Tizimini tatbiq etish va rivojlantirish


“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix30.05.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#114248
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
10 Akramova (2)

“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 
http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
 
91
 
1.
Mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyati kabi korporativ tashkilotlar tuzilmasini 
qurish va ular faoliyatining asosiy tamoyillari va tartibini, huquqiy maqomini belgilash
aksiyadorlar va korporativ munosabatlarning boshqa ishtirokchilari huquqlari va 
majburiyatlarini tartibga soluvchi korporativ huquq me'yorlarining kompleksini 
shakllantirish bugungi kunning eng muhim masalalaridan biri ekanligini yuqorida ko’rib 
o’tdik. 
Korporativ tuzilmalarning kelib chiqishi va rivojlanish bosqichlari bir qancha davrlarni 
o’z qamroviga olgan holda, yildan-yilga takomillashib bormoqda. O’zbekiston iqtisodiyotida 
esa korporativ boshqaruv tuzilmalarining faoliyatini takomillashtirish mexanizmlari xorijiy 
mamlakatlar tajribasi asosida yaratilgan bo’lib, kundan kunga rivojlanib bormoqda. Buni 
mamlakatimiz hududida faoliyat yuritib kelayotgan korporativ boshqaruv shaklidagi iqtisodiy 
tuzilmalar faoliyati bilan ifodalash mumkin. 
2.
Kompaniyaning boshqaruv strukturasi tahlili, moliyaviy natijalari, moliyaviy holati 
tahlili boshqaruv faoliyati samaradorligini ko’rsatib beruvchi ko’rsatkichlar asosida 
korxonada moliyaviy tahlil o’tkazishdan maqsad – korxonani hisobotlari orqali o’tgan 
davrda, tahlil qilayotgan vaqtda va kelajakda erishilgan va erishiladigan moliyaviy natijalari 
va moliyaviy holatiga baho berish hamda iqtisodiy tashxis qo’yishdan iboratdir. 
Bunda asosiy e'tibor bozor iqtisodiyoti sharoitida korporativ tuzilmalarning mavqeini 
mustahkamlash va tavakkalchilik holatlarining vujudga kelishi hamda ushbu jarayonda 
innovatsion boshqaruv strategiyalarini amaliyotga samarali tatbiq etish, korxona 
samaradorligini yaxshilash masalalariga qaratildi. Shu bilan birga, eng asosiysi: 
-ishlab chiqarishning barqarorlashishi ta'minlanadi. Integratsiyalashgan korporativ 
tuzilmalar korxonalarning texnologik va kooperatsion – aloqadorliklarni o’zaro 
mujassamlashtirishda ijobiy zamin yaratadi. Ishtirokchi – korxonalar o’rtasida o’zaro yaqin 
aloqadorliklar yaratilishi hisobiga bozorda talab mavjud bo’lgan mahsulotlarni ishlab 
chiqarish, ish va xizmatlar ko’rsatish quvvatlari ko’lami yanada oshadi; 
-ilmiy tadqiqot taraqqiyotining tezlashishi. Integratsiyalashgan korporativ tuzilmalar 
respublika iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida ilmiy – amaliy hamda ishlab chiqarish – 
texnologik komplekslari doirasida yagona texnologik va investitsion siyosatni amalga 
oshirishda yordam beradi. 
3.
Innovatsion texnika va texnologiyalarni yaratish ishlab chiqarish bilan bog’liq 
bo’lgan riskni kamaytiradi, uzoq muddatga mo’ljallangan tadqiqot va ishlab chiqarish sikllari 
moliyalashtirilishi takomillashadi hamda xorijiy firmalar bilan strategik hamkorlik rivojlanadi. 
Mamlakat iqtisodiyotida integratsiyalashgan korporativ tuzilmalarning shakllanishi va 
rivojlanishi nafaqat milliy iqtisodiyotimizning strategik raqobatbardoshligini oshiradi, balki 
moliyaviy va ishlab chiqarish tarmoqlarida paydo bo’ladigan inqirozni yengib o’tishda 
ko’makdosh ham bo’ladi. Shu bilan birga, integratsiyalashgan korporativ tuzilmalar 
faoliyatining samaradorligini oshirish uchun: integratsiyalashgan korporativ tuzilmalar 
tarkibiga nafaqat yirik korxonalarni, balki kichik korxonalarni qo’shish va ular o’rtasida uzviy 
aloqadorliklarni tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Integratsiyalashgan 
korporativ tuzilmalarning tarkibida moliya tashkilotlarining faoliyat turlari va shakllarini 
ko’paytirish, ularning tarkibiga tijorat banklari bilan bir qatorda, investitsion fondlar
sug’urta kompaniyalarni kiritish mumkin, buning hisobiga vaqtincha bo’sh mablag’larni tez 
jalb qilish va ulardan samarali foydalanishga hamda istiqboldagi risklarni pasaytirishga (turli 
xildagi inqirozlarda ro’y beradigan salbiy iqtisodiy hodisalardan sug’urtalanishga) erishiladi. 



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə