Tir convention Uzbekistan


-moddaning 7-bandi olib tashlangan



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/163
tarix13.06.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#116982
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   163
TIR Convention Uzbekistan

8-moddaning 7-bandi olib tashlangan.
(ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda kuchga kirgan)
8-moddaning 7-bandiga tushuntirish xati 
0.8.7 olib tashlangan. (ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda kuchga kirgan) 
 
 


9-modda
1. Kafolat birlashmasi, XYT kitobchasining yakunlanish sanasini belgilab, uning 
amal qilish muddatini o‘rnatadi, shundan keyin XYT kitobchasini bojxonada 
rasmiylashtirish uchun jo‘natish joyiga taqdim etib bo‘lmaydi.
2. Agar XYT kitobchasi jo‘natish joyining bojxonasi tomonidan rasmiylashtirish 
uchun uning amal qilish muddatining oxirgi kunida yoki mazkur moddaning 1 
bandida nazarda tutilganidek, shu sanagacha qabul qilingan bo‘lsa, kitobcha 
belgilangan joyning bojxonasida XYT operatsiyasi yakunlangunga qadar amal 
qiladi.
10-modda
1. 
XYT operatsiyasini yakunlash kechikishlarsiz amalga oshirilishi kerak.
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
2. Agar u yoki bu Ahdlashuvchi tomonning bojxona organlari XYT operatsiyasini 
yakunlagan bo‘lsa, ular kafolat birlashmasidan 8-moddaning 1 va 2-bandlarida 
ko‘rsatilgan summalarni talab qilishga haqli emas, XYT operatsiyasini to‘xtatish 
to‘g‘risidagi guvohnoma noqonuniy yoki aldanma tarzda olingan yoki XYT 
operatsiyasi bekor qilinmagan hollar bundan mustasno. 
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan; 
ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda kuchga kirgan)
10-moddaga tushuntirish xati 
0.10-1 
Agar XYT operatsiyasida ataylab o‘zgartirilgan yuk bo‘linmalari va 
konteynerlar ishlatilgan bo‘lsa, yoki, agar soxta yoki noaniq hujjatlardan 
foydalanish, yuklarni almashtirish, bojxona muhrlari va plombalarini 
almashtirish va boshqalar kabi qoidabuzarliklar aniqlangan bo‘lsa, yoki 
guvohnoma boshqa noqonuniy yo‘llar bilan olingan bo‘lsa XYT 
operatsiyasini to‘xtatish to‘g‘risidagi guvohnoma noqonuniy yoki aldanma 
tarzda olingan deb hisoblanadi.
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan) 
0.10-2 
"Yoki XYT operatsiyasi to‘xtatilmagan" iborasi to‘xtatish to‘g‘risidagi 
guvohnoma 
qalbakilashtirilgan 
holatlarni 
qamrab 
oladi.
(ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda kuchga kirgan) 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə