To‘lov kontrakt (uch tomonlama kontrakt) asosida mutaxassis tayyorlashga shartnomasi № ad-0353429 id: ad-0353429


 Taʻlim muassasasining majburiyatlari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix28.07.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#120045
1   2   3   4   5
ABDUQAXXAROVA MUATTAR FURQAT QIZI

2.2. Taʻlim muassasasining majburiyatlari:
2.2.1. O‘qitish uchun O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Ta’lim muassasasi Ustavi va
boshqa ichki hujjatlarida nazarda tutilgan zarur shart-sharoitlarni yaratadi
2.2.2. Talabalarning qonun hujjatlarida belgilangan huquqlarining bajarilishini ta’minlaydi.
2.2.3. Talabani tasdiqlangan o’quv reja va dasturlarga muvofiq darajada o‘qitadi.
2.2.4. Talaba bakalavriat yo’nalishini muvaffaqiyatli tamomlaganda, belgilangan tartibda diplom beradi.
2.2.5. Abituriyent o’quv yilining birinchi yarmi uchun yoki to’liq to’lovni amalga oshirganidan so‘ng uni talabalar safiga
qabul qilish.
2.3. Talabaning huquqlari:
2.3.1. Ta’lim muassasasidan shartnomaviy majburiyatlari bajarilishini talab qilish
2.3.2. Ta’lim muassasasida tasdiqlangan o’quv reja va dasturlarga muvofiq darajada ta’lim olish.
2.3.3. Ta’lim muassasasining ta’lim jarayonlarini yaxshilashga doir takliflar berish.
2.3.4. O‘qish uchun to’lov turini 3-bobga asosan tanlash.
2.4. 2.4. Talaba va Buyurtmachining majburiyatlari:
2.4.1. Buyurtmachi joriy o‘quv yili uchun belgilangan o‘qitish qiymatini Kontraktning 3-bobida ko’rsatilgan tartib va
miqdorda o‘z vaqtida to’laydi.
2.4.2. Universitet Ustavi va boshqa ichki hujjatlari talablariga qat’iy rioya qiladi.
2.4.3. Talaba o’quv mashg’ulotlarida muntazam qatnashadi.
2.4.4. Talaba Ta’lim muassasasida belgilangan tartib va doirada ta’lim oladi hamda ushbu jarayonda bilim darajasini
oshirib boradi.
2.4.5. Kontraktni imzolaganidan keyin Ta’lim muassasasiga taqdim etadi.
2.4.6. Talaba va buyurtmachi o’rtasidagi huquqiy majburiyatlar o’zaro kelishuv asosida boshqariladi va ushbu o‘zaro
kelishuvni amalga oshirish uchun Universitet hech qanday majburiyatni o‘z zimmasiga olmaydi.
3. TO’LOV MIQDORLARI VA MUDDATLARI
3.1. Ta’lim muassasasida o’qish davrida ta’lim xizmatini ko’rsatish narxi Respublikada belgilangan Mehnatga haq
to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘liq holda hisoblanadi
3.2. Ta'lim uchun to'lov O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasida (UZS) Universitetning bank hisob raqamiga o'tkazish
yo'li bilan va/yoki O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan ruxsat etilgan boshqa usulda amalga oshiriladi.
3.3. To`lanishi lozim bo’lgan to’lov summasi 11,500,000 (o`n bir million besh yuz ming ) so‘mni tashkil etadi va quyidagi
muddatlarda amalga oshiriladi: 
• belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizini talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar uchun 10.04.2023 gacha; 
• belgilangan to‘lov miqdorining qolgan qismini (100%) 05.05.2023 gacha amalga oshirishi lozim.
3.4. To‘lovning to‘liq summasini uch ish kuni ichida to‘lagan talaba yoki buyurtmachiga sirtqi ta’lim uchun 500 000 (besh
yuz ming ) so‘m, kunduzgi ta’lim uchun 1 000 000 (bir million) so‘m miqdorda chegirma beriladi.


3.5. Agar Talaba qoniqarsiz natijalar tufayli bir yoki bir nechta kurslardan topshira olmasa, o‘qish to‘lovi quyidagicha
to‘lanadi:
3.5.1. Agar Talaba bir semestrda 12 dan kam kredit olsa, u o‘qish uchun to‘lovni olgan akademik kreditlar soniga qarab
to‘lashi shart. Bitta kreditning qiymati 300 000 (uch yuz ming) so‘mga teng.
3.5.2. Agar Talaba bir semestrda 12 yoki undan ortiq kredit olgan bo‘lsa, talaba Qabul nizomida ko‘rsatilgan bir semestr
uchun o‘qish to‘lovining yarmini to‘lashi shart.
3.6. To‘lovni amalga oshirayotganda Talaba va/yoki Buyurtmachi to‘lov hujjatlarida talabaning to'liq ismi, sharifini, talaba
o'qiyotgan fakultet nomi, kursi, shuningdek, talabaning pasport seriya va raqamini ko'rsatishi shart.
3.7. O‘zbekiston Respublikasida Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oshirilganda Universitet ta’lim uchun
belgilangan to'lov miqdorini bir tomonlama shunga muvofiq miqdorda oshirishga haqlidir, bu haqda Universitet Talabani 15
kalendar kun oldin xabardor qiladi.
3.8. O‘qish boshlanganda va/yoki Talabani kursga qabul qilish to‘g‘risidagi qaror kuchga kirgandan keyin to‘langan har
qanday summa qaytarilmaydi.
3.9. Talaba o‘qishdan chetlatilgan taqdirda, chetlatilish sabablaridan qat’i nazar, Universitetga ta’lim uchun to'langan pul
mablag'lari Universitet tomonidan qaytarilmaydi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə