Topshirdi: panjiyev b. Qabul qildi: termiz – 2022



Yüklə 265,54 Kb.
səhifə4/10
tarix12.02.2022
ölçüsü265,54 Kb.
#83686
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Baholash mezonlari





Mezonlar

Maksimal bal

To’plagan ball

1.

Mavzuning dolzarbligi

0-1 bal




2.

Ishning ilmiy –uslubiy yangiliklari va ijodiy yondoshish darajasi

0-1 b




3.

Ilmiy-amaliy xulosalar

0-1 bal




4.

Tushuntirish qismining rasmiylashtirilishi (natijalarning ilmiy texnikaviy,ishlab chiqarish iqtisodiy,madaniy sohalarga mosligi va ishning ilmiy, ijodiy tahlil etilishi.)

0-1 ball




5

Talabaning himoya qilish darajasi, pedagogik mahorati. Savollarga aniq va to’liq javob berishi

0-1 bal







Jami

5



*) Ushbu baholash mezonlari kafedra yig’ilishida muhokama qilinib ma’qullangan. Bayonnoma №___ «___»_______________ 2022yil.

O’qituvchi: _____________________________
*)Asos: Universitet o’quv-uslubiy boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilib, uslubiy kengash tomonidan ma’qullangan bitiruv malakaviy ishlarni baholash mezonlari va kurs ishlarini baholash mezonlarini ishlab chiqish haqidagi universitet o’quv-uslubiy boshqarmasi tomonidan berilgan ko’rsatmalar.

MUNDAREJA:
KIRISH………………………………………………………………..1-9

1.SARGUZASHT TURIZMI TASNIFI…………………………………10-17

2. SARGUZASHT TURIZMI TURLARI…………………….18-27

3.MAMALAKATLAR KESIMIDA SARGUZASHT TURUZM MASHRUTI….28-31

XULOSA VA TAKLIFLAR……………………………………………32-34

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………..35-36

KIRISH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash cho-ra-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni sohada uchrayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etib, uni izchil rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Bino-barin, ushbu hujjatda turizmni mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog‘i si-fatida taraqqiy toptirish uchun qulay iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-sharo-itlar yaratish, hududlarning ushbu yo‘nalishdagi salohiyatidan yanada to‘liq va samarali foydalanish, tarmoqni boshqarishni tubdan takomillashtirish, milliy turizm mahsulotlarini yaratish va ularni jahon bozorlarida targ‘ib qilish, O‘zbekiston-ning ijobiy sayyohlik qiyofasini shakllantirish yo‘nalishlari belgilab berilgan.

O‘z navbatida, Farmonda O‘zbekistonda yaqin vaqtda turizm sohasini o‘rta mud-datli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasi, 2017 — 2021 yillarda konsepsi-yani amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish, tu-rizm infratuzilmasini takomillashtirish, soha korxonalariga qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar berish bo‘yicha ham dolzarb tadbirlarni amalga oshirish bel-gilangan. Unga ko‘ra, yaqin istiqbolda xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilgan holda, respublikamizning barcha hududida turizm infratuzilmasining zamonaviy ob’ektlari, eng avvalo, mehmonxonalar, transport-logistika tuzilmalari, muhan-dislik-kommunikatsiya ob’ektlari bunyod etiladi. Bu jarayonda yangi ob’ektlarning xalqaro andozalar, turistlar talab va ehtiyojlariga to‘liq javob berishi inobatga olinadi.

2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni rivojlan-tirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” deb nomlangan uchinchi yo‘nalishida turizm industriyasini jadal ravnaq toptirish bo‘yicha dasturiy vazi-falar belgilab berilgan.Prezidentimizning 2017 yil 12 iyuldagi “Turizm sohasini rivojlantirishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mas’uliyatini yanada oshirish cho-tadbirlari.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi ilmiy maqolalar to‘plamira-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2017 yil 16 avgustdagi “2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlarining qabul qilinishi esa, davlatimiz tomonidan turizm sohasida amalga oshirilayotgan siyosatning mantiqiy davomi bo‘lib, turizm sohasini jadal rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy, ma’muriy va huquqiy muhitni yarat-gan holda, eng samarali tartibni joriy etish, hududlarning iqtisodiy salohiyati va daromadlari bazasini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, yurtimizga kela-digan turistlar oqimini ko‘paytirish, shuningdek, milliy turizm mahsulotlarini jahon bozorida faol va kompleks ilgari surishga qaratilgan.Xususan, qarorlar bilan sohada me’yoriy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekistonga sayohatlarni arzonlashtirish, yurtimizning barcha hududlarida turizmni va soha bilan bog‘liq infratuzilmani rivojlantirish, turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilish va yangi turizm ob’ektlari tashkil etish, shuningdek, milliy turizm mahsulotlari-ni ichki va tashqi bozorlarda faol va kompleks ilgari surishga qaratilgan 2018-2019 yillarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbir-lar dasturi tasdiqlandi.

2018 yil 3 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yara-tish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonning qabul qilinish mamlakatimizning turizm salohiya-tini, birinchi navbatda investitsiyalarni faol jalb qilish, sohaga innovatsion g‘oya va texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, mamlakatning boy tabiiy, madaniy va tarixiy merosining mavjud resurslari va imkoniyatlaridan har tomonlama foyda-lanish hisobiga rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.1

Isroil davlati, Indoneziya Respublikasi, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur Respublikasi, Turkiya Respublikasi va Yaponiya fuqarolari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiruvchixorijiy avia-kompaniyalar havo kemalari ekipajining a’zolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilanishi mazkur farmonda ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Yevropa ittifoqi, Sharqiy Osiyoning bir qator davlatlari va Yaqin Sharq mamlakatlarining, hamda Hindiston Respublikasi, Kanada, Yangi Zelandiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari kabi 39 ta mamlakat fuqarolari uchun O‘zbekiston Respu-blikasi Tashqi ishlar vazirligiga turistik vaucherni yoxud O‘zbekiston Respublika-siga taklif qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxsning murojaatnomasini taqdim etishga oid talab bekor qilinishini hamda hujjatlarni qabul qilish kuni hisobga olinmagan holda ikki ish kuni mobaynida vizani rasmiylashtirishni ko‘zda tutadigan turizm vizalarini rasmiylashtirishning 2018 yil 10 fevraldan e’tiboran soddalashtirilgan tartibi kiritildi. Darhaqiqat, bugungi kunda turizm iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan va serdaromad sohalaridan biridir. BMT Jahon sayyohlik tashkilotining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, sayyohlik xizmatlarini ko‘rsatishdan tushadigan daromad 1,5 trillion AQSh dollarini tashkil etadi va bu ko‘rsatkich tobora ortib bormoqda.2

Dunyo yalpi ichki mahsulotining 10 foizidan ko‘prog‘i, jahon eksportining 7 foizdan ziyodrog‘i, umumiy bandlik ko‘rsatkichining esa 8 foizga yaqini ushbu soha hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu o‘rinda turistik bozorning deyarli yarmini qamrab olgan OsiyoTinch okeani mintaqalari, Yaqin va O‘rta sharq mamlakatlari yetakchilik qilmoqda. Bularning barchasi bugungi kunda turizm mavzusi eng dolzarb mavzulardan biri hisoblanishini, turistik faoliyat hozirgi vaqtda jahonda biznesning eng daromad-li turlaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.3


Yüklə 265,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə