“Bо‘lajak akademiklar”
– yuqorida qayd etilgan platformalarda faol
ishtirok etgan, mamlakatning ilm-fan rivojlanishiga katta hissa qо‘shayotgan
yuqori va ilmiy salohiyatga ega yosh olimlar platformasi;
“G‘oyalar
generatorlari”
– Talabalar
akademiyasining
asosiy
yо‘nalishlariga tegishli bо‘lgan ma’lum bir muammoning
yechimiga qaratilgan
innovatsion g‘oyaga ega jamoalar platformasi;
“Startaplar”
– о‘z g‘oyasi bо‘lgan va ushbu g‘oyani amalga oshirishga
qaratilgan startap loyihalari va ularni amalga oshirish bо‘yicha
aniq rejaga ega
jamoalar platformasi;
“Biznes vakillari”
– faoliyatida ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini qо‘llagan
va tegishli sohada kamida 1 yillik tajribaga ega bо‘lgan talabalar jamoalar
platformasi.
13. Alohida platforma jamoasida a’zolikni
saqlab qolish yoki boshqa
platforma jamoasiga kirish ushbu platforma jamoasi a’zoligi uchun belgilangan
talablarni bajargan taqdirda ruxsat beriladi.
14.
Alohida
platforma
jamoasiga
a’zo bо‘lish
uchun Talabalar
akademiyasining a’zoligiga talabgor (keyingi о‘rinlarda talabgor deb ataladi)
shakllantirilgan elektron baza rо‘yxatidan о‘tadi.
15. Elektron baza Talabalar akademiyasining rasmiy veb sahifasida (balki
institut saytida alohida bо‘lim sifatida ochish mumkin) yuritiladi.
16. Elektron bazadan rо‘yxatdan о‘tish talabgorlar tomonidan о‘rnatilgan
tartibda elektron arizani tо‘ldirish va talabgorning shaxsiy ma’lumotlarini
tasdiqlovchi hujjatlarni elektron bazaga kiritish asosida amalga oshiriladi.
17. Talabgor kiritgan ma’lumotlar tizim administratori tomonidan
tasdiqlangach, talabgor elektron bazadan rо‘yxatdan о‘tgan hisoblanadi.
Talabgorlar elektron bazaga kiritilgan talabgorlarning shaxsiy ma’lumotlarini
tasdiqlovchi hujjatlar haqiqiyligiga mas’ul hisoblanadilar.
Dostları ilə paylaş: