Toshke n t «MA’ n aviyat» 2009


Zarra maylim yo‘q bu dunyoning hisob-u cho‘tig‘a



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/53
tarix28.11.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#136922
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53
httpwww.ferlibrary.uzfmuqimiy saylanma.pdf

Zarra maylim yo‘q bu dunyoning hisob-u cho‘tig‘a,
Kuymagan bo‘lsa birov mehr-u muhabbat o‘tig‘a,
Sham’dek to subh o‘rtab tabb-u tobim kim desun?
Topmadim vasliga yoi aylab xayol-u o‘ylar,
Paykarim g‘amdin zaif o‘ldi, chunonchi, mo‘ylar,
0 ‘zgalarga xulqi xush, ammo menga badxo‘ylar,
Hamnishindurlar ulug‘larga xushomadgo‘ylar,
Yo‘lida jononimi xayr-u savobim kim desun?
58


Qayda bo‘lg‘ay telba, rasvoda yaqo-yu ostin,
N
e bilur Majnun degan subh ila shom-u choshtin,
N
aylayin, o‘ylab tiriklikiiing kami-yu kostin,
Gar qilich boshimga ham kelsa degayman rostin,
So‘zki haq bo‘lsa savolimga javobim kim desun?
Demakim, forig‘ duosidin Muqimiy, erta-kech,
Midhat-u zikr-u sanosidin Muqimiy, erta-kech,
Ko‘z tutar davlat asosidin Muqimiy, erta-kech,
D o‘stlar, so‘rmang g‘izosidin Muqimiy, erta-kech,
Qon sharob ichsam, jigarlardur kabobim, kim desun?
59


SATIRALAR
TA
N
OBCHILAR
Bo‘ldi taajjub qiziq hangomalar,
Arz etayin emdi yozib nomalar.
Adl qulog‘ila eshit holimi,
Zulm qilur, baski, menga zolimi.
0 ‘n ikki oyda keladur bir tanob,
0 ‘zgalara rohat-u menga azob.
Sulton Ali Xo‘ja, Hakimjon ikav,
Biri xotun, birisi bo‘ldi kuyav.
Ikkalasi bo‘ldi chunon ittifoq,
Go‘yo xayol aylaki, (qilmay nifoq),
Osh yesalar o‘rtada sarson ilik,
Xo‘ja - chirog‘ yog‘i, Hakimjon - pilik.
Bir-birisiga solishurlar o‘run,
Erta-yu kech o‘pushib og‘iz-burun.

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə