To’qimalar o’limi. Qon aylanishining o’tkir buzilishi. Arterial emboliya. Klinik ko’rinishi, davosi. Arteriyalar o’tkir trombozi. Klinik ko’rinishi, davosi. Quruq va nam gangrena, mahalliy va umumiy davolash usullari


tomir xirurgiyasining maxsus bo'limida



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix08.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#116101
1   2   3
To’qimalar o’limi. Qon aylanishining o’tkir buzilishi. Arterial

tomir xirurgiyasining maxsus bo'limida 
yoki 
umumiy profildagi xirurgiya bo'limida o'tkazish maqsadga muvofiqdir. 
Darhol shokka qarshi tadbirlar ko'riladi, og'riq qoldiruvchi vositalar 
(morfin, promedol, analgin) shuningdek, spazmolitik va tomir 
kengaytiruvchi vositalar (papaverin, noshpa, fenikaberan 4 ml dan 
kuniga uch mahal; andekalin, ksantenol, teonikol, vazolastin, 
komplamin, solkoseril, trental, midokalm, galidor 2-4 ml dan kuniga 1 
yoki 2 marta) yuboriladi. Bevosita ta'sir ko'rsatuvchi antikoagulyantlar 
qo'llaniladi (geparin 5000-10000 
ТВ dan har 4-6 soatda venaga yuborib 
turiladi).


Arteriyalarning o’tkir trombozi 

Arteriyada qon ivib, tiqilib qolishi natijasida qon aylanishining buzilishi 
Davosi

Tromboz boshlangan davrda asosan dori-darmonlar bilan 
konservativ davo qilinadi, bevosita ta'sir qiluvchi antikoagulyantlar 
(geparin), fibrinolizin, tomirlarni kengaytiruvchi spazmolitik vositalar 
qo'llaniladi. Yangi hosil bo'lgan tromb fibrinolizin va geparin ta'sirida 
osongina erib ketadi. O'tkir tromboz yuz berganda reopoliglyukin (400- 
800 ml dan 6-7 kim davomida), trental yuborib, mikrotsirkulyatsiyani 
yaxshilash va qonning reologik sifatini to'g'rilash zarur. 
O'tkir trombozda bemorni darhol tekshirib ko'rib, uni tomirlarda 
qilinadigan rekonstruktiv operatsiyaga tayyorlash tavsiya qilinadi. 
Birmuncha og'ir hollarda va kasallikning o'tkir davrida 
trombintimektomiya, tomirni protezlash yoki aylanma shuntlash amalga 
oshiriladi.



Gangrena

Nekrozning bir turi bo'lib, to'qimalar qon pigmentlari bilan 
ta'minlanishdan mahrum bo'lgan holda yiringlab parchalanadi, natijada 
to'qimalar qoramtir, hatto qop-qora bo'lib qoladi.
Quruq gangrena 
Quruq gangrena ko'proq oyoq-qo'lga tegishli kasallikdir. U 
bemorlarda qon aylanishi buzilishining kuchayib borishi bilan asta-sekin 
rivojlanadi (ayniqsa, 
qo‘l-oyoqqa noqulay fizik va kimyoviy omillar 
qo'shimcha ta'sir ko'rsatganda).


Klinik ko’rinishi 

Dastlabki bosqichda oyoq-qo'lning jarohat yuz bergan joyida bemor kuchli 
ishemik og'riq sezadi. Zararlangan 
qo‘l-oyoq oqaradi, sovuq qotadi, teri asta-
sekin marmar tusga kiradi. Ustki va ichki sezish xususiyati yo'qoladi, 
zararlangan 
qo‘l-oyoq funksiyasi buziladi. 
Periferik arteriyalarda tomir urishi sezilmaydi. Bordiyu, tomir zararlanganda 
kollaterallar spazmi ham yuz bersa, gangrena kattagina joyda avj oladi. 
Sog'lom to'qimalarni jonsizlangan to'qimalardan chegaralovchi demarkatsion 
chegara rivojlanadi. Nekroz bo'lgan to'qimalar ajralib chiqqanda demarkatsion 
chiziqda biriktiruvchi to'qima hujayralari ko'payadi, leykotsitlar yig'iladi va 
granulyatsiya shakllanadi. 
Sog'lom va nekrozlangan to'qimalar o'rtasidagi chegara tobora chuqurlashib 
boradi, bunda jarayon to nobud bo'lgan to'qimalar butunlay ajralib tushguncha 
davom etadi. Yangi et olgan yara o'rni qoladi va u asta-sekin bitib ketadi.


 
Davosi 

Infeksiya tufayli mahalliy asorat qolmasligi va quruq gangrenaning yiringli 
gangrenaga aylanmasligi uchun aseptika qoidalariga qat'iy amal qilish zarur. 
O'lgan to'qimalar (nekrektomiya)ni kesib tashlash yoki zararlangan oyoq 
rosmana demarkatsion to'siq pay do bo'lguncha amputatsiya qilinmaydi. 
Gangrena to'qimalarning bevosita shikastlanishi tufayli yuz bergan bo'lsa, 
amputatsiya hatto demarkatsion chiziq bo'ylab ham o'tkaziladi. Agar 
gangrena qon aylanishi buzilishi oqibatida yuzaga kelgan bo'lsa, amputatsiya 
sezilarli darajada proksimal o'tkaziladi. Nobud bo'lgan va tirik to'qimalarni bir-
biridan farq qilish uchun intraoperatsion bo'yash usulidan foydalanish zarur 
(nekrotik to'qimalar bo'yalmaydi).



Yiringli (nam) gangrena 

Yiringli (nam) gangrena asosan qon aylanishi haddan tashqari tez 
buzilgan taqdirda pastoz bemorlarda rivojlanadi (bu kasallikning kelib 
chiqish sababi 
qo‘l-oyoq tomirlarining shikastlanishi, emboliyasidir). 
Mazkur hollarda jonsizlangan to'qimalar qurishga ulgurmay chirib buzila 
boshlaydi va bemor organizm nekrozdan shimilayotgan zaharli moddalar 
ta'siri ostida intoksikatsiya rivojlanadi. Ko'pincha gangrenaning bu turida 
yiring hosil qiluvchi yoki chirituvchi infeksiyalar qo'shiladi. To'qimalar 
shishuvidan tashqari (yurak nuqsoni, buyrak kasalliklari va boshq.) qand 
kasalligi ham yiringli gangrenaning rivojlanishiga imkon beradi



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə