Toshkent arxitektura-qurilish instituti


-Rasm. Garderob-dush blokining umumiy ko‘rinishi



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

1.22-Rasm. Garderob-dush blokining umumiy ko‘rinishi

1-umumiy garderob ; 2-ko‘cha va uy kiyimi garderobi; 3-mahsus kiyim 
garderobi; 4-dush oldi joyi; 5-dush; 6-umivalnik; 7-sanuzel; 8-jihoz saqlash joyi; 9-
iflos ish kiyimi xonasi;10-toza ish kiyimi xonasi; 11-yordamchi va texnik xona. 


46 
1 – guruh o‘z navbatida 3 ta guruhchaga (1a, 1b, 1v ) bo‘linib, ishlab chiqarish 
jarayonining me’yor sharoitida borishi va zararli gazlarning bo‘lmasligi bilan 
tavsiflanadi; 
2 – guruh o‘z navbatida, 5 ta guruhchaga (2a, 2b, 2v, 2g, 2d) bo‘linadi va ishlab 
chiqarish jarayonlarining noqulay meteorologik sharoitda (yoki chang ajralishi bilan) 
borishi, og‘ir fizik mehnat bilan tavsiflanadi; 
3 – guruh 4 ta guruhchaga (3a, 3b, 3v, 3g ) bo‘linadi va ishlab chiqarish 
jarayonlari zararli moddalar ajralishi hamda ichki kiyimlarning ifloslanishi bilan 
tavsiflanadi; 
4 – guruh 3 ta guruhchaga ( 4a, 4b, 4v ) bo‘linadi va ishlab chiqarish jarayonlari 
mahsulot sifatini ta’minlash uchun maxsus tartiblar talab etadi. 
Sanoat korxonalarining umumiy foydali maydonini 20-30% ni yordamchi 
binolarning umumiy foydali maydoni tashkil etadi. Har bir ishchi va xizmatchiga 
o‘rta hisobda 4metr kvadrat xizmat ko‘rsatish maydoni to‘g‘ri kelishi kerak. 
Hisoblangan yordamchi maydonning 65%i sanitar-maishiy xizmatga, 25% i umumiy 
ovqatlanishga, 2%i tibbiy xizmatga va 8%i madaniy xizmat ko‘rsatishga ajratiladi. 
Ma’muriy-maishiy binolar 2-sinf talablari bo‘yicha loyihalanib, xizmat ko‘rsatish 
muddati 50-100 yilni tashkil etishi kerak. Ma’muriy-maishiy binolar barcha 
qulayliklarga ega bo‘lishlari, ularda barcha sanitar-gigienik tartiblar tashkil qilinishi 
talab etiladi. 
Ma’muriy-maishiy bino sanoat binosidan tashqarida, alohida joylashgan bo‘lsa, 
ular orasidagi masofa 12 m dan kam bo‘lmasligi kerak. O‘tish yo‘li yer ostidan, yer 
tekisligidan (yer ustidan)yoki yerdan ma’lum bir yuqorilikdan(yerdan o‘tish 
yo‘ligacha kamida 4,2 m)o‘tkazilishi mumkin. Ma’muriy-maishiy bino karkassiz 
bo‘lsa, yarim karkasli bo‘lsa(quyma yoki g‘ishtli devor bo‘lsa)qavat balandligi 2,8m; 
3m qilinadi. 
Kiriladigan xona polining sathi kiraverish oldidagi yo‘lakcha(tratuar) sathiga 
nisbatan kamida 0,15 m balandlikda bo‘lishi zarur.


47 
Binolarda kirish xonalarining(vestibyullarining)maydonlari eng ko‘p kishilik 
smenada ishlovchi xodimlarning soniga mo‘ljallanib har kishiga 0,2 metr kvadratdan, 
lekin 9 metr kvadratdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi. 
Ma’muriy-maishiy xonaga kirish joyida tambur o‘rnatiladi, uning chuqurligi 
kamida 1,2 m qilinadi. Agar tashqaridagi harorat -30 gradusdan past tushadigan 
bo‘lsa, tambur ikkita qilib loyihalanadi. 
Ma’muriy-maishiy bino bir necha qavatli bo‘lsa, har bir qavatda unitaz 
o‘rnatilishi va har 4 ta unitaz uchun 1 ta umivalnik o‘rnatilishi shart. Erkaklar 
hojatxonasida unitazlar soniga teng qilib pissuarlar loyihalanadi.Ko‘p qavatli 
binolarda hojatxonalar, yuvinish xonalari, dushxonalar odatda, pastdagi shunday 
xonalarning ustlarida joylashtiriladi. Ularni texnik xonalar,suv isitgich, nasos xonalari 
ustida ham joylashtirishga ruhsat etiladi.Tibbiy xona bemorlarni chiqarish va ularga 
qulaylik qilish maqsadida 1-qavatda joylashtiriladi. Oshxona ham 1-qavatda 
joylashtiriladi va unga kirish alohida eshikdan amalga oshiriladi. Oshxona 2-qavatda 
bo‘lsa, albatta yuk ko‘tarish lifti o‘rnatilishi kerak.Korxonada ishlaydigan ishchi-
xizmatchilarning soni 200 va undan ortiq bo‘lsa oshxona, 200 ga yetmasa bufet 
loyihalanadi.Agar ishchilar soni 30 tadan kam bo‘lsa, bufet o‘rniga oziq-ovqat qabul 
qilinadigan xona loyihalanadi, 1 kishiga 1 metr kvadrat olinadi. Lekin xona yuzasi 12 
metr kvadratdan kam bo‘lmasligi kerak.Oshxonaning oldida yoki unga yaqin joyda 
hojatxona va umivalnik o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.Ish joylaridan maydondagi jamoat 
ovqatlanish joylarigacha bo‘lgan masofa 300 m dan oshmasligi kerak. 
Xonaning har nuqtasidan eng yaqindagi evakuatsiya eshigigacha bo‘lgan masofa 
binoning o‘tga chidamlik darajasiga qarab belgilanadi va u 1-2 darajadagilarda 25 m 
dan,3-3a darajadagilarda 15 m dan, 4-darajadagilarda 12 m dan, 3b-4a-
darajadagilarda 10 m dan oshmasligi lozim. 
Yulak bo‘ylab zina kataklari yoki tashqariga chiqish joylari (eshiklar) 
oraliqlaridagi joylashgan eng uzoqdagi xona eshigidan zina katagigacha yoki 
tashqariga chiqish eshigigacha bo‘lgan masofa 1-jadvalda keltirilganidan oshmasligi 
kerak 


48 
1-jadval 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə