Tir convention Uzbekistan


-modda Mazkur Konvensiyaning qoidalariga va xususan, uning 18-moddasiga amal



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/163
tarix13.06.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#116982
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   163
TIR Convention Uzbekistan

27-modda
Mazkur Konvensiyaning qoidalariga va xususan, uning 18-moddasiga amal 
qilish shartida, belgilangan joyning dastlabki ko‘rsatilgan bojxonasi belgilangan 
joyning boshqa bojxonasiga almashtirilishi mumkin. 
28-modda
1.
 
XYT operatsiyasini to‘xtatilishi darhol bojxona organlari tomonidan 
tasdiqlanadi. XYT operatsiyasini to‘xtatilishi shartsiz yoki shart bilan 
tasdiqlanishi mumkin; agar operatsiyaning to‘xtatilishi shart bilan tasdiqlangan 
bo‘lsa, bu XYT operatsiyasining o‘zi bilan bog‘liq dalillarga bog‘liq bo‘lishi 
kerak. Ushbu dalillar XYT kitobchasida aniq ko‘rsatilishi kerak.
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
2.
 
Yuk boshqa bojxona tartibi sharoitlariga yoki bojxona nazoratining boshqa 
tizimiga o‘tkazilayotgan holatlarda, ushbu tartib yoki bojxona nazorati tizimi 
doirasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan barcha qoidabuzarliklar XYT 
kitobchasini saqlovchisiga, yoxud uning nomidan harakat qiladigan har qanday 
boshqa shaxsga yozilmasligi kerak.
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
28-moddaga tushuntirish xati 
0.28-1 
XYT kitobchasidan foydalanish u mo‘ljallangan funksiya bilan, ya’ni 
tranzit tashish bilan cheklanishi kerak. XYT kitobchasi, masalan, 
belgilangan joyda bojxona nazorati ostida yuklarni saqlash uchun 
qo‘llanilmasligi kerak. (ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda 
kuchga kirgan; ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda kuchga 
kirgan) 
0.28-2 Yuk boshqa bojxona tartibi sharoitlariga yoki bojxona nazoratining boshqa 
tizimiga o‘tkazilganda mazkur modda XYT operatsiyasi to‘xtatilishini nazarda tutadi. 
Bunday o‘tkazish erkin muomala uchun bojxona tozalovini (to‘liq yoki 
qisman), chegara orqali uchinchi mamlakatga yoki erkin zonaga olib 


chiqib ketishni (eksport), yoxud boshqa bojxona tartibi uchun 
deklaratsiya qilinishini kutishda yukni bojxona organlari tasdiqlagan 
joyda saqlashni o‘z ichiga oladi.
(ECE/TRANS/17/Amend.30, 2012 yil 13 sentabrda kuchga kirgan) 
28-moddaga sharhlar
XYT kitobchasini saqlovchisiga yoki uning nomidan harakat qiluvchi har 
qanday boshqa shaxsga qaytarish.
Shuni ta’kidlash zarurki, XYT operatsiyasini tugatish shart bilan yoki 
shartsiz tasdiqlanganligidan qat’iy nazar, XYT kitobchasini saqlovchisiga 
yoki uning nomidan harakat qiluvchi har qanday boshqa shaxsga 
qaytarish- belgilangan joy bojxonasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburiyati 
hisoblanadi. Ishlatilgan XYT kitobchalarini o‘z vaqtida qaytarish XYT 
kitobchalarini beradigan birlashmaga va 6-modda ko‘rsatilgan xalqaro 
tashkilotga nafaqat tegishli nazoratni amalga oshirish, balki saqlovchiga 
yangi XYT kitobchalarini berish imkonini beradi, chunki muomalada 
(saqlovchida) bo‘lgan kitobchalarning soni cheklangan bo‘lishi mumkin.
(TRANS/GE.30/AC.2/12, 33-band; TRANS/GE.30/GRCC/11, 24 va 25-
bandlar; TRANS/WP.30/192, 26-band;TRANS/WP.30/AC.2/59,
46-band va 5-ilova)
Bitta XYT tashish uchun ikkita XYT kitobchasidan foydalanish
Agar butun XYT tashishni amalga oshirish uchun XYT kitobchasidagi 
yirtma varaqalarning soni yetarli bo‘lmasa, bunday holatda 
Konvensiyaning 27 va 28-moddalariga binoan XYT tashishning birinchi 
qismi yakunlanishi kerak, XYT tashishning qolgan uchastkasida esa 
yangi kitobcha ishlatiladi, u avvalgi XYT operatsiyasini to‘xtalishini 
tasdiqlagan bojxona tomonidan rasmiylashtirishga qabul qilinishi kerak.
Ushbu dalilni aks ettirish uchun ikkala XYT kitobchasiga ham tegishli 
yozuvni kiritish kerak.
(TRANS/WP.30/AC.2/23, 
21-band; 
TRANS/WP.30/192, 
26-band; 
TRANS/WP.30/AC.2/59, 46-band va 5-ilova)
XYT operatsiyasi to‘xtatilgandan keyin qo‘llaniladigan tartiblar
Olib tashlangan
(ECE/TRANS/WP.30/AC.2/105, 31-band)
XYT operatsiyasini to‘xtatish
1. XYT operatsiyasini to‘xtatish shartsiz tasdiqlangan holatda, agar 
bojxona organlari to‘xtatish to‘g‘risidagi guvohnoma noqonuniy yoki 
aldov yo‘li bilan olingan deb ta’kidlasa, unda ular XYT operatsiyasi 
tugallanmaganligi haqidagi xabarnomasida va/yoki zarur to‘lovni 
amalga oshirish haqidagi talabnomasida ushbu XYT operatsiyasi 
noqonuniy yoki aldov yo‘li bilan amalga oshirilganligini ta’kidlovchi 
sabablarni ko‘rsatishi kerak. 
2. Bojxona organlari 10-moddaning 1-bandidagi va 11-moddaning 1-
bandidagi talablarni bajarishdan bosh tortish yagona maqsadida XYT 
operatsiyalarini to‘xtatishni sabablarni ko‘rsatmasdan muntazam 


ravishda asoslanmagan shartlar bilan tasdiqlamasliklari lozim. 
(TRANS/GE.30/GRCC/11, 12-band; TRANS/GE.30/AC.2/12, 25-band; 
TRANS/WP.30/192, 26-band; TRANS/WP.30/AC.2/59, 46-band va 5-
ilova)
Qilingan shartlar haqida belgi 
Bojxona organlari XYT operatsiyasi to‘xtatilishiga nisbatan har qanday 
shartni deyarli aniq bayon etishlari va XYT kitobchasida №2 yirtma 
varaqadagi 27-ustunni to‘ldirish va №2 koreshokdagi 5 rubrikada "R" 
harfini qo‘yish orqali, hamda bunday holatlarda XYT kitobchasining 
bayonnomasini to‘ldirish orqali ushbu shartning mavjudligini 
ko‘rsatishlari lozim. 
(TRANS/GE.30/8, 12-band; TRANS/WP.30/192, 26-band; 
TRANS/WP.30/AC.2/59, 46-band va 5-ilova)
XYT operatsiyasi to‘xtatilishining boshqa isbotlash shakllari
XYT operatsiyasini tegishli tarzda to‘xtatilganligining muqobil isbotini 
olish maqsadida, bojxona organlariga, istisno tariqasida, quyidagi 
axborotdan foydalanish tavsiya etiladi, agar u ularni qondirish uchun 
berilgan bo‘lsa: 

mazkur XYT tashish davom etayotgan boshqa Ahdlashuvchi tomon 
tarafidan rasmiylashtirilgan, ko‘rib chiqiladigandan keyingi XYT 
operatsiyasi to‘xtalishining har qanday rasmiy guvohnomasi yoki 
tasdig‘i, yoxud tegishli yukni boshqa bojxona tartibi sharoitlariga
yoki boshqa bojxona nazorati tizimiga o‘tishining, masalan, erkin 
muomala uchun uni tozalashning tasdig‘i.

bunday Ahdlashuvchi tomonning tegishli tarzda qo‘yilgan bojxona 
muhrlari bilan XYT kitobchasidagi №1 va №2 koreshoklar yoki 
Konvensiyaning 
6-moddasida 
ko‘rsatilgan xalqaro tashkilot 
tomonidan taqdim etiladigan ularning nusxalari, u ushbu nusxalar asl 
nusxasidan ko‘chirilganligini tasdiqlashi kerak.
(TRANS/WP.30/159, 
38-band; 
TRANS/WP.30/192, 
26-band; 
TRANS/WP.30/AC.2/59, 46-band va 5-ilova)
Tashuvchilar 
tomonidan 
XYT 
kitobchalaridan 
foydalanishning 
takomillashtirilgan tartiblari
Ayrim Ahdlashuvchi tomonlarda yukni oluvchi yoki uning agentlari erkin 
muomala uchun yoki XYT tranzit operatsiyasi yakunlanishi bilan boshqa 
har qanday bojxona tartibiga muvofiq yuklarni tozalash bo‘yicha zarur 
bojxona rasmiyatchiliklarini bajarmaguncha, tashuvchi belgilangan 
joyning bojxonasida bojxona organlarining vakolatli xodimlariga 
bevosita murojaat qila olmaydi. Transport operatoriga yoki uning 
haydovchisiga XYT tartibini to‘xtatish bojxona organlarining vakolatli 
xodimlari tomonidan tegishli tarzda tasdiqlanganligiga ishonch hosil 
qilish imkonini berish uchun, tashuvchiga yoki uning haydovchisiga, 
ularning ixtiyoriga qarab, XYT kitobchasini o‘zida qoldirishga va yukni 
oluvchiga yoki uning agentlariga boshqa barcha talab etiladigan 
hujjatlar bilan birga XYT kitobchasining sariq rangdagi №1/№2 yirtma 
varaqaning faqat nusxasini taqdim etishga ruxsat beriladi.
Yuk tozalangandan keyin erkin muomala uchun yoki har qanday boshqa 


bojxona tartibiga muvofiq tashuvchi yoki uning haydovchisi XYT 
kitobchasini rasmiylashtirish uchun shaxsan o‘zi bojxona organlarining 
vakolatli xodimlariga murojaat qilishi kerak
.
(TRANS/WP.30/188, 54-band; TRANS/WP.30/AC.2/59, 61 va 62-
bandlar va 6-ilova) 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə