21-modda
Har bir oraliq bojxonada va belgilangan joyning bojxonalarida yo‘l
transport vositasi, transport vositalari tarkibi yoki konteyner bojxona
organlarining nazorati uchun ularda mavjud bo‘lgan yuk bilan va tashilayotgan
yukga taalluqli bo‘lgan XYT kitobchasi bilan taqdim etiladi.
21-moddaga tushuntirish xatlari
0.21-1
Mazkur moddaning qoidalari bojxona organlarining transport vositasining
muhrlangan yuk bo‘linmasidan tashqari istalgan qismlarini tekshirish va
ko‘zdan kechirish huquqini cheklamaydi.
(ECE/TRANS/17/Amend.21, 2002 yil 12 mayda kuchga kirgan)
0.21-2
Agar mamlakatga kirish joydagi bojxona chiqib ketish mamlakatida XYT
kitobchasi
rasmiylashtirilmaganligini
yoki
noto‘g‘ri
rasmiylashtirilganligini aniqlasa, tashuvchini qo‘shni
davlatdan chiqish
joyidagi bojxonaga qaytarib yuborishi mumkin. Bunday holatda
mamlakatga kirish joyidagi bojxona XYT kitobchasiga chiqib
ketish
joyidagi bojxona uchun mo‘ljallangan belgini kiritadi.
0.21-3
Agar nazorat qilishda bojxona organlari yuklarning namunalarini olsa,
unda ular XYT kitobchasining yuk manifestida
olingan yuklar haqida
barcha zarur ma’lumotlarga ega bo‘lgan tegishli belgini qo‘yishi kerak.
21-moddaga sharh
Chiqib ketish bojxonasida (oraliq bojxonada) va belgilangan joyning
bojxonasida XYT operatsiyasini tugatish
Oraliq bojxonada XYT operatsiyasini tugatish
Yo‘l transport vositasi, transport vositalarining tarkibi yoki konteyner
nazoratdan o‘tish maqsadida chiqib ketish bojxonasida (oraliq
bojxonada) yuk va unga taalluqli bo‘lgan XYT kitobchasi bilan birgalikda
taqdim etilgan.
XYT operatsiyasini qisman tugatish
Yo‘l transport vositasi, transport vositalarining tarkibi yoki konteyner
nazoratdan o‘tish maqsadida belgilangan joyning bojxonasida yuk va
unga taalluqli bo‘lgan XYT kitobchasi bilan birgalikda taqdim etilgan,
shundan keyin qisman yuk tushirish amalga oshirilgan.
XYT operatsiyasini yakuniy tugatish
Yo‘l transport vositasi, transport vositalarining tarkibi yoki konteyner
nazoratdan o‘tish maqsadida belgilangan joyning oxirgi bojxonasida yuk
yoki, XYT operatsiyasining oldingi qisman tugatilishi holatida, yukning
qolgan qismi va unga taalluqli bo‘lgan XYT kitobchasi bilan birgalikda
taqdim etilgan.
(TRANS/WP.30/192, 26-band; TRANS/WP.30/AC.2/59, 46-band va 5-
ilova)
Dostları ilə paylaş: