Tizimini tatbiq etish va rivojlantirish


“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix30.05.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#114248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
10 Akramova (2)

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 
http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
 
88
 
kompaniyaning maqsadlarini shakllantirish mexanizmlarini, ularga erishish vositalari va 
uning faoliyati ustidan nazoratni belgilaydi. " 
Korporativ boshqaruv tizimining o'ziga xos xususiyatlari asosan umumiy iqtisodiy 
omillar, davlat siyosati, raqobat darajasi, huquqiy va iqtisodiy muhitning o'ziga xos 
xususiyatlari, ishbilarmonlik odob-axloqi va korporatsiyaning jamiyat oldida, masalan, 
ekologiya sohasidagi ijtimoiy mas'uliyatini anglashi bilan belgilanadi. 
Jahon banki tomonidan belgilangan samarali korporativ boshqaruv tizimining 
belgilari: 

1) kompaniya faoliyati, menejerlar faoliyatini monitoring qilish jarayoni va natijalari 
to'g'risida moliyaviy va boshqa ishbilarmonlik ma'lumotlarining shaffofligi; 

2) barcha aksiyadorlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish va ta'minlash; 

3) korporatsiya direktorlarining strategiyasini belgilashda, biznes-rejalarni 
tasdiqlashda, boshqa muhim qarorlarni qabul qilishda, agar kerak bo'lsa, menejerlarni 
tayinlashda, monitoring qilishda, menejerlarni almashtirishda mustaqilligi; 

4) moliyaviy oqimlarni (foyda) va shu bilan birga aktsiyadorlarga to'lovlarni maksimal 
darajada oshirish. 
Korporativ boshqaruv xalqaro tamoyillari quyidagicha ifodalanadi. Yevropa tiklanish 
va taraqqiyot banki (YTTB) korporativ amaliyoti va oqilona ishbilarmonlik mе‘yorlari. Bu 
hujjat 1997 - yil Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan ―Kupеrе end Laybrand‖ 
kompaniyasi bilan birgalikda kompaniyalarga nufuzli krеditorlar va invеstorlar tomonidan 
investitsiya qarorlari qabul qilishda qaysi jihatlar ko’proq hisobga olinishini yaxshi tushunish 
maqsadida tayyorlangan. YTTB korporativ amaliyoti va oqilona ishbilarmonlik mе‘yorlariga 
muvofiq kompaniyalarga manfaatdor tomonlar bilan o’zaro munosabatlarda quyidagi 
tamoyillarga amal qilish tavsiya etiladi: 
1.
Mijozlar bilan o’zaro munosabatlar: 
2.
Xodimlar bilan o’zaro munosabatlar: 
3.
Ta‘minotchilar bilan o’zaro munosabatlar: 
4.
Jamoatchilik bilan o’zaro munosabatlar: 
5.
Davlat organlari va mahalliy hukumatlar bilan o’zaro munosabatlar: 
Kompaniyaning aksiyadorlar bilan o’zaro munosabatlari eng muhim ahamiyatga ega. 
Shu boisdan oqilona ishbilarmonlik mе‘yorlarida quyidagi tavsiyalar mavjud: 
Yevroaksiyadorlar korporativ boshqaruvi asosiy tamoyillari 1990 - yil Yevropa aksiyadorlar 
assotsiatsiyalari Konfederatsiyasi tashkil qilingan bo’lib, uning tarkibiga sakkizta milliy 
aksiyadorlar assotsiatsiyasi (Bеlgiya, Buyuk Britaniya, Gеrmaniya, Gollandiya, Daniya, 
Ispaniya, Fransiya va Shvеtsiya) kirgan. Tashkilotning asosiy vazifasi – Yevropa Ittifoqi alohida 
aksiyadorlarining manfaatlarini ifodalash, mayda aksiyadorlarni himoya qilish, kapitallar 
bozori ochiqligini ta‘minlash, Yevropa kompaniyalarida aksiyadorlik kapitali qiymatini 
oshirish, korporativ boshqaruv masalalarini qo’llab - quvvatlash hisoblanadi. 
Yevropa Ittifoqi Hamkorligi Tashkiloti (YIHT)ning bеshta tamoyili asosida 
Еvroaksiyadorlar o’z dasturlarini, korporativ boshqaruv asosiy tamoyillarini ishlab chiqqan 
bo’lib, unda kompaniya maqsadlari, ovoz bеrish huquqlari, qo’shib olishdan himoya qilish, 
axborot huquqi va dirеktorlar kеngashining roliga nisbatan qator tavsiyalar aks ettirilgan. 
Aksiyadorlik harakatining rivojlanishida institutsional invеstorlar, masalan, AQSHda 
eng yirik va faol pеnsiya fondlaridan biri bo’lgan CalPRES (California Public Employees' 
Retirement System) muhim rol o’ynaydi. Bu fond 80 - yillarning boshlarida tashkil etilgan 



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə