratilishi uning qaysi tomoni sanaladi?
A) fiziologik B) akustik C) talaffuz D) vazifaviy
13. Tovushning qaysi tomoni eng muhim?
A) fiziologik B) akustik C) fizik D) vazifaviy
14. «k» tovushining talaffuz (fiziologik) tomonini toping.
1) «k»ning «g» va boshqa undoshlardan farqlanishi; 2) sof shovqindan iborat ekanligi; 3) til o'rtasining yuqori tanglayga tegishi natijasida hosil bo'lishi; 4) jarangsizligi; 5) o'pkadan chiqayotgan havoning to'siqdan portlab chiqishi natijasida hosil bo'lishi
A) faqat 1 B) 2,5
c)2,4,5 D) 3, 5 E) 2, 4
15. «k» tovushining akustik tomonini toping.
1) «k»ning «g» va boshqa undoshlardan farqlanishi; 2) sof shovqindan iborat ekanligi; 3) til o'rtasining yuqori tanglayga tegishi natijasida hosil bo'lishi; 4) jarangsizligi; 5) o'pkadan chiqayotgan havoning to'siqdan portlab chiqishi natijasida hosil bo'lishi
A) faqat 1 B) 2, 5
C) 2,4, 5 D) 3, 5 E) 2, 4
16. Zidlanayotgan ikki birlikni bir- biridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilar qanday belgi hisoblanadi?
A) birlashtiruvchi belgi
B) farqlovchi belgi
C) umumiy belgi
D) zidlovchi belgi
17. Zidlanayotgan ikki birlikning har ikkisida takrorlanadigan, ikkisi uchun ham umumiy bo'lgan belgilar qanday nomlanadi?
A) birlashtiruvchi belgi
B) farqlovchi belgi
C) umumiy belgi
D) zidlovchi belgi
18. «d» va «t» belgilari uchun qaysi belgilar birlashtiruvchi belgi bo'la oladi?
A) til oldilik
B) portlovchilik
C) jarangli-jarangsizlik
D) A va B
19. Unli tovushlarning undosh tovushlardan farqli tomonlari qaysilar?
1) to'siqqa uchramay hosil bo'lishi; 2) faqat ovozdan iborat bo'lishi; 3) so'z ichida kelib bo'g'in hosil qi- lishi; 4) ovoz va shovqindan iborat bo'lishi
A) 1,2 B) 1, 2, 3 C)1,2,3,4 D) 1, 3,4
20. Tilshunoslikda til va nutq tushunchalarini bir-biridan farqlagan olim nomini toping.
A)A.Hojiyev B) F.Sossyur C) P.Pavlov D) Sh.Rahmatullayev
21. Soli bilan sholi so'zlarining birinchi tovush orqali farqlanishi tovushning qaysi tomoni hisoblanadi?
A) fiziologik B) akustik C) fizik . D) vazifaviy
22. Tovushning qaysi tomoni, ya'ni belgisi tabiiy tovushlarga ham, inson tovushlariga ham xos belgi sanaladi?
A) fiziologik B) akustik C) vazifaviy D) A va B
23.
Yüklə 377,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə