|
![](/i/favi32.png) Tir convention Uzbekistan-modda
Faqat istisno holatlarda bojxona organlari quyidagilarga qo‘l urishiTIR Convention Uzbekistan23-modda
Faqat istisno holatlarda bojxona organlari quyidagilarga qo‘l urishi
mumkin:
-
ularning mamlakatidan o‘tib ketishda yo‘l transport vositalari,
transport vositalari tarkiblari yoki konteynerlar tashuvchilarning
hisobidan kuzatib borilishini talab qilishga;
-
yo‘lda yo‘l transport vositalari, transport vositalari tarkiblari yoki
konteynerlarning yukini tekshirish va ko‘zdan kechirishga.
23-moddaga sharh
Transport vositalarini kuzatib borish
23-modda shuni nazarda tutadiki, kuzatib borish faqat bojxona
qonunchiligiga rioya qilish boshqa usullarda ta’minlab berila
olmaydigan alohida holatlarda belgilanishi mumkin. Kuzatib borishga
doir qaror xavflarni tahlil qilish asosida qabul qilinishi kerak. Xususan,
transport operatori belgilangan joyning bojxonasida yoki chiqib ketish
bojxonasida (oraliq bojxonada) yuk bilan birga yo‘l transport vositasini
(yo‘l transport vositalarini) taqdim etmasligi va tovarlar noqonuniy
tarzda erkin muomalaga chiqib ketishi xavfini bojxona organlari tahlil
qilib chiqishlari lozim. Bunda bojxona organlariga, boshqalar qatorida,
quyidagi omillarni ham baholash tavsiya etiladi (erkin tartibda):
-
XYT kitobchasini saqlovchisi tomonidan bojxona qonunchiligi
buzilganligi haqidagi, hamda uning avvallari chaqirib olingan
ruxsatnomalari yoki XYT tartibidan chiqarib tashlash haqidagi
axborotni;
- transport vositasining obro‘si haqidagi ma’lumotni;
-
to‘lanmaslik xavfi bo‘lgan kirish yoki chiqish bojlari va
yig‘imlarining summalarini;
- yuklarning kelib chiqishi va yo‘nalishini.
Kuzatib borilgan holatda va, xususan, agar tashuvchiga hech qanday
boshqa yozma dalil taqdim etilmasa, tashuvchining iltimosiga binoan
bojxona xodimlariga XYT kitobchasining №1 koreshogidagi "Turli" nomli
5 ustunga keyinchalik bunday kuzatib borishni talab etishga asos bo‘lib
xizmat qilgan sabablarni qisqacha ko‘rsatib, "Kuzatib borish" so‘zini
yozib qo‘yish tavsiya etiladi.
0.1 f) tushuntirish xatiga binoan, kuzatib borish uchun yig‘imlar
ko‘rsatilgan xizmatlarning taxminiy qiymatidan oshmasligi kerak va o‘zi
bilan milliy buyumlarni himoya qilishning bilvosita usulini yoki moliyaviy
maqsadlarda eksport va import tovarlarga bo‘lgan soliqni ifoda etmasligi
kerak.
(ECE/TRANS/WP.30/240, 26-band; ECE/TRANS/WP.30/AC.2/97, 27-
band)
Dostları ilə paylaş: |
|
|