Tildagi ayrim so’zlar shakily jihatdan, ayrimlari ma’no jihatdan, bir xillari esa talaffuzi jihatidan o’xshash bo’ladi


Z   Zafar – g‗alaba  Za‘far – sap-sariq rang  Sh



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/60
tarix26.04.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#86061
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60
boshlangich sinf ona tili darsliklarida omonim antonim sinonim paronimlarning berilishi va ularni oqitish uslubiyoti

Z
 
Zafar – g‗alaba 
Za‘far – sap-sariq rang 
Sh
 
Sher – hayvon, arslon 
She‘r – vazn, qofiyali kichik badiiy asar 
Shox – daraxt yoki hayvon shoxi 
Shoh – podsho 
Shuba – mo‗ynali qishki kiyim 
Shu‘ba – bo‗lim, idora 
 
 
1.4.Tarixiy va arxaik so‟zlar. 
  
Tarixiy  va  arxaik  so‘zlar.  til  uzliksiz  harakatda,  rivojlanishda  bo‘ladi,  bu  uning 
ijtimoiy  mohiyatidan  kelib  chiqadi.  Jamiyatda  bo‘lib  turadigan  ijtimoiy  –  siyosiy 
hodisalar,  iilmiy  –  texnikaviy  taraqqiyot,  iqtisodiy  va  ma‘rifiy  sohalardagi 
islohatlar  tilning  lug‘at  boyligida  yangi  –  yangi  so‘z  va  atamalarning  yuzaga 


 
46 
kelishini,  ayni  paytda  ma‘lum  so‘zlarning  eskirib  iste‘moldan  chiqishini  taqozo 
qiladi. 
9
 
        Til  leksikasidagi  so‘zlar  zamonaviyligi  hamda  eskilik  va  yangilik  bo‘yog‘i 
borligiga  ko‘ra  3  qatlamga  ajratiladi:  1)  zamonaviy  qatlam;  2)  eski  qatlam;  3) 
yangi qatlam.  
         Zamonaviy  qatlam.  Eskilik  yoki  yangilik  bo‘yog‘iga  ega  bo‘lmagan  so‘zlar 
zamonaviy  qatlamni  tashkil  etadi.  Zamonaviy  qatlamga  oid  bunday  so‘zlar 
zamonaviy  leksemalar  deyiladi.  O‘zbek  tili  lug‘at  tarkibining  asosiy  qismi 
zamonaviy  qatlamga  mansub  bo‘ladi.  Ular  barcha  kishilar  uchun  tushunarli 
bo‘lishi  bilan  bir  qatorda  nutqda  faol  qo‘llaniladi:  bahor,  qish,  kuz,  g‘arb,  sharq, 
yer,  osmon,  tog‘,  tosh,  ariq,  yomg‘ir,  qor,  daryo,  yaxshi,  yomon,  chiroyli,  tor, 
chuqur,  go‘zal,  kim,  birov,  har  kim,  har  qanday,  tez,  oz,  ko‘p,  asta,  yozmoq, 
ovqatlanmoq, uxlamoq, yashamoq singarilar. Zamonaviy qatlamga oid so‘zlarning 
ba‘zilari nutqda faol qo‘llanmasligi, tor mutaxasislik doirasida ishlatilishi mumkin. 
Masalan,  terminalogik  leksikaga  oid  so‘zlar  shunday  so‘zlardan  bo‘lib,  ularning 
iste‘mol  doirasi  chegaralangan.  Lekin  bundan  qat‘iy  nazar  terminlarning  barchasi 
zamonaviy leksika hisoblanadi.  
         Eski  qatlam.  Bugungi  adabiy  til  nuqta‘iy  nazaridan    eskilik  bo‘yog‘iga  ega 
bo‘lgan  so‘zlar  asosiy  faqli  hususiyatlariga  ko‘raikki  turga  bo‘linadi:  1)  tarixiy 
so‘zlar (istorizmlar), 2) arxaizmlar. 
       Hozirgi  kunda  mavjud  bo‘lmagan,  yo‘q  bo‘lib  ketgan  narsa,  hodisalarning 
nomi  istorizmlar  deyiladi.  Ma‘lum  davrlarda  bor  bo‘lgan  narsa    vaqtlar  o‘tishi 
bilan,  hayot  taqozosiga  ko‘ra  yo‘q  bo‘lib  ketishi  mumkin.  Narsa  yo‘qolgach, 
qo‘llanishdan  qolgach,  tabiiyki  uni  ifodalagan  so‘zlar  ham  iste‘moldan  chiqib 
ketadi  va  tarixiy  so‘zga  aylanadi.  Amir,  kanizak,  cho‘ri,  mingboshi,  qalami, 
qushbegi, sovut, qozi, mirshab, choriq, haram, yuzboshi kabilar tarixiy so‘zlardir. 
      Istorizmlarga  odatda    uzoq  tarixiyjarayon  davomida  yuz  beradigan  eskirish 
mahsuli  bo‘ladi.  Ular  ba‘zan  qisqa  vaqtda  ham  paydo  bo‘lishi  mumkin.  Yaqin 
                                                 
9
 
Sh. Akramov, M. Boshmonov, M. Mamadieva ―Hozirgi  o‘zbek  adabiy tili  fanidan konspektiv kurs‖ 
Farg‘ona-2004
 


 
47 
o‘tmishda  o‘zbek  tilining  faol  so‘zlari  bo‘lgan  ayrim  so‘zlar  (partkom,  raykom, 
kolhoz.  sovxoz)  hozirgi  kunda  eskirib  istorizmlarga  qo‘shilgani  buning  yorqin 
dalilidir.  
      Lekin  arxaizmlar  –  hozirgi  kunda  mavjud  bo‘lgan  narsa  va  hodisalarning 
eskirgan nomi yoki eskirgan ma‘nosidir. Demak, eskirish jarayoni yo yaxlit so‘zga, 
yo  uning  ma‘nosiga  aloqador  bo‘ladi.  SHunga  ko‘ra  leksik  arxaizm  ikki  turga 
bo‘linadi: 1) arxaizm leksema (so‘z), arxaizm semema (ma‘no). 
       Hozirgi  paytda  mavjud  bo‘lgan  narsa  va  hodisalarning  eski  nomi  arxaizm 
leksema  yoki  arxaizm  so‘z  deyiladi.  Masalan,  lab  (odam  organizmidagi  a‘zoning 
nomi)  –  dudoq  (shu  a‘zoning  eskirgan  nomi).  Demak,  so‘z  shakli  arxaiklashsada 
ma‘no  saqlanyapti.  Yana,  tilmoch  (tarjimon),  salloh  (qassob),  cherik  (askar, 
armiya).  
       Olibmen taxti farmonimg‘a oson, 
       Cherik tortmay Xitoydin to Xuroson. (A.Navoiy). 
       Arxaizm  semema  –  hozirgi  tilda  mavjud  bo‘lgan  so‘zning  eskirgan  ma‘nosi. 
Masalan,  g‘am  so‘zi  hozirgi  o‘zbek  tilida  (qayg‘u,  alam,  tashvish,kulfat)  kabi 
ma‘nolarda  qo‘llanadi.  O‘tmishda  esa  bu  so‘z  (ishq,  muhabbat,  sevgi)ma‘nolarini 
ham  ifodalagan.  Bir  yuzi  gulgun  g‘midin  yuz  turgon  ko‘nglimdadir.  (Bir  gul  yuz 
ishqida  tuz  tikon  ko‘nglimdadir).  Hozirgi  g‘am  so‘zining  «ishq,  muhabbat» 
ma‘nolari  eskirgan  bo‘lib,  arxaizm  semema  hisoblanadi.yoki  g‘arib  so‘zi  hozirgi 
o‘zbek tilida «bechora, nochor» degan ma‘noni anglatadi. Lekin eski o‘zbek tilida 
bu  so‘z  «ajoyib»  degan  ma‘noni  ham  bildirgan.  (hozirda  g‘aroyib  shaklida 
qo‘llanilishi buni isbotlaydi).  Yana yog‘och so‘zi ham qadimda hozirgi «kesilgan  
daxtning  tanasi»  ma‘nosidan  tashqari  «daraxt»  ma‘nosida  ham  qo‘llangan:  Archa 
yog‘och ko‘p edi.  
       Demak  ,  arxaizm  semema  yuzaga  kelishi  uchun  so‘z  ko‘p  ma‘noli  bo‘lishi 
shart, qadimda ko‘p ma‘noli bo‘lgan so‘zning ayrim  manolari hozirda unutilib, u 
faqat bitta ma‘nogagina ega bo‘ladi va arxaizm ma‘nohosil bo‘ladi. 


 
48 
     Ba‘zan  so‘zning  o‘zi  yoki  ma‘nolaridan  biri  emas,  balki  talaffuzi  eskiradi, 
natijada  shu  so‘zning  eskirgan  talaffuz  varianti  yuzaga  keladi.  Masalan,  bugun  – 
bukun, kaзtar – kabutar, u – ul.  
      Istorizm  va  arxaizm  leksemalarning  har  ikkisi  ham  eskilik  bo‘yog‘iga  ega 
bo‘lsada, ular quyidagi hususiyatlari bilan o‘zaro farqlanadi: 
     1.Arxaizm  hozirgi  kunda  mavjud  bo‘lgan  narsa  –  hodisalarning  atamasi. 
Istorizm esa bugungi kunda mavjud bo‘lmagan narsa – hodisalarning atamasi. 
    2.  Arxaizmlarning  zamonaviy  qatlamda  o‘z  sinonimlari  bor  bo‘ladi. 
Istorizmlarning esa sinonimlar bo‘lmaydi. 
    3.  Arxaizmlarning  eskirganligi  uning  sinonimlariga  qiyosan  baholanadi. 
Istorizmda  esa  bu  imkoniyat  yo‘q.  Istorizmlarning  eskirganligi  davrga  ko‘ra 
baxolanadi. 
    4. Istorizm birdan – bir, yakka nom, uning o‘rnini bosuvchi so‘z yo‘q. Arxaizm 
esa bir necha nomlardan birining eskirgani; uning o‘rnini bosuvchi so‘z bor. 
     5.  Arxaizm  asosan  tilning  o‘z  taraqqiyoti  qonunlari  bilan  izohlanuvchi  hodisa. 
Istorim  esa  jamiyatning  ijtimoiy,  siyosiy,  madaniy  taraqqiyoti  tarixiga  ko‘ra 
izohlanadi. 
      6.  Istorizmni  nolisoniy  omil  tug‘diradi.  Arxaizm  esa  lisoniy  omillar  asosida 
vujudga keladi.  
       So‘zlarning  ishlatilishi  darajasiga  ko‘ra  guruhlari  .  Bu  jihatdan  tilimizdagi 
so‘zlarni ikkita guruhga bo‘lishimiz mumkin:
8
  
        1. Umumxalq ishlatadigan so‘zlar kundalik turmushda hammaning nutqida tez 
–  tez  qo‘llanadigan  so‘zlardir:  non,  suv,  bugun,  kim,  besh,  yaxshi,  sotdi  va 
boshqalar. Bularni yana faol so‘zlar ham deyish mumkin. Ular tilning asosiy so‘z 
boyligidir.  
       2.Umumxalq ishlatmaydigan so‘zlar turli sabablarga ko‘ra kundalik turmushda 
hammaning  nutqida  ham  tez  –  tez  qo‘llanavermaydigan  so‘zlardir.  Bularni  yana 
nofaol so‘zlar ham deyishadi. 
      Eskirib  qolgan  so‘zlar  –  kundalik  hayotda  ishlatilmaydigan  bo‘lib  qolgan 
so‘zlardir.  Jamiyat  to‘xtovsiz  rivojlanib  boradi.    Yillar  o‘tishi  bilan  mehnat 


 
49 
qurollari,  kiyim  –  kechak,  uy  jihozlarining  yangi  nushalari  paydo  bo‘ladi, 
eskilarining  ba‘zilari  ishlatilmaydigan  bo‘lib  qoladi,  natijada  ularni  ifodalovchi 
so‘zlar  ham  bora  –  bora  juda  kam  qo‘llanadigan  yoki  iste‘moldan  chiqib  ketadi. 
Eskirgan  so‘zlar ikkita guruhga ajratiladi: 
     a) tarixiy so‘zlar – hozirda mavjud bo‘lmagan narsa – hodisalarning iste‘moldan 
butunlay  chiqib  ketgan  nomlaridir:  mingboshi,  ellikboshi,  kanizak,  omoch, 
dodhoh, mumsik, halfa, mo‘ndi…. 
     b)  arxaik  so‘zlar  hozirda  mavjud  bo‘lgan  narsa  –  hodisalarning  eskirib  qolgan 
atamalaridir.  Bunday  so‘zlar        iste‘moldan  chiqish  arafasida  turgan,  hozirgi  tilda 
sinonimi  bo‘lgan  so‘zlardir  (hozirgi  tilda  sinonimlari  berilgan):  rayon  (tuman), 
ekspress  (tezyurar),  oblast  (viloyat),  vrach  (shifokor),  hirrurg  (jarroh),  injiner 
(muhandis), redaktor (muharrir), redaksiya (tahririyat), ulus (xalq), bitik (yozuv)…      
     Arxaizmlar  (eskirgan  so‘zlar)  o‘tgan  davrda  qo‘llanib,  hozirgi  kunda 
iste‘moldan  chiqqan  so‘z,  so‘z  birikmasi  qo‘shimchalardir:  ashu  (qizil  tuproq), 
ashuq (temir qalpoq, dubulg‘a), aqru (sekin).  
     Qadimgi tilimizda tushum kelishigining –(i)g yoki (i)g‘ shakli (sabig‘ eshitib – 
so‘zini eshitib), jo‘nalish kelishigining –ra/- ru shakllari (og‘uzg‘aru – og‘izga) va 
-(i)n qo‘shimchali vosita kelishigi bo‘lgan (eligin tutdi – qo‘li bilan ushladi).  
      Tarixiy  so‘zlar  esa  yaqin  o‘tmishda  qo‘llanilib  kelingan  so‘z,  so‘z  birikmasi, 
qo‘shimchalardir:  ajoyibxona  (muzey),  muxoraba  (urush),  mingboshi,  qozi,  faqir, 
arshi a‘lo kabi. 
Arxaizm  bilan  tarixiy  so‘zlarning  farqi  shundaki,  arxaizm  hozirgi  davrda 
qo‘llanmaydigan, tushunarsiz so‘zlar bo‘lib, tarixiy so‘zlar esa ma‘nosi tushunarli, 
ba‘zan yozma adabiyotda qo‘llanadigan so‘zlardir.       
     Arxaik va tarixiy so‘lar, qo‘shimchalar badiiy va ommaviy uslubni hosil qiladi. 
       Arxaizm  va  tarixiy  so‘zlar  yozma  adabiyotda  tarixiy  davrni  tasvirlash  uchun, 
uslubiy  ma‘noda  esa  asar  qahramonini  ta‘riflash,  uning  eskilikka  moyilligini 
ko‘rsatish, mazah, kulgu mazmunida qo‘llaniladi. 
     Kes rishtangniki, qilsin chapaklar otib jasta,  
      Hajrida alam tortib, bo‘ldi jigari hasta. (F). 


 
50 
      Bir  jamoa  mo‘minlarga  amir  bo‘lgan  zotning  vazifayi  shar‘iysi  shuldurkim, 
islomda  ustuvor  turg‘ay,  ahkomi  islomni  kamokon  ijro  qilg‘ay.  Har  bir  amiriki 
arkoni islomdan  zarracha  yuz o‘girsa, u kimarsa  jamoiy  islom  ustiga samir  emas, 
sharirdir.  Nauzan  billohkim,  Farg‘ona  va  turkiston  mamlakatining  alhol  amiri 
bo‘lgan Muhammad Alixon Volidiyning mankuhasi, ya‘ni volidayi ayni va rizosini 
o‘z aqdiga olibdur. (A. Qodiriy.)
 
  Bundan  tashqari  tarixiy  va  arxeak  so‘zlar  boshlang‘ich  sinf  o‘qish  kitobi 
darsliklari  matnlarida  ham  uchratish  mumkin.  Bu  so‘zlar  boshlang‘ich  sinf 
o‘quvchilari  uchun  tushunarsiz.  Shuni  hisobga  olib,  bu  matnlarni  o‘qitishda 
boshlang‘ich  sinf  o‘qituvchisi  lug‘at  ustida  ish  olib  borish  kerak.  Masalan, 
uchinchi  sinf  o‘qish  kitobi  darsligidagi  Yusuf  Hos  Hojibning  ―Bahor  tarifida‖ 
matnida  ham  tarihiy  va  arxaik  so‘zlarni  uchratishimiz  mumkin.  Masalan,  ushbu 
matndagi mushk-anbar – atirga o‘hshash ifori, kofur – oq rang, ifor – yoqimli hid. 
                    
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
51 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə