Tilshunoslik va tabiiy fanlar 103-guruh Maxsudjonova Nozima



Yüklə 6,97 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü6,97 Kb.
#165256
Tilshunoslik va tabiiy fanlar 103-guruh Maxsudjonova Nozima 20231201 191709 0000


Tilshunoslik va tabiiy fanlar
Mavzu
Tayyorladi:Maxsudjonova Nozima
Reja
    • 1. Tilshunoslikni tabiiy fanlar bilan bog’liqligi.
    • 2. Tilshunoslik va antropologiya
    • 3. Tilshunoslik va biologiya
    • 4.Nutq tovushining biologik aspekti. Nutq organlari fiziyologiyasi
    • 5.Xulosa

Tilshunoslikni tabiiy fanlar bilan bogʻliqligi
    • Tilshunoslik tabiiy fanlardan biologiya, fizika, kimyo, geografiya, geologiya, tibbiyot kabilar bilan qaysidir jihatlari yuzasidan bog'langandir. Biz tilshunoslikni tabiiy faniar sirasiga kiruvchi inson fiziologiyasi va antropologiyasi fanlari bilan aloqalarini ko'rib o'tamiz. Tilshunoslik uchun eng muhim jihat reflektor holatdagi inson nutqi faoliyati nazariyasi bo'lib, uning asoschilari I.M.Sechenov hamda I.P.Pavlovdir

Nutq tovushlarining biologik asosini quyidagi turlari bo'lishi mumkin:
1) nutq a'zolarining anatomiyas
2) nutq a'zolarini fiziologiyasi
3) nutq a'zolarining ijro kechimi
Tilshunoslar va antropologlarning o'zaro qiziqish xususiyayatlari ikki holatda to'qnashadi: birinchidan, tillarni tasniflashda, ikkinchidan, nutqning kelib chiqishi masalalarini o'rganishda. Qolaversa, inson nutqiga oid jihatlar bevosita fizikaning tadqiqot obyekti sanalgan akustikaga bog'lab o'rganiladi. Chunki fizikaning akustika bo'limi bilan tilshunoslikning fonetika bo'limi o'zaro bog'liqdir.
Tilshunoslik va biologiya
Tilshunoslik biologiya fani bilan ham uzviy aloqadadir. Avvalo, tilshunoslikning o‘rganish obyekti bo‘lgan til tovushlar silsilasi yordamida moddiylashadi. Tovushlar esa nutq birligi sifatida muayyan nutq organlarining faoliyati natijasida yuzaga chiqadi. Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan nutq organlari nutq apparati sanaladi.
Bu faqat homo sapiensga xos xususiyatlar bo‘lib, birlamchi vazifasi ustiga qo‘shimcha vazifa – ma’lum nutq tovushlarini talaffuz qilish vazifasi qo‘shiladi.
Nutq apparati tarkibiga kiruvchi nutq organlari inson organizmining tarkibiy qismidir. Har qanday nutq organi ikki xil vazifa bajaradi:
1) Birlamchi vazifasi insonning fiziologik a’zosi.
Bunday a’zo sifatida ular inson organizmining normal yashashi uchun zarur tabiiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi
2) Ikkilamchi vazifasi nutq organi
Shunday qilib, bu organlar ham biologiyaning, ham tilshunoslikning tekshirish obyekti bo‘ladi.
Har bir nutq tovushi uch belgini o‘zida mujassamlaydi:
1) Akustik
2)Artikulyasion
3) vazifaviy (funksional)
    • Unli tovushlar ham, undosh tovushlar ham artikulyasion belgiga ega. Unli yoki undosh tovushlarning yuzaga chiqishida ishtirok etadigan nutq organlari belgisi artikulyasion belgi sanaladi. Mazkur belgiga ko‘ra nutq tovushining tavsifi artikulyasion (fiziologik) tavsif sanaladi. Masalan, unlilar tavsifida lab ishtiroki belgisi, og‘izning ochilish darajasi (tilning ko‘tarilish darajasi) belgisi fiziologik tavsif uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Nutq tovushining biologik aspekti nutq organlari anatomiyasi, fiziologiyasi va vazifaviy kechimi kabilardan iboratdir.
Nutq organlari anatomiyasi nutq organlari shakli va tuzilishi haqidagi tasvir bilim.
Nafas yetkazuvchi organlar
Tovush hosil qiluvchi
Tovushni shakllantiruvchi
Qo‘shma ton beruvchi organ.
Nutq organlari asosan to‘rtga bo‘lib o‘rganiladi:
Nafas yetkazuvchi organlar asosan troxeya , bronxlar , o‘pka va qo'shimcha holda ko'krak qafasi, plevra, diafragmalardan iborat.
Tovush hosil qiluvchi organlar hiqildoq deb atalib, u ustma-ust joylashgan uzuksimon, qalqonsimon, cho‘michsimon va shuningdek ponasimon, shoxsimon tog‘aylardan iborat trubasimon ko‘rinishga ega.
Tovushni shakllantiruvchi organlar asosan xalqum va og'iz boshlig‘idagi organlardan iborat.
Ton beruvchi organ burun boshlig‘i hisoblanadi.
Nutq organlari fiziologiyasi nutq organlarining hayotiy protsesslari muhit bilan bo‘ladigan munosabatlaridir. Uning kishi organlari ichida o‘ziga xos fiziologiyasi bo‘lib, buni asosan bosh miya po‘stlog‘i boshqaradi. Ammo ularni boshqaruvchi nervlar yadrosi cho‘zinchoq miyada joylashgan. Cho‘zinchoq miyada ikki yonma yon nerv yadrosi bo‘lib, biri ikki yoqlama yadro, ikkinchisi til osti nervi yadrosi hisoblanadi. Bu yadrolarning yonma-yon joylashuvi nutq organlari fiziologiyasidagi uyg‘unlikni ta’minlaydi.
Nutq organlari fiziologiyasi
Xullas, tilshunoslik til haqidagi mustaqil fan bo'lib, uning obyekti tildir. Shuningdek, u tilshunoslikdan tashqari yana bir necha fanlar tomonidan o'rganilishni talab qiladigan murakkab sohadir. Tilning mohiyatini o'rganish va tilshunoslik fanining predmetini aniqlash o'z navbatida tilni o'rganadigan boshqa fanlarning yutuqlarini nazarda tutishni va tilshunos­likning asosiy masalalarini hal qilishda ularni inobatga olishni taqozo etadi. Tilshunoslik boshqa fanlar bilan qanchalik aloqada bo'lmasin, uning o'z tadqiqot obyekti va tadqiqot chegarasi mavjud va mustaqil fan sifatida fan­lar sistemasida qat'iy o'rniga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
U.Sanaqulov , A.Turobov “Tilshunoslik nazariyasi”
http://fayllar.org
http://arxiv.uz
EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Yüklə 6,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə