Til va yozuv tarixi, fonetikadan savollar



Yüklə 377,5 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü377,5 Kb.
#137765
  1   2   3
ona tili




TIL VA YOZUV TARIXI, FONETIKADAN SAVOLLAR



1.Kul tegin, To'nyuquq kabi yodgorliklar til taraqqiyotining qaysi davriga mansub?
A)eski o'zbek tili
B)eski turkiy til
C)qadimgi o'zbek tili
D)qadimgi turkiy til
2. Kim birinchi bo'lib 1893-yilning 25-noyabrida O'rxun-Enasoy bitik- toshlarining sirini ochgan?
A) V.V.Radlov B) V.Tomsen
C) P.M.Melioranskiy D) N.K.Vidzen
3. Kul tegin va Bilga xoqon bitik- toshlari qachon topilgan?
A) 1888-yil B) 1889-yil
C) 1899-yil D) 1898-yil
4. Kul tegin va Bilga xoqon bitik- toshlari kirn tomonidan topilgan?
A) N.K.Vidzen B) S.U.Remezov
C) N.M.Yadrinsev D) M.A.Kastren
5. «Erdamsiz qut cherti'.m. Ush- bu parcha qaysi asardan olingan va uning izohini toping.
A) «Hibat ul-haqoyiq», mehnat bekorga ketmaydi
B) «Qutadg'u bilig», mehnat baraka keltiradi
C) «Devonu lug'atit turk», dangasadan baxt ketadi
D) «Qisasi Rabg'uziy», odobning boshi til
6. Qoraxoniylar davrining eng asosiy adabiy va lingvistik yodgorliklaridan biri bo'lgan asar nomini toping.
A) «Devonu lug'atit turk»
B) «Qutadg'u bilig»
C) «Muhabbatnoma»
D) «Qisasi Rabg'uziy»
7. Turkiy tillar oilasi o'z ichida qanday guruhlarga bo'linadi?
A) qipchoq, uyg'ur, o'zbek
B) qorluq, qipchoq, o'g'uz
C) qorluq, qipchoq, o'zbek
D) qozoq, qoraqalpoq, o'zbek
8. «Tafsir» haqidagi noto'g'ri hukmni toping.
A) XIII asrda yaratilgan
B) Qur'onning so'zma-so'z tarjimasi
C) A.Borovkov e'tirofiga sazovor bo'lgan
D) Eski turkiy tilning yorqin namunasi
9. «Turklar, aslida, yigirma qabiladir. Har bir qabilaning sanoqsiz al laqancha uruglari bor. Men u lard an asosiylarini - ona urug'larini yozdim, shaxobchalarini tashladim». Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A) «Devonu lug'atit turk»
B) «Tafsir»
C) «Muhokamat ul-lug'atayn»
D) «Qisasi Rabg'uziy»
10. O'zR Vazirlar Mahkamasining «Asosiy imlo qoidalarini joriy etish to'g'risida»gi qarori qachon qabul qilingan?
A) 1993-yil 2-sentyabr
B) 1995-yil 6-may
C) 1996-yil 1-sentyabr
D) 1995-yil 24-avgust
11. Qaysi yozuv turkiy runik yozuvi ham deb ataladi?
A) so'g'd B) o'rxun yozuvi
C) uyg'ur, arab D) hammasi
12. Qaysi yozuv muayyan darajada oromiy yozuvi bilan bog'liq?
A) so'g'd B) o'rxun yozuvi
C) uyg'ur, arab D) hammasi
13. Tillarni oilalarga birlashtirish, har bir oilaning tarmoq, guruh va guruhchalarini aniqlash fanda qanday nomlanadi?
A) tillarning paydo bo'lishi
B) tillarning kelib chiqish tasnifi
C) til tarixi
D) A va B
14. Bir bobo tildan kelib chiqqan hamma tillarni o'z ichiga olgan birlik qanday nomlanadi?
A) til oilasi B) til tarmog'i
C) til guruhi D) bobo til
15. Qarindoshlikning yaqinlik darajasiga ko'ra tillar nimalarga bo'linadi?
A) til oilalariga
B) til tarmoqlariga
C) til guruhlariga
16. O'zbekiston Respublikasining «Davlat tili to'g'risida»gi Qonuni qachon qabul qilingan?
A) 1993-yil 2-sentyabr
B) 1995-yil 6-may
C) 1989-yil 21-oktyabr
D) 1995-yil 24-avgust
17. Milliy munosabatlarni yaxshilash maqsadida va osoyishtalikni ko'zlab «Davlat tili to'g'risida»gi Qonunga qachon ba'zi o'zgartirishlar kiritildi?
A) 1995-yil 21-dekabrda
B) 1996-yil 21-oktyabrda
C) 1989-yil 21-oktyabrda
D) 1995-yil 21-oktyabrda
18.«O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir »degan jumla «Davlat tili to'g'risida»gi Qonunning nechanchi moddasida aks etgan?
A) 1-moddasida B) 2-moddasida
C) 24-moddasida D) 4-moddasida
19. «O'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o'z ona tilini qo'llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi» degan jumla «Davlat tili to'g'risida»gi Qonunning nechanchi moddasida aks etgan?
A) 1-moddasida B) 2-moddasida
C) 24-moddasida D) 4-moddasida
20. XV - XIX asrlarda xalqimiz foydalangan til qanday nomlanadi?
A) qadimgi turkiy til
B) eski turkiy til
C) eski o'zbek tili
D) hozirgi o'zbek tili
21 Eski o'zbek adabiy tili nechanchi yillargacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi?
A) XX asrning 10 - 20-yillariga qadar bo'lgan davrni
B) XX asrning 20 - 30-yillariga qadar bo'lgan davrni
C) XX asrning 30 - 40-yillariga qadar bo'lgan davrni
D) XX asrning 10-yillariga qadar bo'lgan davrni
22. «Turonli- unvonimiz,turkistonli - shonimiz,
Vatan - bizim jonimiz, fido o'lsun qonimiz» misralarining muallifini toping.
A) Fitrat B) Cho'lpon
C) Behbudiy D) Avloniy
23. «Alp o'g'lonlar o'lkasi bu ko'hna Turon,
Qalqonlari, qanotlari, ilm istang.Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,Atisherning avlodlari ilm istang! misralari muallifini toping.
A) Iqbol Mirzo
B) To'ra Sulaymon
C) Abdulla Oripov
D) Muhammad Yusuf
24. «Til - so'zlovchi istagini eshituvchiga yetkazuvchi tarjimondm. Ushbu fikrlar muallifi kirn?
A) Firdavsiy B) Kaykovus
C) Beruniy D) Ibn Sino
25. Tillar qaysi jihatiga ko'ra oilalarga bo'linadi?
A) bir bobo tildan kelib chiqqaniga ko'ra
B) qarindoshligiga ko'ra
C) bir-biriga yaqin jihatlari ko'p bo'lishiga ko'ra
D) hamma javob to'g'ri
26. O'zbek va uyg'ur tillari qaysi til guruhiga kiradi?
A) qorluq guruhiga
B) o'g'uz guruhiga
C) qipchoq guruhiga
D) to'g'ri javob yo'q
27. Turkiy tillar oilasiga nechta til kiradi?
A) 50 ga yaqin
B) 40 ga yaqin
C) 30 ga yaqin
D) 20 ga yaqin
28. Agglyutinativ til qanday til?
A) har qanday grammatik ma'no alohida qo'shimcha yordamida ifodalanadi
B) qo'shimchalar asosan o'zakdan keyin qo'shiladi
C) qo'shimchalar o'zakdan oldin yoki keyin qo'shiladi
D) A va B
29. Alisher Navoiy asarlarida nechta so'zdan foydalangan?
A) 17 600 ta B) 21 193 ta
C) 26 035 ta D) 27 085 ta
30. Aleksandr Pushkin asarlarida nechta so'zdan foydalangan?
A) 17 600 ta B) 21 193 ta
C) 26 035 ta D) 27 085 ta
31. Abdurahmon Jomiy asarlarida nechta so'zdan foydalangan?
A) 17 600 ta B) 21 193 ta
C) 26 035 ta D) 27 085 ta
32. Vilyam Shekspir asarlarida nechta so'z ishlatilgan?
A) 14 000 dan ortiq
B) 16 000 dan ortiq
C) 18 000 dan ortiq
D) 20 000 dan ortiq
33. Abdulla To'qay asarlarida nechta so'zdan foydalangan?
A) 14 000 dan ortiq
C) 16 000 dan ortiq
C) 18 000 dan ortiq
D) 20 000 dan ortiq
34. Migel de Servantes asarlarida nechta so'zdan foydalangan?
A) 14 000 dan ortiq
C) 16 000 dan ortiq
C) 18 000 dan ortiq
D) 20 000 dan ortiq
35. «Davlat tili to'g'risida»gi Qonun qachon yangi tahrirda qabul qilindi?
A) 1993-yil 21-dekabrda
B) 1994-yil 21-dekabrda
C) 1995-yil 21-dekabrda
D) 1990-yil dekabrda
36. «Davlat tili to'g'risida»gi Qonunning nechanchi moddalarida boshqa millat vakillari tillarining amal qilishi himoya qilinadi?
A) 2-, 4-, 6-, 10-, 14-moddalarda
B) 2-, 4-, 6-, 10-, 16-moddalarda
C) 2-, 5-, 6-, 10-, 14- moddalarda
D) 2-, 5-, 6-, 10-, 15-moddalarda
37. «Davlat tili to'g'risida»gi Qonun necha moddadan iborat?
A) 21 moddadan
B) 24 moddadan
C) 25 moddadan
D) 28 moddadan
38. «O'zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta'lim olish tilini erkin tanlash huquqi beriladi. O'zbekiston Respublikasi davlat tilida, shuningdek, boshqa tillarda ham umumiy, hunar-texnika, o'rta maxsus va oliy ma'lumot olishni ta'minlaydi». Ushbu fikr «Davlat tili to'g'risida»gi Qonunning nechanchi moddasida aks etgan?
A) 5-moddada B) 6-moddada
C) 7-moddada D) 8-moddada
39. «Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o'zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi». Ushbu fikr «Davlat tili to'g'risida»gi Qonunning nechan¬chi moddasida aks etgan?
A) 5-moddada B) 6-moddada
C) 7-moddada D) 8-moddada
40. «O'zbekiston Respublikasi hududida yashovchi shaxslar, millatidan qat'i nazar, o'z ismini, otasining ismi va familiyasini milliy-tarixiy an'analarga muvofiq yozish huquqiga egadirian. Ushbu fikr «Davlat tili to'g'risida»gi Qonunning nechanchi moddasida aks etgan?
A) 15-moddada B) 16-moddada
C) 17-moddada D) 18-moddada
41. «Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, tarng'alari, ish qog'ozlarining matnlari davlat tilida bo'ladh. Ushbu fikr «Davlat tili to'g'risida»gi Qonunning nechanchi moddasida aks etgan?
A) 19-moddada B)20-moddada
C) 17-moddada D) 18-moddada
42. «Respublikaning ma'muriy-hududiy birliklari, maydonlari, ko'chalar va geografik obyektlarning nomlari davlat tilida aks etadi». Ushbu fikr «Davlat tili to'g'risida»gi Qonunning nechanchi moddasida aks etgan?
A) 20-moddada B)21-moddada
C) 22-moddada D) 23-moddada
43. Qaysi yozuv turlari turkiy xalqlar uchun umumiy bo'lgan? 1) o'rxun- enasoy yozuvi; 2) uyg'ur yozuvi; 3) so'g'd yozuvi; 4) arab yozuvi
A) 1,2,4 B) 1, 2, 3
C) 1, 3 D) 1,2, 3, 4
44. Hozirgi turkiy tillarning shakllanish tarixi qanday bosqichlarga bo'linadi? 1. Oltoy davri. 2. Eng qadimgi turk davri. 3. Qadimgi turk davri. 4. O'rta turk davri
A) 1,2,4 B) 1, 2, 3
C) 1, 3 D) 1,2, 3,4
45. Qaysi davr hozirgi barcha turkiy xalqlar va ular tillarining shakllanishi hamda rivojlanishi davri bo'ldi?
A) Oltoy davri
B) Eng qadimgi turk davri
C) Qadimgi turk davri
D) O'rta turk davri
46. Hozirgi kunda O'rxun-Enasoy yodgorliklarining nechtasi fanga malum?
A) 500 ga yaqini B) 600 ga yaqini
C) 700 ga yaqini D) 800 ga yaqini
47. O'rxun-enasoy yozuvi haqidagi dastlabki xabarlar kimlar tomonidan e'lon qilingan?
A) Vidzen, Remezov
B) Tabbet-Stralenberg, Messer-shmidt
C) Kastren
D) A va B
48. «Batsiq» so'zining hozirgi kundagi sinonimini toping.
A) g'arb B) sharq
C) shimol D) janub
49. «O'z» so'zi hozirgi kunda qaysi ma'noda ishlatiladi?
A) tepa
B) dovon
C) jon, vujud
D) mard, botir, erkin
50. «Erik» so'zi hozirgi kunda qaysi ma'noda ishlatiladi?
A) erinchoq B) tirishqoq
C) jon, vujud D) mard, botir, erkin
51. «Ko'ch» so'zi hozirgi kunda qaysi ma'noda ishlatiladi?
A) dovon, tepa
B) urug', zot
C) jon, vujud
D) mard, botir, erkin
52. «Art» so'zi hozirgi kunda qaysi ma'noda ishlatiladi?
A) dovon, tepa B) urug', zot
C) jon, vujud D) mard, botir, erkin
53. Qaysi asar turkiy xalqlarning og'zaki ijod namunalarini ham aks ettiradi?
A) «Devonu lug'atit turk»
B) «Qutadg'u bilig»
C) «Muqaddimat ul-adab»
D) «Qobusnoma»
54. Qaysi olim tilshunoslik tarixida ilk bor barcha turkiy tillarning bir necha guruhlarini tasniflab, ular orasidagi umumiy va farqli jihatlarni aniqlagan holda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik yo'nalishiga asos soldi?
A) Mahmud Zamaxshariy
B) Mahmud Koshg'ariy
C) Yusuf Xos Hojib
D) Mahmud Bulg'oriy
55. Qoraxoniylar davrining buyuk adabiy durdonalari qaysilar? 1. «Devonu lug'atit turk». 2. «Qutadg'u bilig». 3. «Hibat ul-haqoyiq». 4. «Devoni hikmat»
A) 1,2,4 B) 1,2,3
C) 1, 3 D) 1,2, 3,4
56. Qaysi davr adabiy tili hozirgi Markaziy Osiyodagi barcha turkiy tillarning shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo'lgan til sanaladi va eski turkiy til deb yuritiladi?
A) qoraxoniylar davri
B) ko'kturklar davri
C) usmonli turklar davri
D) temuriylar davri
57. Mahmud Koshg'ariy fikricha, turkiy qabilalar ichida qaysi birining tili «eng yengil»dir?
A) o'g'uz qabilasining
B) Xoqoniy o'lkasida yashovchilar- ning
C) yag'mo, tuxsi qabilalarining
D) basmil qabilasining
58. Mahmud Koshg'ariy fikricha, turkiy qabilalar ichida qaysi birining tili «eng to'g'risi, yaxshisi»dir?
A) o'g'uz qabilasining
B) Xoqoniy o'lkasida yashovchilarning
C) yag'mo, tuxsi qabilalarining
D) basmil qabilalarining
59. Mahmud Koshg'ariy fikricha, turkiy qabilalar ichida qaysi birining tili «eng ochiq, ravon til»dir?
A) o'g'uz qabilasining
B) Xoqoniy o'lkasida yashovchilaming
C) yag'mo, tuxsi qabilalarining
D) basmil qabilalarining
60. Sharqiy adabiy tilga qaysi til kiradi?
A) qipchoq-o'g'uz
B) qorluq-uyg'ur
C) uyg'ur-o'g'uz
D) qorluq-qipchoq
61. G'arbiy adabiy tilga qaysi til kiradi?
A) qipchoq-o'g'uz
B) qorluq-uyg'ur
C) uyg'ur-o'g'uz
D) qorluq-qipchoq
62. Qaysi asarlar eski o'zbek adabiy tilida yaratilgan dastlabki namunalardir?
1. «Tafsir». 2. «Xusrav va Shirin». 3. «Guliston». 4. «O'g'uznoma». 5. «Muhabbatnoma»
A) 1,4, 5 B) 1, 3, 5
C) 1,2, 3,4, 5 D) 2, 4, 5
63. G'arbiy til an'anasida yozilgan asarni toping.
A) «Tafsir»
B) «Qisasi Rabg'uziy»
C) «Muhabbatnoma»
D) «Qissayi Yusuf»
64. Sharqiy til an'anasida yozilgan asarni toping.
A) «Tafsir»
B) «Qisasi Rabg'uziy»
C) «Muhabbatnoma»
D) «Qissayi Yusuf»
65. Qaysi qatorda A.Borovkov eski o'zbek tilining yorqin namunasi deb e'tirof etgan asar nomi keltirilgan?
A) «Tafsir»
B) «Qisasi Rabg'uziy»
C) «Muhabbatnoma»
D) «Qissayi Yusuf»
66. O'zbek atamasi ilk bor atoqli ot ma'nosida kimning asarida tilga olingan?
A) Qui Alining «Qissayi Yusuf» dostonida
B) Sayfi Saroyining «Guliston» asarida
C) Rashididdinning «Mo'g'ullar tarixi» asarida
D) Rabg'uziyning «Qisasi Rabg'uziy» asarida
67. «O'zbek» so'zining qanday ma'nolari mavjud?
A) o'ziga bek; otliq qo'shin, sodda
B) to'g'ri, insofli, saxiy
C) odamoxun, diltortar, suyukli
D) hammasi to'g'ri
68. Eski o'zbek tili qaysi davrlarni o'z ichiga oladi?
A) XI - XII asrlardan XX asrning boshlarigacha bo'lgan davrni
B) XII - XIII asrlardan XX asrning boshlarigacha bo'lgan davrni
C) XIII - XIV asrlardan XX asrning boshlarigacha bo'lgan davrni
D) X - XI asrlardan XX asrning boshlarigacha bo'lgan davrni
69. Nechanchi asrdan o'zbek urug'larining nomi butun xalq nomiga aylanib ketdi?
A) XII asrdan B) XIII asrdan
C) XV asrdan D) XVI asrdan
70. «Yana bir adolari borki, ba'zi alfozning so'ngida «ch, i'» «ki», «chi» lafzidir, orttirurlar, yo mansabning, yo hunarning, yo peshaning izhori uchun; forsiyda yo'qtur, balki alar ham turkcha ayturlar». Ushbu fikrlar muallifi kim?
A) Navoiy B) Koshg'ariy
C) Yusuf Xos Hojib D) Bobur
71. «Huvaydo» so'zining ma'nosini toping.
A) baxtli, saodatli
B) sog'lomlik
C) ayon, ravshan
D) go'zal, latofatli
72. «Behbud» so'zining ma'nosini toping.
A) kasb, hunar B) sog'lomlik
C) ayon, ravshan D) go'zal, latofatli
73. «Pesha» so'zining ma'nosini toping.
A) kasb, hunar B) sog'lomlik
C) ayon, ravshan D) go'zal, latofatli
74. «Bo'gu» so'zining ma'nosini toping.
A) to'g'ri, rost B) dono
C) hukmdor D) go'zal, latofatli
75. «Sandug'ach» so'zining ma'nosini toping.
A) qaldirg'och B) sa'va
C) bulbul D) to'ti
76. Turkiy tillar oilasining o'g'uz tillari guruhiga qaysi tillar kiradi?
A) o'zbek, uyg'ur
B) ozarbayjon, turkman, usmonli turk
C) qozoq, tatar, boshqird
D) xakas, chuvash, yoqut
77. Qozoq, qoraqalpoq, qirg'iz, tatar, boshqird, xakas, yoqut, chuvash kabi tillar turkiy tillar oilasining qaysi guruhiga kiradi?
A) qipchoq B) o'g'uz
C) qorluq D) to'g'ri javob yo'q
78. Turkiy tillar oilasining qorluq tillari guruhiga qaysi tillar kiradi?
A) o'zbek, uyg'ur
B) ozarbayjon, turkman, usmonli turk
C) qozoq, tatar, boshqird
D) xakas, chuvash, yoqut
79. Herman Vamberining «Turkiy xalq» asarida «o'zbek» so'ziga qanday izoh berilgan?
A) o'ziga bek
B) insofli, saxiy
C) odamoxun, diltortar
D) asl bek
80. Qadimgi turkiy tilga xos bo'lgan so'zlarni toping.
A) sandilach, qirg'ilach, sandug'ach
B) budun, bilig, batsiq, ko'ch
C) cherik, qopungda, huvaydo, kilk
D) elig, behbud, pesha, ko'ni
81. Eski o'zbek adabiy tiliga xos bo'lgan so'zlarni toping.
A) o'kush, art, erik, ingek
B) elig, bo'gu, ko'ni, ko'kramak
C) huvaydo, ev, budun, o'z
D) pesha, behbud, cherik, ulus
82. «Qayu erda bo'lsa uqush birla o'g,
Ani er atag'il, necha o'gsa, o'g.
Uqush, o'g, bilig kimda bo'lsa tugal,
Yavuz ersa, kas te, kichik ersa, o'g» misralari qaysi adabiy tilga xos?
A) eski turkiy til
B) qadimgi turkiy til
C) eski o'zbek tili
D) hozirgi o'zbek tili
83. «Bu ulus to xublar ko'rduk,ey o'zbegim,
Dilraboliqda sizingdek sho'xi ra'no ko'rmadik» misralari qaysi adabiy tilga xos?
A) eski turkiy til
B) qadimgi turkiy til
C) eski o'zbek tili
D) hozirgi o'zbek tili
84. «Biz qo'rqmadimiz, sungusdimiz. Neke qo'rqurbiz?» misralari qaysi ada¬biy tilga xos?
A) eski turkiy til
B) qadimgi turkiy til
C) eski o'zbek tili
D) hozirgi o'zbek tili
85. Hozirgi o'zbek adabiy tili qaysi ijodkordan boshlanadi?
A) Muqimiydan
B) Hamza Hakimzoda Niyoziydan
C) Abdulla Avloniydan
D) Abdulhamid Cho'lpondan
86. Eski turkiy tilda qo'llangan ko'kramak so'zining ma'nosi qaysi javob- da keltirilgan?
A) ko'karmoq B) intilmoq
C) jang qilmoq D) na'ra tortmoq
87. Eski turkiy tilda qo'llangan sandilach so'zining ma'nosi qaysi javobda keltirilgan?
A) sa'va B) qaldirg'och
C) bulbul D) chittak
88. O'zbekiston Respublikasining «Davlat tili to'g'risida»gi Qonunining 2-, 4-, 6-, 10-, 14-moddalarida nima haqida so'z yuritiladi?
A) fuqarolarga davlat tilini o'qitish bepul amalga oshirilishi haqida
B) boshqa millat vakillari tillarining amal qilishi himoyalanishi haqida
C) noshirlik faoliyati davlat tilida amalga oshirilishi haqida
D) mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinishi va e'lon etilishi haqida
89. Eski o'zbek tilida uy ma'nosini anglatuvchi so'zni toping.
A)ev B)ochun C)adaq D)o'g
90. Kim Markaziy Osiyodagi turkiy qabilalarning tilini tahlil qilgan asar yaratdi?
A) Alisher Navoiy
B) Mahmud Koshg'ariy
C) Yusuf Xos Hojib
D) Mahmud Zamaxshariy
91. Markaziy Osiyodagi turkiy qabilalarning tilini tahlil qilgan asar qachon yaratilgan?
A) X asrda B) XI asrda
C) XII asrda D) XV asrda
92. Qaysi asarda Markaziy Osiyodagi turkiy qabilalarning tili tahlil qilingan?
A) «Devonu lug'atit turk»
B) «Tafsir»
C) «Muhabbatnoma»
D) «Qisasi Rabg'uziy»
93. Kimning asarida fors-tojik va o'zbek tillari solishtirilib, o'zbek tilining boyligi, nafisligi, so'z yasovchilarning bo'yoqdorligi, imkoniyatlari ochib be- rilgan?
A) Alisher Navoiy
B) Mahmud Koshg'ariy
C) Yusuf Xos Hojib
D) Mahmud Zamaxshariy
94. Qaysi asarda fors-tojik va o'zbek tiliari soiishtiriiib, o'zbek tiiining boyligi, nafisligi, so'z yasovchilarning bo'yoqdorligi, imkoniyatlari ochib berilgan?
A) «Devonu lug'atit turk»
B) «Tafsir»
C) «Muhokamat ul-lug'atayn»
D) «Qisasi Rabg'uziy»
95.Ilmdan yaxshiroq xazina bo'lmas,
Qo'lingdan kelgancha tera olsang bas».
Ushbu fikrlar muallifini toping.
A) Behbudiy B) Avloniy
C) Rudakiy D) Fitrat
96. Adabiy tilda quyidagi holatlardan qaysi biri kuzatilmaydi?
A) adabiy til me'yorlashtirilgan, qolipga solingan, hamma bo'ysunishi majburiy bo'lgan til sanaladi
B) atamalardan keng foydalaniladi
C) shevaga xos so'zlar faol qo'llanadi
D) neytral so'zlar keng ishlatiladi
97. Eski turkiy tildan ajralib to hozirgi o'zbek tilining shakllanishigacha (XX asr boshlarigacha) bo'lgan o'zbek tili nima deb nomlanadi?
A) eski o'zbek tili
B) eski turkiy til
C) qadimgi o'zbek tili
D) qadimgi turkiy til
98.O'rxun-Enasoy bitiktoshlaridagi yozuvlarni kimlar birinchi bor o'qishga kirishganlar?
1. V.V.Radlov. 2. V.Tomsen. 3. P.M.Melioranskiy. 4. N.K.Vidzen. 5. S.U.Remezov. 6. I.Tabbet-Stralen- berg. 7. D.G.Messershmidt. 8. M.A.Kastren
A) 2, 3, 8 B) 1, 2, 3
C) 1,4, 5, 6 D) 1,4, 7, 8
99. «Devonu lug'atit turk», «Qutadg'u bilig», «Hibat ul-haqoyiq» asarlari qaysi davrda yaratilgan va o'sha davr tili qanday ataladi?
A) Qoraxoniylar davri, eski turkiy til
B) Qoraxoniylar davri, qadimgi turkiy til
C) Somoniylar davri, eski turkiy til
D) G'aznaviylar davri, qadimgi turkiy til
100. Budun, ko'ch, yag'i so'zlari hozirgi o'zbek tilida qanday nomlanadi?
A) Olam, yuk, bog'
B) Osmon, yuk, yo v
C) Xalq, urug', yov
D) Xalq, ko'chmoq, dushman
101. Turkiy tillarning fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, dialektal xususiyati haqida to'la ma'lumot beruvchi arab tilida yozilgan asarni aniqlang.
A) «Devonu lug'atit turk»
B) «Tafsir»
C) «Muhokamat ul-lug'atayn»
D) «Qisasi Rabg'uziy»
102. Birinchi bo'lib qiyosiy-tarixiy tilshunoslik yo'nalishiga asos solgan olim kim?
A) Alisher Navoiy
B) Mahmud Koshg'ariy
C) Yusuf Xos Hojib
D) Mahmud Zamaxshariy
103. Turkiy tillarni birinchi bo'lib kirn tasnif qilgan?
A) Alisher Navoiy
B) Mahmud Koshg'ariy
C) Yusuf Xos Hojib
D) Mahmud Zamaxshariy
104. «Devonu lug'atit turk» asaridan keltirilgan «Erik erni yag'lig', er- magu bashi qanlig'» maqolining ma'nosini toping.
A) Odobning boshi til
B) Botirning labi yog'lig', qo'rqoqning boshi qonlig'
C) Tirishqoqning labi yog'lig', erinchoq, dangasaning boshi qonlig'
D) Dangasadan baxt ketadi
105. «Biz qo'rqmadimiz, sungusdimiz». Berilgan gapning tarjimasini toping.
A) Biz alplarmiz, qo'rqmaymiz
B) Biz qo'rqmadik, jang qildik
C) Biz jang qilishdan qo'rqmaymiz
D) Biz jangga otlandik
106. O'zbek tili rus bosqinchilari davrida qanday nom bilan atalgan?
A) o'zbek, sart B) chig'atoy, sart
C) mo'g'ul, sart D) turk, sart
107. «Qadimgi Gretsiya Ovro'pada siviiizatsiya o'chog'i sifatida qanday o'rin tutgan bo'lgan bo'lsa, O'zbekis¬ton va o'zbek xalqi Osiyoda, butun turkiy o'lkalar va barcha turkiy xalqlar tarixida shunday o'rin egallaydi». Ushbu fikrlar kimga tegishli?
A) Islom Karimov
B) Chingiz Aytmatov
C) Abdurauf Fitrat
D) Cho'lpon
108. Qadimgi turkiy til necha davrga bo'linadi?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
109. «Uma kelsa, qut kelur» Ushbu maqolning izohini toping.
A) Mehnat qilsang rohat ko'rasan
B) Suv kelsa, baraka keladi
C) Mehmon kelar eshikdan, rizqi kirar teshikdan
D) Mehmon kelsa, baraka keladi
110. O'zbek tiiining O'zbekiston Respublikasining davlat tili ekanligi Konstitutsiyaning nechanchi moddasida aks etgan?
A) 1-moddasi B)2-moddasi
C) 3-moddasi D) 4-moddasi
111. Qaysi yildan lotin alifbosidagi o'zbek yozuviga o'tish harakati bosh- langan?
A) 1991-yildan B) 1921-yildan
C) 1925-yildan D) 1929-yildan
112. Nechanchi yildan o'zbek xalqi lotin yozuviga asoslangan yozuvdan foydalana boshladi?
A) 1991-yildan B) 1921-yildan
C) 1925-yildan D) 1929-yildan
113. Nechanchi yildan o'zbek xalqi kirill yozuviga asoslangan yozuvdan foydalana boshladi?
A) 1991-yildan B) 1940-yildan
C) 1925-yildan D) 1929-yildan
114. Hozir dunyoda eng keng tarqalgan yozuv qaysi?
A) kirill B) ingliz C) lotin D) arab
115. Hozir dunyo aholisining necha foizi lotin yozuvidan foydalanadi?
A) 20 B) 25 C) 30 D) 40
116. Qaysi yozuv dulbarjin deb ham ataladi?
A) so'g'd B) o'rxun
C) uyg'ur, arab D) hammasi
117. «Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida»gi Qonun qachon qabul qilingan?
A) 1993-yil 2-sentyabr
B) 1995-yil 6-may
C) 1996-yil 1-sentyabr
D) 1995-yil 24-avgust
118. «Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosiga ayrim o'zgartirishlar kiritish haqida»gi qaror qachon qabul qilingan?
A) 1993-yil 2-sentyabr
B) 1995-yil 6-may
C) 1996-yil 1-sentyabr
D) 1995-yil 24-avgust
119. «Fuqarolar millatlararo muomala tilini o'z xohishlariga ko'ra tan- lash huquqiga egadirlar». Ushbu fikr «Davlat tili to'g'risida»gi Qonunning nechanchi moddasida aks etgan?
A) 2-moddada B) 6-moddada
C) 3-moddada D) 10-moddada
120. «Noshirlik faoliyati davlat tilida, ehtiyojlarni hisobga olgan hol- da esa boshqa tillarda ham amalga oshiriladi». Ushbu fikr «Davlat tili to'g'risida»gi Qonunning nechanchi moddasida aks etgan?
A) 15-moddada
B) 16-moddada
C) 17-moddada
D) 18-moddada
121. «Televideniye va radioeshittirishlar davlat tilida, shuningdek, boshqa tillarda olib boriladi». Ushbu fikr «Davlat tili to'g'risida»gi Qonunning nechanchi moddasida aks etgan?
A) 15-moddada B) 16-moddada
C)17-moddada D) 18-moddada
122. «Lavhalar, e'lonlar, narxnomalar va boshqa ko'rgazmali hamda og'zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e'lon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimalari beriladi». Ushbu fikr «Davlat tili to'g'risida»gi Qonunning nechanchi moddasida aks etgan?
A) 20-moddada B) 22-moddada
C) 21 -moddada D) 23-moddada
123. «0'zbekning fe'l-atvori barchaga ayon: u yerni, tabiatni sevadi. Do'ppisida suv tashib bo'lsada daraxt ko'kartiradi. O'zbek torn ma'noda bunyodkordir». Ushbu fikrlar kimga tegishli?
A) Islom Karimov
B) Chingiz Aytmatov
C) Abdurauf Fitrat
D) Cho'lpon
124. O'zbek tilini xazina deb bilib, bu xazinani ilonlar va tikonlar o'rab turganini ta'kidlagan, o'zbek tilini ana shu «ilon»lardan va «tikon»lardan tozalab bergan mutafakkir kim?
A) Alisher Navoiy
B) Mahmud Koshg'ariy
C) Yusuf Xos Hojib
D) Mahmud Zamaxshariy
125. O'zbek atamasi tarixda ilk bor qachon atoqli ot ma'nosida qo'llangan?
A) XI asrda B) XII asrda
C) XIII asrda D) XIV asrda
126. Eski o'zbek tiliga xos cherik, o'kush, talim so'zlari bugungi kunda qanday ma'no anglatadi?
A) askar, ko'p, bir qancha
B) askar, ho'kiz, ilm
C) askar, ko'p, biroz
D) askar, dono, hukmdor
127. Qaysi olimlar o'rxun-enasoy yozuvini o'qishga kirishgan?
A) Messershmidt, Remezov, Radlov
B) Yadrinsev, Tomsen, Radlov
C) Radlov, Tomsen, Melioranskiy
D) Remezov, Radlov, Tomsen
128. «0'zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimayyoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning o'zaro muomala, tarbiya va ta'lim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshi- rishga to'sqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladilar». Ushbu fikr «Davlat tili to'g'risida»gi Qonunning nechanchi moddasida aks etgan?
A) 19-moddada B)20-moddada
C) 24-moddada D) 18-moddada
129. «O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi matnlari, agar shartnomaning o'zida bosh- qacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, davlat tilida va ahdtashuvchi tomonning tilida yoziladi». Ushbu fikr «Davlat tili to'g'risida»gi Qonunning nechanchi moddasida aks etgan?
A) 21-moddada B)20-moddada
C) 17-moddada D)23-moddada
130. «O'zbekiston Respublikasida davlat tilini o'rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo'lish ta'minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi. Fuqarolarga davlat tilini o'qitish bepul amalga oshiriladk. Ushbu fikr «Davlat tili to'g'risida»gi Qonunning nechanchi moddasida aks etgan?
A) 3-moddada B) 4-moddada
C) 7-moddada D) 8-moddada
131. «Rubi maskunda Samarqandcha latif shahr kamroqdur... Ma'muraning kanorasida voqe bo'libtur... Samarqand shahri ajab orasta shahredur, bu shahrda bir xususiyat borkim, o'zga kam shahrda andog' bolg'ay. Har hirfagaming bir boshqa bozori bor, bir-birlariga maxlut emastur, tavr rasmedur. Xo'b nonvoliqlari va oshpazliqlari bordur. Olamda yaxshi qog'az Samarqanddin chiqar» Ushbu parcha o'zbek tilining qaysi davriga oid?
A) qadimgi turkiy til
B) eski turkiy til
C) eski o'zbek tili
D) hozirgi o'zbek tili
132. O'rxun-Enasoy bitiktoshlarini kimlar o'qishga muvaffaq bo'lgan?
A) N.K.Vidzen, N.M.Yadrinsev, V. Radlov
B) V.V.Radlov, V.Tomsen, P.M.Melioranskiy
C) V.V.Radlov, V.Tomsen
D) V.Tomsen
133. Markaziy Osiyodagi barcha turkiy tillarning shakllanishi va rivojlanishi uchun asos bo'lgan Qoraxoniylar davlati qachon tashkil topgan?
A) IX asr boshlarida
B) X asr oxirlarida
C) IX asr oxirlarida
D) XI asr boshlarida
134. Qayu erda bo'lsa uqush biria o'g, Ani er atag'il, necha o'gsa o'g. Uqush, o'g, bilig kimda bo'lsa tugal, Yavuz ersa kas te, kichik ersa, o'g.
«Qutadg'u bilig»dan olingan ushbu tuyuqning 2-misrasida qo'llangan «o'g» so'zining ma'nodoshini toping. A) aql B) maqta
C) zehn D) ulug'la
135. «Ayo do'st, biliklik yizin izlagil, Qali so'zlasang so'z bilib so'zlagil».
«Hibat ul-haqoyiq» asaridan olingan ushbu parchada qo'llangan «qali'» so'zining ma'nodoshini toping. A) qalin B) aqlli
C) oz D) agar
136. Qaro meng ol yanoqingg'a yaroshur,
Boshim doim adoqingg'a yaroshur. (Xorazmiy) Ushbu she'r o'zbek tilining qaysi davriga oid?
A) qadimgi turkiy til
B) eski turkiy til
C) eski o'zbek tili
D) hozirgi o'zbek tili
137. Eski o'zbek adabiy tiliga xos bo'lgan «klik» so'zining ma'nodoshi qaysi qatorda berilgan?
A) kiprik
B) qamish
C) qamish qalam
D) dovot
138. «Tarqaldi, ketdi» ma'nosini bildiruvchi eski o'zbek adabiy tiliga xos so'z qaysi qatorda berilgan?
A) ko'kramak B) teyu bildi
C) butradi D) ortturdi
139. Cherik, ulus, qopungda so'zlari o'zbek tilining qaysi davriga oid?
A) qadimgi turkiy til
B) eski turkiy til
C) eski o'zbek tili
D) hozirgi o'zbek tili
140. Eski turkiy til davriga oid sandilach, qirg'ilach, sandug'ach so'zlarining hozirgi o'zbek tilidagi ma'nodoshlarini toping.
A) sandilach - sa'va, qirg'ilach - qaldirg'och, sandug'ach - bulbul
B) sandilach - bulbul, qirg'ilach - qaldirg'och, sandug'ach - sa'va
C) sandilach - sa'va, qirg'ilach - bulbul, sandug'ach - qaldirg'och
D) sandilach - bulbul, qirg'ilach - sa'va, sandug'ach - qaldirg'och
141. «Devonu lug'atit turk» asarida keltiriigan «Emgak ekinda qolmas» maqolining izohini toping.
A) Meva daraxtda qolmaydi
B) Mehnat bekorga ketmaydi
C) llm-hunar bekorga ketmaydi
D) Ekin mehnatsiz bitmaydi
142. «Devonu lug'atit turk» asarida keltiriigan «0'kuz azaqi bo'lg'incha buzag'u bashi bo'lsa yik» maqolining izohini toping.
A) Ho'kizning oyog'i, buzoqning boshi yaxshi
B) Buzoqning boshi bolguncha ho'kizning oyog'i bo'l
C) Ho'kizning oyog'i bo'lguncha buzoqning boshi bo'lgan yaxshiroq
D) Ho'kizning oyog'i buzoqning boshiga teng
143. «Devonu lug'atit turk» asarida keltiriigan «Erdamsizdan qut chertilur» maqolining izohini toping.
A) Tirishqoqdan baxt ketmaydi
B) Bekorchidan Xudo bezor
C) Mehnatkashning uyiga baraka keladi
D) Dangasadan baxt ketadi
144. O'zbek xalqining shakllani- shida qaysi qabilaning munosib o'rni bor va bunga shu qabila nomi bilan bog'liq qishloqlarning har bir tuman- da, hatto har bir jamoa xo'jaligida mavjudligi dalildir?
A) nayman B) kenagas
C) qipchoq D) jaloyir
145. «Uning fe'liga tushunish, ko'nglidagini payqash bamisoli yangi tug'ilgan chaqaloqning hayoti- ni bashorat qilmoq bilan barobar. Ta'b-tabiati ko'klam na'malarining o'zginasi: bir qarasangiz, quyoshdek charaqlagan, xiyol o'tmayoq jala, shafqatsiz bo'ron. Shundayinki, bir gap bilan osmondagi yulduzni olib kelib balchiqqa uradi, balchiqda yotgan qurbaqadan esa hayratomuz joziba topib, uni ko'kka chiqarib qo'yadi. Bir og'iz gap bilan, lekin, koshki, odamga o'xshab gapirsa! U deyarli o'zbekcha so'zlamaydi. Sirasi ruscha ham so'zlamaydi. Uning o'zi o'ziga to'qib olgan til mavjud». Ushbu parcha qaysi asar qahramoni haqida?
A) E.A'zamovning «Bayramdan boshqa kunlar» qissasi
B) A.Qahhorning «Jonfig'on» hikoyasi
C) Said Anvarning «Tabib» hikoyasi
D) Sh.Boshbekovning «Temir xo-tin» dramasi
146. Quyida keltiriigan qaysi til turkiy tiilarning o'g'uz guruhiga mansub emas?
A) ozarbayjon B) turkman
C) usmonli furk D) boshqird
147. «O'zbek» degan nom ancha oldindan ma'lum bo'lib, musulmoncha tarbiyalangan» degandek tushu- nilgan, ya'ni ular... musulmon Osiyo madaniyatiga yo'l ochishgan; olroq va asl dehqon; harbiy millat; savdoda og'ir, vazmin, sanoatda mo'tadil; ochiqko'ngil, mard, jiddiy, haqiqiy turkiy himmatga ega; sovuqqonlikni odob-axloq namunasi hisoblaydi... Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A) Herman Vamberi, «Turkiy xalq»
B) A.lbrohimov, «Bizkim, o'zbeklar...»
C) Ch.Aytmatov, «Cho'qqida qolgan ovchining ohu zori»
D) Fitrat, «Yurt qayg'usi»
148. O'zbek xalqining ichi to'q, baquvvat, tagli-tugli, palagi toza. O'zbeklarning tafakkur ummoni bu- yukdir. So'zimizda, so'zlarimizda shu ummonning tomchilari ifodalanadi, ummonimiz bemisl bo'lgani uchun ham so'zlarimiz ko'p. Millionlab xalqni birlashtirgan omillardan biri millatimizning ma'naviy belbog'i - ona tilimizdir. Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A) Herman Vamberi, «Turkiy xalq»
B) A.lbrohimov, «Bizkim, o'zbeklar...»
C) Ch.Aytmatov, «Cho'qqida qol- gan ovchining oh-u zori»
D) Fitrat, «Yurt qayg'usi»
149. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta'minlanadi. O'zbekistonda o'tkaziladigan xalqaro anjumanlarda davlat tili, shuningdek, qatnashchilarning o'zlari tanlagan tillar anjumanning ish tili hisoblanadi. Ushbu parcha «Davlat tili to'g'risida»gi Qonunning nechanchi moddasidan olingan?
A) 8-modda B) 9-modda
C) 11-modda D) 12-modda
150. Fuqarolik holatini qayd etuvchi hujjatlar, shaxsning kim ekanligini va uning huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar davlat tilida rasmiylashtiriladi, zaruriyatga qarab boshqa tilda tarjimasi takrorianishi mumkin. Ushbu parcha «Davlat tili to'g'risida»gi Qonunning nechanchi moddasidan olingan?
A) 14-modda B) 9-modda
C) 13-modda D) 12-modda
151. O'zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e'lon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham e'lon qilinadi. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e'lon etiladi. Muayyan millat vakillari zich yashaydigan joylarda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari respublika davlat tilida hamda mazkur millat tilida qabul qilinadi va e'lon etiladi. Ushbu parcha «Davlat tili to'g'risida»gi Qonunning nechanchi moddasidan olingan?
A) 8-modda B) 9-modda
C) 11-modda D) 12-modda
152. O'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o'z ona tilini qo'llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi. Ushbu parcha «Davlat tili to'g'risida»gi Qonunning nechanchi moddasidan olingan?
A) 2-modda B) 3-modda
C) 10-modda D) 12-modda
153. Eski o'zbek adabiy tilidagi pesha so'zining ma'nosini aniqlang.
A) kasb, hunar B) sog'lomlik
C) go'zal, latofatli D) ayon, ravshan
154. Quyidagi tillardan qaysi biri turkiy tillar oilasining o'g'uz guruhiga mansub emas?
A) turkman B) ozarbayjon
C) usmonli turk D) buryat
155. O'zbek atamasi ilk bor kimning qaysi asarida tilga olingan?
A) XV asrda Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug'atayn» asarida
B) XI asrda Mahmud Koshg'ariy- ning «Devonu lug'atit turk» asarida
C) XII asrda Rashididdinning «Mo'-g'ullar tarixi» asarida
D) XI asrda Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asarida
156. XIII asrga oid kimning qaysi dostoni g'arbiy til an'anasida yozilgan?
A) Qui Ali «Qissayi Yusuf»
B) Rabg'uziy «Qisasi Rabg'uziy»
C) Sayfi Saroyi «Guliston»
D) Qutb «Xusrav va Shirin»
157. Eski o'zbek tilida yaratilgan dastlabki namunalarni aniqlang.
1) Qul Ali, «Qissayi Yusuf»; 2) Qutb, «Xusrav va Shirin»; 3) Xorazmiy, «Muhabbatnoma»; 4) «0'g'uznoma»; 5) Sayfi Saroyi, «Guliston»; 6) Rabg'uziy, «Qisasi Rabg'uziy»; 7) «Tafsir».
A) 1,2, 3, 4, 6 B) 1,2,4, 5, 6
C) 2, 3,4, 5, 7 D) 2,4, 5, 6, 7
158. Sog'lomlik ma'nosini anglatuvchi eskirgan so'zni toping.
A)pesha B)qopungda
C) huvaydo D) behbud
159. G'arbiy til an'anasida yozilgan «Qissayi Yusuf» dostoni kimga tegishli?
A) Sayfi Saroyi B) Rabg'uziy
C) Qul Ali D) Qutb
160. Qadimgi turkiy tilda qo'llangan art so'zining ma'nosi qaysi javobda berilgan?
A) toza, musaffo B) urug', zot
C) tepa, dovon D) ism, nom
161. Turkiy tillar oilasining qipchoq guruhiga kiruvchi tillarni aniqlang.
A) tatar, o'zbek
B) ozarbayjon, qirg'iz
C) uyg'ur, boshqird
D) boshqird, yoqut
162. Turkiy tillar oilasining o'g'uz guruhiga kiruvchi tillarni aniqlang.
A) tatar, turkman B) turkman, qirg'iz
C) ozarbayjon, usmonli turk
D) uyg'ur, usmonli turk
163. G'arbiy til an'anasida yozilgan Qul Alining «Qissayi Yusuf» asari qachon yaratilgan?
A) 1309-yil B) 1209-yil
C) 1239-yil D) 1339-yil
164. O'zbek tilining sart nomi bilan yuritilishi kimlarning O'rta Osiyoga bosqini bilan bog'liq?
A) arab B) fors C) mo'g'ul D) rus
165. Navoiyning «Muhokamat ul- lug'atayn» asarida yozilishicha, «-chi» qo'shimchasi qanday ma'nodagi shaxs otlarini yasovchi qo'shimcha hisoblanadi?
1) mansabni bildiruvchi ot;
2) hunarni bildiruvchi ot;
3) pesha (mashgu'lot)ni bildiruvchi ot;
4) o'rin-joyga mansublikni bildiruvchi ot.
A) 1,2 B) 1, 2, 3
C) 2, 3 D) 1,2, 3,4
166. Qarinchqa aydi: «Mavlodin ne tilading?»
Sulaymon aydi: «Andoq mulk tiladimkim, mandin o'zga kim ersada bo'lmasin».
Qarinchqa aydi: «Bu so'zdin hasad isi kelur, manga bo'lgin, o'zgalarga bo'lmagin». (Nosiriddin Rabg'uziy)
Ushbu parcha o'zbek tilining qaysi rivojlanish davriga tegishli?
A) eski o'zbek adabiy tili, sharqiy til an'anasi
B) eski o'zbek adabiy tili, g'arbiy til an'anasi
C) qadimgi turkiy adabiy til
D) eski turkiy til
167. Cherik. ko'kramak. butradi. ko'ch so'zlarining o'zbek tilining qaysi rivojlanish bosqichiga mansubligini aniqlang.
1) cherik, butradi so'zlari eski o'zbek adabiy tiliga mansub;
2) ko'kramak, ko'ch so'zlari qadimgi turkiy adabiy tilga mansub;
3) ko'kramak so'zi eski turkiy adabiy tilga mansub;
4) ko'ch so'zi qadimgi turkiy adabiy tilga mansub;
5) butradi so'zi eski turkiy adabiy tilga mansub.
A) 1,2 B) 1,3,4
C) 3,4, 5 D) 2, 4, 5
168. Quyida berilganlardan to'g'ri hukmni aniqlang.
A) bo'gu, elig, bilig so'zlari eski turkiy adabiy tilga mansub
B) ev, qopungda, yag'i so'zlari eski o'zbek adabiy tiliga mansub
C) ko'ch, batsiq, erik so'zlari qadimgi turkiy adabiy tilga mansub
D) behbud, huvaydo, ko'ni so'zlari eski o'zbek adabiy tiliga mansub
169. O'rxun-enasoy bitiktoshlarining siri V.Tomsen tomonidan ochildi. Bu vaqtda V.Radlov nechta harfni o'qishga ulgurgandi?
A) 6 ta B) 8 ta
C) 10 ta D) 11 ta
170. Qaysi davridan qorluq qabila ittifoqi kuchaya boshladi?
A) X asrdan B) XI asrdan
C) IX asrdan D) XII asrdan
171. Qoraxoniylar davlati qachon tashkil topgan?
A) XI asrda B) XII asrda
C) X asrda
D) IX asrda
172. Mutaxassislarning fikricha, turkiy tillar qadimda qaysi tillar bilan birgalikda bitta oilani tashkil etgan va bu til oltoy tili deb atalgan?
A) mo'g'ul va tungus-manjur
B) mo'g'ul va fors-tojik
C) mo'g'ul va xitoy
D) koreys va yapon
173. Tor ko'ngullik beklar, «man- man» demang, kenglik qiling,
To 'qson ikki bovli o'zbek yurtidir, tenglik qiling, - deb o'zbek xalqining tashkil topishida 92 urug' vakillari ishtirok etganligini nazarda tutgan shoir kim?
A) Zavqiy B) Furqat
C) Turdi D) Muqimiy
174. O'zbek atamasining unga qadar ishlatilgan turk, sart, chig'atoy singari atamalarga nisbatan tilimizda barqaror bo'lib qolishi kimning nomi bilan bog'liq?
A) Navoiy B) Bobur
C) Amir Temur D) Shayboniyxon
175. Quyidagilardan qaysi bin turkiy tillar oilasining qorluq guruhiga mansub?
A) qozoq B) qoraqalpoq
C) tatar D) uyg'ur
176. Noto'g'ri hukmni belgilang.
A) Turkman tili turkiy tillar oilasining o'g'uz guruhiga mansub
B) Tatar tili turkiy tillar oilasining qipchoq guruhiga mansub
C) Qozoq tili turkiy tillar oilasining qorluq guruhiga mansub
D) Chuvash tili turkiy tillar oilasining qipchoq guruhiga mansub
177. Berilgan so'zlar eski tilimizda qanday ataladi? Tepa, g'arb, vujud.
A) art, batsiq, al
B) art, bo'gu, o'z
C) art, budun, o'g
D) art, batsiq, o'z
178. Quyidagi tillardan qaysi biri turkiy tillar oilasining qarluq guruhiga mansub?
A) tatar B) uyg'ur
C) qoraqalpoq D) qozoq

Yüklə 377,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə