|
 Tildagi ayrim so’zlar shakily jihatdan, ayrimlari ma’no jihatdan, bir xillari esa talaffuzi jihatidan o’xshash bo’ladiboshlangich sinf ona tili darsliklarida omonim antonim sinonim paronimlarning berilishi va ularni oqitish uslubiyoti3. “Savol-javob” o‟yini.
O‘yin maqsadi. Rasm asosida kichik hikoya tuza olish ko‘nikmalarini
shakllantirish, so‘z boyliklarini oshirish, qiziqishlarini asosida kasbga yo‘naltirib
borishga erishish, estetik didlarini oshirish, hayotga muhabbat ruhida
tarbiyalashdan iborat.
O‘yin qoidasi.
Muammoni mazmuniga ega rasm asosida savollarga ketma-ket javob berish,
kimda – kim biror savolga javob to‘a olmasa, o‘yindan chetlatilishi, hamma
savollarga javob bera olgan o‘quvchi g‘olib sanalishi ko‘rsatiladi.
O‘yinning borishi.
O‘yin qoidasi o‘quvchilarga tushuntiriladi. Hoxlagan o‘quvchilar tanlab
olinadi. Boshlovchi o‘quvchi mavzuga mos muammoli mazmunga ega rasm
asosida tanlangan o‘quvchilarga navbatma-navbat savol berib boradi. O‘quvchilar
savollarga tez-tez javob berib boradilar. Javob berishda tutilib qolgan yoki sukut
saqlagan o‘quvchi o‘yindan chetlatib boriladi. Oxirida qolgan o‘quvchi rasm
asosida bog‘lanishli kichik hikoya tuzishi talab qilinadi. Uning javobi tinglanib,
rag‘batlantiriladi.
Bu kabi savol-javob o‘yini boshlang‘ich sinflarning 3-4-sinflarida
o‘tkazilgani maqsadga muvofiq. O‘quvchilarda erkin fikrlash qobiliyati, so‘z
boyligi, o‘zini tuta olish, muammoli vaziyatdan to‘g‘ri chiqa olish ko‘nikmalari
bevosita shakllantirib boriladi. O‘yin ko‘proq mustahkamlash darslarida
o‘tkaziladi.
|
|
|