Tir convention Uzbekistan



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/163
tarix13.06.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#116982
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   163
TIR Convention Uzbekistan

 
III bob
XYT KITOBCHASIDAN FOYDALANGAN HOLDA 
YUKLARNI TASHISH
a) Transport vositalari va konteynerlarga ruxsat berish
12-modda
Mazkur bobning a) va b) bo‘limlarini ta’siri ostiga tushish uchun, har bir 
transport vositasi o‘zining konstruksiyasi va o‘zining uskunasiga nisbatan mazkur 
Konvensiyaning 2-ilovasida keltirilgan shartlarga javob berishi kerak va mazkur 
Konvensiyaning 3-ilovasida nazarda tutilgan tartibiga muvofiq ularga tashishga 
ruxsat berilishi kerak. Ruxsat berish to‘g‘risidagi guvohnoma 4-ilovada keltirilgan 
namunaga mos kelishi kerak.
12-moddaga sharhlar
Ruxsat berish to‘g‘risidagi guvohnoma
4-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq ruxsat berish to‘g‘risidagi 
guvohnoma ikkiga buklangan A3 formatida bo‘lishi kerak.
(TRANS/GE.30/10, 33-band; TRANS/WP.30/157, 27-30-bandlar; 
TRANS/WP.30/AC.2/35, 6-ilova)
Ruxsat berish guvohnomasini va ruxsat berish taxtachasini mavjudligi 
Konvensiyaning 4-ilovasida nazarda tutilgan ruxsat berish to‘g‘risidagi 
guvohnoma faqat ta’rifi Konvensiyaning 2-ilovasidagi 1-moddada 
keltirilgan yuk bo‘linmasi bo‘lgan transport vositasida bo‘lishi zarur.
Ta’rifi 6-ilovadagi 0.1 j) tushuntirish xatida keltirilgan yechiladigan 
kuzov, yoki ruxsat etilgan yechiladigan kuzovda yoki konteynerda 
konteyner tashilgan holatda, Konvensiyaning 7-ilovasidagi II-qismda 
nazarda tutilgan ruxsat berish to‘g‘risidagi taxtacha biriktirilgan bo‘lishi 
kerak.
(TRANS/WP.30/168, 38-band; TRANS/WP.30/AC.2/39, 17-band)
13-modda
1. Mazkur bobning a) va b) bo‘limlarini ta’siri ostiga tushishi uchun konteynerlar 7-
ilovaning I-qismida belgilangan shartlarga muvofiq konstruksiyalangan bo‘lishi 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə