Toshkent 2021 mundarij a: Reja Kirish


Sharq mutafakkirlarining Abdulla Avloniyning axloqiy qarashlari



Yüklə 182,33 Kb.
səhifə6/6
tarix25.01.2023
ölçüsü182,33 Kb.
#99263
1   2   3   4   5   6
Toshkent 2021 mundarij a Reja Kirish

3. Sharq mutafakkirlarining Abdulla Avloniyning axloqiy qarashlari.
Abdulla Avloniyning insonning fayonat, nazofat, sa’i va g’ayrat, riyozat, shijoat, qanoat, ilm, sabr xilm, intizom, miqyosi nafs, fijdon, vatanni sevmoq, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zano hizilizon, iqtisod, viqor, xavf va rato, itoat, haqshunoslik, hayrihohlik, munislik, sadoqat, adolat, muhabbat, oliyhimmat, avf kabi ijobiy xususiyatlarning hammasini “yaxshi xulqlar” sarlavhasi ostida beradi. G’azab, shahvat, jaholat, razolat, saxovat, hamoqat, adolat, xasosat, raxvat, anoniyat, adovat, namimat, g’iybat, haqorat, tibonat, hasad, nizb, nifoq, ta’ma-zulm bularning hammasini muallif “yomon xulqlar” sarlavhasi ostida beradi. Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasiga alohida e’tibor beradi va tarbiyaning rolini to’g’ri aniqlaydi. “Agar bir kishi yoshligidan nafsi buzilib, tarbiyasiz bo’lib o’sdimi, allohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmak yerdan turib yulduzlarga qo’l uzutaman abidur”15, - deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy hislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofdagi kishilar katta ahamiyatga ega. Haqiqiy insoniy axloqni o’zida barqaror qilgan yaxshi kishilar yoshlarga yaxshi ta’sir ko’rsatadi va ularning mehr-shafqqatli, sofdil va maqbul bo’lib tarbiyalanishi uchun zamin hozirlaydi.
“Turkiy guliston yoxud axloq” asari barcha pedagog va ruhshunoslar uchun qo’llanma sifatida foydalanuvchi asar bo’lib qoldi. Asarda insonlarni “yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilm” - axloq haqida fikr yuritiladi. Axloq bu xulqlar majmuidir. Xulq esa yezgulik yoxud razillikning muayyan bir insonda namoyon bo’lish shakli. Binobarin, har bir xulq yezgulik va oliyjanoblikning yoki razillik va badbinlikning timsoli. Shu jihatdan ular yaxshi va yomonga bo’linadilar. Lekin bular har bir insonda o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi, shakllanmaydi. Ularning shakllanishi uchun ma’lum bir sharoit, tarbiya kerak deb ta’kidlaydi.
Abdulla Avloniy shaxsning ma’naviy axloqiy rivojlanganlik darajasini aniqlash borasidagi fikr mulohazalari ham diqqatga sazovordir. U “… so’z insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini o’lchab ko’rsatadurg’on tarozisidir. Aql sohiblari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qimmatini so’zlagan so’zidan bilurlar…”16.
Abdulla Avloniy ko’plab ma’naviy-axloqiy sifatlarni o’z asarlarida ta’riflaydi. Jumladan, “haqqoniyat deb ishda to’g’rilik, so’zda rostlikni aytilur. Inson bo’stoni salomatga, gulzori saodatga haqqoniyat yo’li ila chiqar. Insoniyatning ildizi o’lan rahmdillik, haqshunoslik, odillik kabi eng yaxshi sifatlarning akasi haqqoniyatdur…”.
“Hayo deb ishda, so’zda odobni rioya qilmakka aytilur. Hayo dilni ravshan qiladurgan bir nurdirki, inson har vaqt shul ma’naviy nurning ziyosiga muhtojdir. Shariat buyurmagan, odamlar suymagan ishlarni ishlamoq g’iybat, hajv, masxara, safsata, so’puv kabi odamlarning nafsiga, iffatiga tegadurgan odobsiz so’zlarni so’zlamak zo’r odobsizlikdir. Iffatning pardasi, vijdonning niqobili, hayodir”.
“Hayrihohlik deb nima ila bo’lsa bo’lsin bir-birimizga foyda yetkurmakni aytilur. Hayrihohlik bir-birimizga qarshi intiladurgan bir vazifayi insoniyatdurki, kishi o’z nafsiga loyiq ko’rmagan bir ishni boshqa bir musulmon qarindoshiga munosib ko’rmasdan yegri yo’llardan, yomon ishlardan kuch etganicha qaytarmoq va yordam qilmoq lozimdur. Janobi haq insonlarni birini digarining yordamiga muhtoj qilub yaratmishdir…”17.
Uning pedagogik qarashlari bugungi kunda o`zbek milliy maktabini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Avloniy ijodiy merosini chuqur o`rganishga qiziqish ortib bormoqda.
U insonga xos xulqni ikkiga – yaxshi va yomonga ajrata-di. “Yaxshi xulqlar” deb nomlangan birinchi qismida u 31 fa-zilat, “Yomon xulqlar” deb atalgan ikkinchi qismda esa 20 il-latga ta`rif beradi. O`z mulohazalarini dalillash uchun Qur-`on oyatlari va hadislardan, shuningdek, Arastu, Suqrot, Ibn Sino, Sa`diy, Mirzo Bedil singari mashhur mutafak-kirlarning fikrlarini keltiradi. Har bir axloqiy katego-riyaga o`z munosabatini bildirgach, o`sha fikrning mazmunini ifodalovchi bayt yo biror maqol-hikmat ilova qiladi.
Avloniy “axloq ulamosi”ning qarashlari asosida insonlarning xulqlarini yaxshi va yomon xulqlarga ajratadi, bunga ularning nafs tarbiyasini asos qilib oladi. U yaxshi xulqlarga fatonat, nazofat, shijoat, intizom, vijdon, vatanni suymak kabi fazilatlarni kiritsa, g`azab, shahvat, jaholat, safohat kabi illatlarni yomon xulqning belgilari deb biladi.
Avloniyning ma`rifatparvarlik va milliy uyg`onish g`oyalarini kuylagan dastlabki she`rlari o`zbek milliy uyg`onish davri adabiyotining hamisha bebaho mulki bo`lib qoladi. U bu turkumga mansub she`rlarida o`zbek mumtoz adabiyotidagi she`riy shakllarni katta ijtimoiy mazmun, ma`rifatparvar-lik g`oyalari, hajviy ruh va xalqona ohanglar bilan boyitdi.
Abdulla Avloniy bolalar uchun ham bir qancha she`r va masallar yozgan. SHoir bu asarlarida maktab yoshidagi bolalarning fikr doirasini kengaytirish, ularda maktab va kitobga, mehnatga, tabiatga, Vatanga muhabbat uyg`otishni maqsad qilib qo`ygan. Uning ko`pgina she`rlari zamirida Vatanni sevish g`oyasi yotadi. SHoir bu she`rlarida Vatanni sodda va samimiy misralarda tasvirlaganki, faqat o`sha 10-yillarning o`rtalaridagina emas, balki bugungi maktab yoshidagi bolalar ham ulardan katta estetik zavq olishlari mumkin. Darhaqiqat, shoir Vatan ta`rifini boshlab, “Tog`laridan konlar chiqar, Erlaridan donlar chiqar… Havosi o`ta yoqumlik, CHo`llari bor toshlik, qumlik, Toshkand emas, toshqand erur, Kesaklari gulqand erur”, deya bolalarda ona diyorga katta mehr uyg`otishga erishadи.
Ma`rifatchilik va ijtimoiy mavzu Avloniy she`riya-tida markaziy o`rin egallaydi. SHoir ilm-fanning fazilat-larini zavq bilan kuylaydi. “Maktab”, “maorif”, “ilm”, “fan” kabi tushunchalar shoir she`rlarida ezgulikning betim-sol ramzi, obrazi darajasiga ko`tariladi, “jaholat” va “nodon-lik” esa zulmat va yovuzlik timsoli sifatida talqin qilinadi.
Abdulla Avloniyning “Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom” asari ham mavjud. Ushbu asar boshlang`iч maktablarning o`quvchilariga mo`ljallangan. Bu asar birinchi marta 1910 yilda Munavvarqori tomonidan Toshkentda Il’in bosmaxonasida bosilgan. Mustaqillik yillarida esa Zokirxon Afzalov SHokirxon o`g`li tomonidan 1994 yilda “Fan” nashriyotida chop etilgan. Risolada Odam alayhissa-lomdan Muhammad alayhissalomgacha o`tgan payg`ambarlarning qissalari va zuhuri islom zikr etilgan.
Islom tarixi fanida payg`ambarlar tarixi, payg`am-barimiz Muhammad alayhissalomning hayotlari va Islom dini tarixi, shuningdek, ilk xalifalik davri tarixi uch bosqichda o`rganiladi. Nasiruddin Rabg`uziyning “Qissayi Rabg`uziy”, Alisher Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo” asarlari payg`ambarlar tarixiga oid bo`lsa, Alixonto`ra Sog`uniyning “Tarixi Muhammadiy”si ikkinchi va Rizoud-din ibn Faxrud-dinning “Xulafoi roshidin” asari uchinchi davrni o`z ichiga oladi. Abdulla Avloniy asari mana shu uch davrni mujassam-lashtirgan. Adibning asosiy ko`zlagan maqsadi millat kelajagi bo`lgan bolalarni boshlang`ich sinf-danoq qisqacha bo`lsa-da Islom tarixi bilan tanishtirish, diniy ma`rifatlarni oshirish, ularning qalblariga iymon nurini singdirish bo`lgan. Abdulla Avloniyning bu asari tahsinga sazovordir.
U o`zbek xalqi madaniyati, ma`rifati bilan bir qator-da qo`shni afg`on xalqi ijtimoiy-siyosiy hayotidа ham 1919-1920 yillarda muhim rol’ o`ynagan. SHo`ro hukumatining Af-g`onistondagi siyosiy vakili va konsuli vazifasini bajargan.
Abdulla Avloniy asarlar yozish bilan bir qatorda maktablar ochish, xalqni savodxon qilishi, o`zbeк xotin-qizlarini o`qitish, o`qituvchilar va ziyoli kadrlar tayyorlash bilan shug`ullanadi. U 1923-24 yillarda eski shahardagi xotin-qizlar va erlar maorif bilim yurtlari mudiri, 1924-29 yillarda Toshkent harbiy maktabida o`qituvchi, 1925-34 yillarda O`rta Osiyo Kommunistik universiteti, O`rta Osiyo Qishloќ xo`jaligi maktabida, O`rta Osiyo Davlat universi-tetida dars beradi. Pedagogika fakul’tetining til va adabiyot kafedrasi professori va mudiri bo`lib ishladi.
U 1933 yilda o`zbek maktablarining 7-sinfi uchun “Adabiyot xristomatiyasi” tuzib, nashr ettirdi. Abdulla Avloniy “Hijron”, “Nabil”, “Indamas”, “SHuhrat”, “Tang-riquli”, “Surayyo”, “SHapaloq”, “CHol”, “Ab”, “CHig`aboy”, “Abdulhaq” taxalluslari bilan tanqidiy va ilmiy maqola, 4000 misradan ortiq she`r ijod qilgan.
Avloniy 1927 yilda “Mehnat qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi. 1930 yilda unga “O`zbekiston xalq maorifi zarbdori” faxriy unvoni berildi.
Hozirda mustaqil O`zbekistonimizda Abdulla Avlo-niy nomida bir qator maktablar bor. O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bolalar adabiyoti bo`yicha uning nomida mukofot ta`sis etgan. Toshkent ko`chalaridan biri, Respublika o`qituv-chilar malakasini oshirish markazi va mahallalardan biri uning nomida. Respublika o`qituvchilar malakasini oshirish markazida Abdulla Avloniy muzeyi tashkil qilingan.

Xulosa
Yoshlarni ma’naviy tarbiyalash — o’ta nozik va mas’uliyatli ish. Yoshlarni ma’naviy tarbiyalashda ularning yoshi, xohishi, intellektual, ruhiy tayyorgarligini hisobga olish kerak. Yoshlar ma’naviy-axloqiy sifatlarining ifodasi bo’lgan ruh (aql) nodir hodisa bo’lib, tez o’sishga moyildir. Yoshlarni ma’naviy — ma’rifiy ruhda tarbiyalashda yoshlardagi taqlid, ta’sirlanish, tormozlanishdan kuchliligini, kuchli ruhiy ta’sirlanish bosh miya yarim sharlaridan ayri, «maslahatlashmay» sodir bo’lishini va bunday hollarda ular o’zlari bilmagan holda zid hatti-harakatlar sodir etishi, jiddiy xatolarga ham yo’l qo’yishini inobatga olish zarur. Shuningdek, yoshlar ta’sirga beriluvchan, ongiga o’z atrof-tevaragidagi voqealarni tez singdiruvchan bo’ladi. Bu voqealar yoshlarning his-tuyg’usidan mustahkam o’rin olib, ichki olamiga ruhiyatiga ta’sir ko’rsatadi. Bu esa yoshlarni maksimal fikrlaydigan, turli xil emotsiya va ambitsiyalarga tez uchadigan demografik qatlam ekanini ko’rsatadi. Shuning uchun barkamol avlodni shakllantirishda pok, sog’lom bo’lgan ijtimoiy muhitni, sog’lom ruhdan oziqlanib to’g’ri yo’nalish olishni ta’minlash talab etiladi. Buning uchun yoshlarni ma’naviy tarbiyalashda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak bo’ladi. Avvalo, ustoz yoki ota-ona tomonidan rag’batlantirib, boshqarib turilishi orqali yoshlarda etishmaydigan shaxsiy muloqot, jamoada yashash tajribasi, qiyoslab tahlil qilish malakasini oshirishga e’tibor qaratishga to’g’ri keladi. Yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy ruhda tarbiyalashda ustoz, sinf rahbari va ota-onalar orasida hamkorlikni yo’lga qo’yish samarali usul hisoblanadi. «Takror aytishga to’g’ri keladi — ota-onalar, ustoz-murabbiylar bu masalada hushyorlikni yo’qotmasligimiz, yoshlar tarbiyasida aslo beparvo bo’lmasligimiz zarur» (I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat — engilmas kuch. -T.: «Ma’naviyat», 2008. 15-b.). Ana shunda yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy qarashlari ularning xulq-atvorida namoyon bo’ladi.


Ikkinchidan, Respublika Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent Davlat Qori Niyoziy nomidagi O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi o’zaro hamkorlikda ishlab chiqqan «O’quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi» («O’quvchilar tarbiyasida oila, mahalla, maktab hamkorligi» Kontseptsiyasi. T.: O’qituvchi, 1998. 16-b.) Kontseptsiyasini hayotga keng tadbiq etish ham yoshlarni barkamol avlod qilib etishtirish usuli bo’la oladi. Bu borada shuni ta’kidlash kerakki, mahalla har bir oiladagi ma’naviy-axloqiy muhit, farzandlar tarbiyasiga sezilarli ta’sir o’tkazib kelgan. «Mahallaning ta’lim-tarbiya maktabi hayot dorilfununi sifatida ahamiyati shu qadar kattaki, uning bu boradagi o’rni va rolini aniq va mukammal bayon etish, mohiyatini to’la yoritish hech ham mumkin emas» (Z.Islomov. Davlat va huquq: umumnazariy masalalari.-T.: Adolat, 2000. 39-b.).
Uchinchidan, o’quvchilarni ma’naviy-ma’rifiy ruhda tarbiyalash uchun eng muhim va birlamchi manba sifatida Prezidentimiz I.A. Karimovning asarlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarga ma’naviyatning ma’no-mazmunini, uning inson va jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyatini tushintirishga, ruhiy-ma’naviy oziq berish, dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qiladi.
To’rtinchidan, yoshlarga ma’naviyatning murakkab va serqirra tushunchalarini nazariy va amaliy tomonlarini o’rgatishda tushunchalarning ma’nosini puxta va qisqa yozib borish va turli kontekstlarda bir necha marta qo’llash kerak. Bunda har qanday yangi notanish so’z o’quvchining ishchi so’ziga aylanib qoladi.
Beshinchidan, 1999 yil 3 sentyabrda Prezidentimiz Farmoni bilan tashkil qilingan Respublika ma’naviyat va ma’rifat Kengashi va uning joylardagi bo’limlarining bir qator ijobiy natijalaridan foydalanish zarur. Bugungi kunda maktablar «ma’naviyat targ’ibot markazi» va uning bo’limlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishi kerak. Ular o’tkazayotgan tadbirlar, uchrashuvlar, konferentsiyalar, seminarlarda faol, tashabbuskor o’quvchilarning ishtiroki va chiqishlarini uyushtirish kabi yangi yo’nalishlarni tashkil qilish zarur.
Oltinchidan, maktablarda viloyat, shahar va tumanlar hokimlarining ijtimoiy ishlar hamda xotin-qizlar ishlari bo’yicha muovinlari, ijtimoiy kompleksga aloqador barcha idoralar rahbarlari vakillari, korxona va tashkilotlar rahbarlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rin- bosarlari bilan uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etishni takomillashtirib borish kerak.
Ettinchidan, maktablar faol, tashabbuskor o’quvchilarni to’plab, ular bilan «Yuksak ma’naviyat — engilmas kuch» mavzusida ma’naviy to’garaklar tashkil qilish va o’quvchilarni bosqichma-bosqich ma’naviyat olamiga olib kirib chiniqtirish usulidan foydalanishlari kerak.
Sakkizinchidan, maktabda loqayd, befarq, g’o’r o’quvchilarni tanqid qilishga, qaror qilishga qaratilgan «Ma’naviy tubanlik», «Ma’naviy qashshoqlik» mavzusidagi stend, devoriy gazetalar tashkil etilishi o’quvchilarni ma’naviy-ma’rifiy ruhda tarbiyalashning samarali usuli bo’la olishi bilan birga, maktabning tarbiya maskani sifatidagi ahamiyatini, rolini yanada oshirishini inobatga olish lozim.
To’qqizinchidan, ma’naviy-ma’rifiy mavzudagi kitoblar, bukletlar, stendlar, gazeta va jurnallardan namunalar tashkil etish o’quvchilarni ma’naviy-ma’rifiy ruhda tarbiyalashning o’ziga xos usuli bo’la oladi.
O’ninchidan, maktablarda barcha madaniy-ma’rifiy muassasalar singari turli anjumanlar, davra suhbatlari, bahs-munozaralar, uchrashuvlar uyushtirish, ma’naviy tarbiyaning mazmun-mohiyatini o’quvchilarga tushunarli tarzda izohlab beradigan qo’llanma va tavsiyalar tayyorlash, ayniqsa, muhim. Xulosa qilib aytganda, yoshlarni yuqorida ko’rsatilgan usullar yordamida ma’naviy-ma’rifiy ruhda tarbiyalash barkamol avlodni shakllantirishdagi muammolarni bartaraf etishi mumkin.

O’quv muassasa, mikromuhitidagi odatlanmagan vaziyat, shaxslararo munosabatlar va muomala ko’lamining kengayishi o’ziga xos topologik aqliy, axloqiy, irodaviy, hissiy xususiyatlarini oqilona baholash, qo’yilayotgan talablarga javob berish tariqasida yondashish, o’z-o’zini anglashini jadallashtiradi. o’spirin o’quvchilarining o’z-o’zini anglashga aloqador o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Ular dastavval o’zlarining kuchli va zaif jixatlarini, yutuq va kamchiliklarini aniqrok baholash imkoniyatiga ega bo’ladilar.



O’spirin o’quvchining o’smirlik davridagi boladan o’zgacharoq yana bir xususiyati - bu, murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch, vijdon hissini anglash, o’z qadr-qimmatani e’zozlashi, sezish va fahmlashga ko’proq moyilligidir. O’spirin o’quvchida o’zini anglashi negizida o’zini tarbiyalash istagi tug’iladi. Natijada unda o’z-o’zini tarbiyalash vositalarini saralash, ularni kundalik turmushga tadbiq qilib ko’rish ehtiyoji vujudga keladi. Lekin, o’z-o’zini tarbiyalash jarayoni o’spirin ruhiyatidagi mavjud nuqsonlarga barham berish. ijobiy xislatlarni shakllantirish bilan kifoyalanib qolmasdan, balki voyaga yetgan kishilarga xos ko’pqirrali umumlashgan idealga mos ravishda tarkib toptirishga yo’naltirilgan bo’ladi. O’quvchilar o’zida shaxsning eng qimmatli fazilatlarini, o’quv va mehnat malakalarini ongli, rejali, tartibli, izchil va muntazam ravishda egallab borishga, shaxsning yana bir fazilatlari va xislatlarini hosil qilishga harakat qiladilar; o’z-o’zini tarbiyalash muammolarini, yaxlit ma’naviy-ruxiy qiyofalash shakllantirishga intiladilar. O’spirin o’quvchilarning o’z-o’zini tarbiyalash jarayoni. O’quv muassasa, jamoat tashkilotlari, pedagoglar jamoasining ta’siri doirasida bo’lmog’i shart. Toki o’z-o’zini tarbiyalashning, takomillashtirishi jamoada munosib o’rin egallashga, ijtimoiy burchni anglash, foydali mehnatga jalb etish ishiga xizmat qilsin. O’z-o’zini tarbiyalash to’g’ri, izga solib yuborish uchun uyg’un birlikni tashkil etgan tarbiyaviy chora-tadbirlar majmuasi tarzida ta’sir jamoa majburiyati, o’zaro yordam va nazorat qilish, o’zaro va tanqid qilish kabilar maqsadga muvofiqdir.
Yüklə 182,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə