Tir convention Uzbekistan



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/163
tarix13.06.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#116982
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   163
TIR Convention Uzbekistan

tiklash 
uchun 
XYT 
kitobchasini 
qabul 
qilishlari 
mumkin. 
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 
2002 
yil 
12 
mayda 
kuchga 
kirgan

ECE/TRANS/17/Amend.24, 2004 yil 19 sentabrda kuchga kirgan)
2. Yanada soddaroq bojxona tranzit tartiblari mavjudligi tufayli yoki bojxona 
tranzit tartibini qo‘llash zarur bo‘lmaganligi tufayli Ahdlashuvchi tomonning 
hududida XYT kitobchasini saqlovchi tarafidan kitobcha qo‘llanilmaydigan 
yo‘nalishning qismiga nisbatan ham xuddi shu qoida qo‘llaniladi.
3. 
Bunday holatlarda, XYT tashishi to‘xtatilgan yoki tiklangan bojxonalarga, 
tegishli tarzda mamlakatga kirishda yoki chiqishda, oraliq bojxonasi sifatida 
qaraladi. (ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
26-moddaga sharhlar
Vakolatli kafolat birlashmalari mavjud bo‘lmagan Ahdlashuvchi tomonda 
XYT tashishni to‘xtatib turish
Vakolatli kafolat birlashmalari mavjud bo‘lmagan va, natijada, 3-
moddaning b)-bandiga asosan Konvensiya qoidalarini qo‘llash mumkin 
bo‘lmagan Ahdlashuvchi tomonga ham 26-modda qo‘llaniladi. Bunday 
Ahdlashuvchi tomonlarning ro‘yxati XYT Ma’muriy qo‘mitasi va XYT 
Ijroiya qo‘mitasi (XYTIK) tomonidan Ahdlashuvchi tomonlar 
Konvensiyaga 9-ilovaning I-qoidalariga muvofiq XYTIKka saqlashga 
topshiradigan hujjatlar asosida tuziladi.
(TRANS/WP.30/AC.2/63, 59 va 60-bandlar va 3-ilova)
Tashishning 
bir 
qismi 
avtomobil 
transporti 
orqali 
amalga 
oshirilmaydigan holatda XYT tartibidan foydalanish
Konvensiyaning 2-moddasiga binoan, agar XYT tashishning boshlanishi 
va yakuni o‘rtasidagi ma’lum qismi avtomobil transportida amalga 
oshiriladigan bo‘lsa, boshqa transport turlaridan foydalanish mumkin 
(temir yo‘l, daryo transporti va hokazo). Boshqa turdagi transportda 
amalga oshirilayotgan tashish uchastkasida XYT kitobchasini saqlovchi: 

Konvensiya 
26-moddasining 
2-bandiga 
muvofiq 
bojxona 
organlaridan XYT tashishlarini to‘xtatib turishni iltimos qilishi 
mumkin. To‘xtatib turilgan XYT tashishlarini tiklash uchun bojxona 
rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati boshqa turdagi transport 
tomonidan amalga oshirilayotgan uchastkaning oxirida ta’minlanishi 
kerak. Agar jo‘natish mamlakatida butun yo‘nalish bo‘ylab tashish 
avtomobil transportida amalga oshirilmayotgan bo‘lsa, unda 
jo‘natish joyi bojxonasida 
XYT operatsiyasini boshlash va uni 


to‘xtatilishini XYT kitobchasining №1 va №2 yirtma varaqalarini bir 
vaqtda ajratib, darhol tasdiqlash mumkin. Bunday sharoitlarda 
mazkur mamlakat hududida yo‘lning qolgan qismida XYT kafolati 
amal qilmaydi. Biroq, Konvensiyaning 26-moddasidagi qoidalarga 
muvofiq XYT tashish boshqa Ahdlashuvchi tomonda, boshqa transport 
vositasi orqali amalga oshirilayotgan tashish uchastkasining oxirida 
joylashgan bojxonada osongina tiklanishi mumkin; yoxud

XYT tartibidan foydalanish mumkin. Biroq, bunday holatda XYT 
kitobchasini saqlovchisi shuni hisobga olishi kerakki, mazkur 
mamlakatda milliy bojxona organlari quyidagi punktlarda XYT 
kitobchasini tegishli tarzda to‘ldirilishini ta’minlay olganida 
(vaziyatlarga qarab) XYT operatsiyasi qo‘llanilishi mumkin: oraliq 
kirish bojxonasida, oraliq chiqish bojxonasida va belgilangan joyning 
bojxonasida.
 
(TRANS/WP.30/AC.2/67, 64-band va 4-ilova)

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə