Tildagi ayrim so’zlar shakily jihatdan, ayrimlari ma’no jihatdan, bir xillari esa talaffuzi jihatidan o’xshash bo’ladi


 bob Didaktik o‟yinlar va ularning ahamiyati



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/60
tarix26.04.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#86061
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60
boshlangich sinf ona tili darsliklarida omonim antonim sinonim paronimlarning berilishi va ularni oqitish uslubiyoti

 
2. bob Didaktik o‟yinlar va ularning ahamiyati 
«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»ni  ro‘yobga  chiqarishning  2-bosqichi 
ta‘lim  mazmuniga  yangi  pedagogik  texnologiyalarni  keng  qamrovda  olib  kirish 
vazifasini  qo‘ymoqda.  Bu  esa  barcha  pedagoglar  zimmasiga  mas‘uliyatli 
vazifalarni 
yuklaydi. 
Respublikamiz 
olimlari 
ilmiy 
asoslangan 
hamda 
O‘zbekistonning  ijtimoiy  –  pedagogik  sharoitiga  moslashgan  ta‘lim 
texnologiyalarini  yaratish  va  ularni  ta‘lim-tarbiya  amaliyotida  qo‘llashga 
intilmoqdalar. 
pedagogikaga 
bag‘ishlangan 
adabiyotlarda 
«pedagogik 
texnologiya»,  «Yangi  pedagogik  texnologiya»,  «Ilg‘or  pedagogik  texnologiya» 
kabi tushunchalar keng qo‘llanilmoqda va turlicha izohlanmoqda.  
Bular  orasida  YUNESKO  tomonidan  berilgan  quyidagi  ta‘rif  e‘tiborga 
loyiqdir: 
«pedagogik  texnologiya  bu  butun  o‘qitish  va  bilimlarni 
samaradorlashtirish vazifasini qo‘yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning 
o‘zaro aloqasini hisobga olib yaratish, qo‘llash va belgilashning tizimli metodidir». 
Texnologiya so‘zi yunoncha bo‘lib, texne – mahorat, sanhat; logos – ta‘limot 
ma‘nolarini  bildiradi.  Bu  so‘z  sanoatda  yoki  qishloq  xo‘jaligida  tayyor  mahsulot 
olish uchun ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanadigan usul va metodlar yig‘indisini 
bildiradi.  Ta‘lim  jarayoniga  nisbatan  esa  bu  tushuncha  o‘qish  va  o‘qitishning 
o‘zaro  uzviyligini,  aloqadorliq  bosqichlarini  ajratish,  ta‘lim-tarbiya  jarayonida 
belgilangan  maqsadga  erishish  uchun  bajariladigan  ishlarni  muvofiqlashtirish, 
ularni ketma-ketligi va bosqichma-bosqichligini ta‘minlash, rejalashtirilgan barcha 
ishlar  va  amallarni  talab  darajasida  bajarishni  anglatadi.  Boshqacha  aytganda, 
ta‘lim  texnologiyasi  tushuncha  ta‘lim  berish  san‘ati,  ta‘lim  berish  mahorati 
ma‘nolarini  ifodalaydi.  Yangi  pedagogik  texnologiya  deyilganda,  ta‘lim  berish 
sanhatini  ishga  solib,  uni  samarali  tashkil  etish,  uni  jahon  andozalari  darajasiga 
ko‘tarish tushuniladi. 
Pedagogik  texnologiya  atamasi  ta‘lim  jarayoniga  yangicha,  o‘ziga  xos  belgi 
va  xususiyatlarga  ega  bo‘lgan  tizimli  yondashuvga  asoslanadi.  Bu  ta‘lim 


 
54 
jarayoniga  innovatsion  yondashuv  demakdir.  Yangi  ta‘limni  tashkil  etishda  jahon 
pedagogikasi  amaliyotida  qo‘llaniladigan  ilg‘or  metod  va  usullar,  texnika 
vositalari, o‘qitishning shakllarini tarbiya jarayoniga har bir o‘quvchi shaxsi, ruhiy 
o‘ziga  xosligi,  intelektuall  imkoniyatlari,  milliy  va  ijtimoiy  xususiyatlarini 
inobatga olgan holda olib kirish demakdir. 
Yangi  pedagogik  texnologiya  o‘quvchiga  ta‘lim  jarayonining  sub‘ekti,  ya‘ni 
faol  ishtirokchisi,  o‘qituvchiga  esa  shu  jarayonning  tashkilotchisi,  boshqaruvchisi 
sifatida qarashni taqozo etadi.  
Yangi  pedagogik  texnologiya  bo‘yicha  o‘qitishda  quyidagilar  ta‘limning 
asosiy parametrlari hisoblanadi: 
1. Butun o‘quv vaziyati boshqaruv ob‘ekti sanaladi. 
2.  Ta‘limni  boshqarish  maqsadli  bo‘lib,  o‘quvchining  mohiyatli,ma‘naviy  va 
ruhiy kuchlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. 
3. Ta‘lim jarayoni demokratik, rag‘batlantiruvchi uslubda bajariladi. 
4.  Ta‘lim  jarayonining  zaruriy  sharti  o‘quvchining  shaxsiy  tashabbusini 
qo‘llab-quvvatlash,  o‘qituvchi  shaxsining  ochiqligi,  ularning  hamkorligi  o‘zaro 
ishonchli munosabatlarni yuzaga keltirishdir. 
Pedagogik  texnologiya  o‘ziga  xos  tamoyillarga  ega  bo‘lib,  bular 
quyidagilardir: 
1. Muayyan dars, mavzu, qism, o‘quv predmetidan kutilgan asosiy  maqsadni 
shakllantirib olish. 
2. Umumiy maqsaddan kelib chiqib, darsni yoki o‘quv predmetini modullarga 
ajratib, har bir moduldan kutilgan maqsadni va modullar ichida hal qilinishi lozim 
bo‘lgan masalalar tizimini aniqlab olish. 
3.  Modul  ichida  yechiladigan  masalalarning  har  bir  bo‘yicha  test  savollarini 
tuzib chiqish. 
4.  Maqsadlarga  yetish  usullari  tanlanib,  ularni  ishlatadigan  aniq  joylarni 
belgilab olish. 
5.  Dars  qismlari  orasidagi  zaruriy  bog‘liqliklarga  va  fanlararo  aloqalarga 
alohida e‘tibor qaratish. 


 
55 
Yangi  pedagogik  texnologiyalarga  bag‘ishlangan  adabiyotlar  va  maqolalarda 
bir  qator  o‘qitish  usullari  haqida  so‘z  yuritilmoqda.  Bu  usullar  innovatsion 
metodlar  sifatida  taqdim  etilmoqda.  Shulardan  ona  tili  darslarida  qo‘llanishi 
mumkin  bo‘lgan  ayrim  metodlar  xususida  so‘z  yuritamiz.  Didaktik  o‘yinlar 
bevosita  o‘quvchini  o‘zini  namoish  etishga    tafakur  doirasini    kengaishiga,  xar 
qaysi mashq-topshiriqlarni zo‘r qiziqish bilan bajara olishga undaydi. Bolada ham 
tarbiyaviy,  ham  ta‘limiy  sifatlar  shakllanishiga  imkon  yaratadi.  Jumladan: 
ziyraklik,  topqirlik,  chaqonlik,  xushyorlik,  bilimdonlik,  qatiylik,  chidamiylik, 
matonat, ijodkorlik, mustaqillik kabilar. Bu sifatlarni tarbiyalashda o‘yin turlaridan 
foydalanish qo‘l keladi. 
Bolalar hayoti rang – barang faoliyat va voqelik dunyosida bevosita aks etib 
boradi.  Bunda  mazmunli  didaktik  o‘yinlar  mustaqil  faoliyat  qoidalari  asosida 
tashkillansa,  u  o‘quvchini  pirovard  natijasida  chuqur  bilish  olishga,  mazmuni 
mukammal va oson tushunishga, fan asoslarini mahorat bilan egallashga undaydi. 
Shuning uchun bola hamisha, hatto muhim faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lgan paytda 
ham o‘yin bilan shug‘ullanishi zarur. Didaktik o‘yinlar bolalar hayoti va faoliyatini 
uyushtirish,  uni  shakllantirish,  bilish  doirasini  kengaytirish  maqsadida  foydalanib 
borilsa, u juda muhim ta‘lim va tarbiya asosi hisoblanadi. 
Didaktik o‘yin qoidali va tizimli tarzda bola shaxsiga to‘g‘ri tahsir etishi va 
mazmuni  to‘liq  tushunishi,  ko‘nikma  va  malakalarini  mukammal  rivojlantirishi 
uchun  qo‘shimcha  tarzda  kattalarning  va  o‘rtoqlari,  ayniqsa  o‘qituvchining 
talabchanligi katta ahamiyat kasb etadi. 
Didaktik o‘yinda quyidagi faoliyat turlari shakllanadi: 
 
 
 
 
 
 
 


 
56 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Didaktik o‘yin mazmundorligini oshirishda intellektual o‘yin, harakatli o‘yin 
va  aralash  turdagi  o‘yinlardan  keng  qamrovda  foydalanish  o‘quvchida  aqliy, 
jismoniy, axloqiy, psixik va estetik mahoratni, ko‘nikmalarni shakllantiradi. 
Psixolog  olimlar  didaktik  o‘yinlarni  yo‘nalishlari  bo‘yicha  beshta  asosga 
olib borishni ma‘qullaydilar va ular quyidagilar: 
 
Didaktik o‘yinda 
faoliyat turlari 
Tasdiq 
qilish 
Hisoblash  
O‘lchash 
Kuzatish  
Solishtirish  
Xulosa 
chiqarish 
Mustaqil 
qaror qabul 
qilish 
Til  
o‘rgatish 
Nutq 
o‘stirish 
Taxlil  
qilish  
Mantiqiy 
fikrlash 


 
57 
1.Nazariy o‘yinlar. Bu o‘yinlar orqali bolalar mavzuni ilmiy asosda oson va 
sodda tushunchalariga imkon yaratiladi. 
2.Amaliy  o‘yinlar.  Bu  o‘yinning  asosiy  mazmunida  o‘quvchi  amaliy 
mashqlarni o‘yinlar orqali tushunib borishga, uning faol ishtirokchisiga aylanishiga 
ehtibor beriladi. 
3.Jismoniy  o‘yinlar.  Yosh  shaxsning  jismoniy  barkamolligi,  aqliy,  ruhiy 
sog‘lom  bo‘lishi,  bola  organizmi  har  tomonlama  rivojlanishida  jismoniy  o‘yinlar 
muhim ahamiyatli sanaladi. 
4.Rolli  o‘yinlar.  Bu  o‘yinda  bolalar  o‘zlarini  ma‘lum  bir  rolni,  yoki  biror 
kasb  egasi  rolini,  uning  vazifasini  bajarayongandek  his  etadilar.  Bolalarda  o‘yin 
orqali mustaqillik, ongli harakatlar yuzaga keladi. 
5.Ishchanlik  o‘yinlari.  Bu  o‘yinning  mazmuniga  ko‘ra  bolaning  mehnat 
ko‘nikmalarini hosil qilishga, ijodiy fikrini amalga oshirishga yo‘l beriladi. 
Ishonchlilik o‘yinlari asosan ikki xis bo‘ladi. Ular ijodiy va qoidali o‘yinlar 
tarzida tashkil etiladi. 
 
Ijodiy  o‘yinlarda  bolalar  o‘zlari  uyinning  mazmun-mohiyatini  to‘la 
anglaydilar, va bu ijodiy o‘yinlarning asosiy qismini qiziqarli rolli o‘yinlar tashkil 
etadi.  
Dramatik  o‘yinlar  ham  ijodiy  o‘yinlar  sarasiga  kiradi,  u  hikoya  va  
ertaklardagi  voqea  ta‘sirini  ifodalashdan  iborat  bo‘lib,  unda  badiiy  qahramonlar 
tasvirlanadi. Natijada o‘quvchilarning nutqi tasirchanligi, xarakat tezligi bo‘ladi.  
Bu qoidali o‘yinlar xarakter xususiyatiga ko‘ra didaktik va xarakatli o‘yinlar 
deb tasniflanadi.  
Shunday  ekan,  biz  qaysi  bir  didaktik  o‘yinga  murajat  qilmaylik,  uning 
intiqosi  sifatida  bolaning  aqliy  qobiyati,  mantiqiy  tafakkuri,  nutqiy  ko‘nikmasini, 
so‘z  boyligining  oshishi,  bolaning  erkin  fikrlashi,  zehni  har  bir  darsni  mustaqil 
o‘zlashtira olishiga ijobiy ta‘sir eta olishini kuzatamiz.  
Didaktik  o‘yinlar  qiziqarli  o‘tishini  taminlovchi  muhim  shartlardan  biri 
uning  o‘z  mazmun  mohiyatiga  ko‘ra  o‘yin  tarzida  o‘tishi  va  dars  mashg‘ulotiga 


 
58 
o‘xshab  qolmasligidir.  Binobarin  bu  didaktik  o‘yiniga  quvnoqlik,  xusandliik 
ko‘tarinkilik, ruhini hosil qilib, bolaga ijobiy xislar kamol topishiga bevosita zamin 
yaratadi.  
Didaktik  o‘yinni  mufafaqiyatli  tashkil  qilinishida  bolalarning  bajariladigan 
o‘yinda faol bo‘lishi qiziqishlarini taminlash muhim omil hisoblanadi, shuningdek 
didaktik  o‘yinlarni  hal  qilishda  pedagogning  tashkilotchilik  qobiliyati  qo‘l  keladi. 
O‘yinni  tashkil  va  unga  mos  o‘yinlarni  to‘g‘ri  tanlay  bilishiga  o‘qituvchi  o‘yin 
qoidalari  asosida  ish  olib  boradi  va  uni  oldindan  rejalashtirib  oladi.  O‘qituvchi 
bolalarni  bir  sinf  yoki  guruhli  shaklda  tanlashi  mumkin.  Bazan  shunday  holatlar 
bo‘ladiki,  yaxshi  kayfiyatda  bo‘layotgan  o‘yin  birdan  shovqin,  notinchlik, 
intizomsiz xolatga almashinadi.  
Bunda  o‘qituvchi  bir  necha  bolaga  tanbeh  berishi  natijasida  bolalarning 
o‘yin kayfiyati pasayadi. 
O‘qituvchi  nohush  vaziyatni  o‘quvchilarga  tarbiyada  intizomlilikni 
ta‘minlash o‘yin qoidasining asosi ekanligini uqtirishi maqsadga movfiqdir. 
Mahoratli  o‘qituvchi  didaktik  o‘yinlar  asosida  nafaqat  o‘quvchilar  bilimini 
mustahkamlaydi,  balki  ular  bilimini  yanada  boyitadi  va  yangi-yangi  o‘yinlar 
loyihasini tuzishga harakat qiladi, talim-tarbiya samaradorligiga erishadi.  
Mohir  pedagog  ta‘limga  o‘yin  tehnikasini  to‘g‘ri  qo‘llashi  uchun  quyidagi 
komponentlardan foydalanishlari zarur:  
1.
 
Tashkiliy shakl;  
2.
 
Didaktik jarayon; 
3.
 
O‘qituvchi darajasi;  
Shuningdek, didaktik o‘yinda ishtirokchilar tarkibi, ishtirokchilar soni, o‘quv 
jarayoni va vaqt mehyori hisobga olinadi. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə