Tir convention Uzbekistan



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/163
tarix13.06.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#116982
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   163
TIR Convention Uzbekistan

 


 
21-modda
Bojxona organlari tomonidan 5-moddaning 2-bandida mavjud bo‘lgan qoidaga 
muvofiq yuklarni tekshirish holatlaridan tashqari, har bir Ahdlashuvchi tomon 
oraliq bojxonalarining xodimlari, odatda, shikastlanmagan bo‘lishi shartida, boshqa 
Ahdlashuvchi tomonning bojxona organlari tomonidan qo‘yilgan muhrlar va 
plombalarni tan oladi. Biroq, ushbu xodimlar, agar bu nazorat tufayli zarur bo‘lsa, 
qo‘shimcha ravishda o‘zlarining shaxsiy muhrlarini va plombalarini qo‘yishi 
mumkin.
2. Ahdlashuvchi tomonlar tarafidan tan olingan muhrlar va plombalar ularning 
hududida milliy muhrlar va plombalar kabi huquqiy me’yorlarning himoyasidan 
foydalanadi. 
22-moddaga sharh
Bojxona muhrlari va plombalarining texnik tavsiflari
XYT Konvensiyasida bojxona muhrlari va plombalari uchun standartlar 
va talablar masalasi ko‘rib chiqilmagan Unda faqat Ahdlashuvchi 
tomonlar boshqa Ahdlashuvchi tomonlarda qo‘yilgan bojxona muhrlari 
va plombalarini tan olishi kerakligi aytib o‘tilgan xolos. Shunday qilib
bojxona muhrlari va plombalarining texnik tavsifining masalasi milliy 
bojxona organlarining ixtiyoriga qoldirilgan. Bojxonada plombalash 
samaradorligini ta’minlash uchun bojxona ma’muriyati shu sohadagi 
oxirgi xalqaro talablarga mos keladigan muhrlar va plombalardan 
foydalanishi kerak. Mazkur kontekstda, bojxona organlarining e’tibori 
Bojxona tartiblarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish to‘g‘risidagi 
Xalqaro Konvensiyaga (Kioto konvensiyasi tomonidan qayta ko‘rib 
chiqilgan) bo‘lgan Ye maxsus ilovaning 1 bobida bayon etilgan minimal 
talablarga qaratiladi. Bundan tashqari, ko‘rsatilgan Konvensiyaga 
bo‘lgan umumiy ilovaning 6 bobiga Jahon bojxona tashkiloti (JBT) 
shafeligi ostida ishlab chiqilgan direktivalarni eslatib o‘tish mumkin.
(TRANS/WP.30/216, 67-band va 2-ilova va TRANS/WP.30/216/Corr.1;
TRANS/WP.30/AC.2/77, 54-band va 3-ilova)

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə