Toshkent arxitektura-qurilish instituti


 Sanoat binolarining arxitekturaviy (me’moriy ) yechimi va qurilish sifatini



Yüklə 11,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/61
tarix11.12.2023
ölçüsü11,01 Mb.
#144057
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi Ўқув қулланма2

1.11. Sanoat binolarining arxitekturaviy (me’moriy ) yechimi va qurilish sifatini 
oshirishdagi asosiy talablar 
Inson to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, uning ishlashi va faoliyat ko‘rsatishi uchun 
sog‘lom ish sharoitini yaratish hozirgi zamonaviy bino va inshootlar arxitekturaviy 
yechimining asosiy maqsadidir. Bu esa hozirgi kunda sanoat binolarining zamonaviy 
arxitekturaviy yechimlarini ishlab chiqarishni talab qiladi. Har qanday sanoat 
binosining tashqi ko‘rinishi unda sodir bo‘layotgan texnologik jarayonlarga bog‘liq. 
Texnologik jarayonlarning turiga qarab sanoat binosining yuk ko‘taruvchi, yopuvchi, 
himoya qiluvchi konstruksiyalari, tomlarning profillari, yorituvchi, shamollatuvchi, 
moslamalar va boshqa qurilish elementlari tanlanadi. Lekin sanoat binolarining tashqi 
ko‘rinishlariga eng ko‘p tasirni maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan injenerli 
inshootlari ko‘rsatadi. Chunki ularning ko‘pchilik texnologik jihozlarining bazilarida 
texnologik jixozlarda xizmat ko‘rsatadigan qurilmalar, komunikatsiyalar ularning 
ustidagi ayvonlar tashqariga chiqariladi. Har xil yirik, og‘ir, aloxida sharoitlarni talab 
qiladigan, maxsus sanoat bino va inshootlarini imkon darajasida shaharning chetida 
joylashtirish kerak, ularni bir joyga to‘plash va mikrorayon bunyod qilish kerak. 
Shahardagi rayon, qvartal va ko‘chalarga o‘xshatib loyihalash va maqsadga muvofiq. 
Ayrim murakkab shart-sharoit talab qilmaydigan ishlab chiqarish binolarini, 
jumladan radio elektronika sanoati, asbobsozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat va 
boshqalarni shaxarda qurish kerak va ularni binolarini, jumladan ilmiy tekshirish 
institutlari binolariga o‘xshatib loyixalash mumkin. Sanoat binolarini shahar qurilishi 
elementlariga mos holda loyihalash kerak. Sanoat binosining badiiy yechimi eng 
avvalo u yerdagi texnologik belgilar bilan aniqlanadi. Bu belgilar binoning xajmiy 
rejaviy va konstruktiv rejimlarida o‘z aksini topadi. Shuningdek binolar badiiy 
yechimlarida davr mazmuni ham aks ettirilishi maqsadga muvofiq. Sanoat 
binolarining hajm rejaviy va konstruktiv yechimlari ko‘taruvchi va to‘suvchi 
konstruksiyalarining 
yirik 
shakldagi 
elementlari 
bilan 
tavsiflanadi 
va 
kompozitsiyasida o‘z aksini topadi. Sanoat inshootlari ko‘pchilik hollarda uzun 
bo‘lganligi uchun bir xil shakldagi elementlarni ko‘p marta takrorlashni taqazo qiladi. 


55 
Bunday kompozitsiyalarda ritmik, metrik qatorlar (uzel) usulidan foydalaniladi. 
Fasadni ritmik bo‘lishi devorning derazali va derazasiz qismlarini yoki tom 
elementlarini takrorlash orqali amalga oshiriladi. Zamonaviy bir qavatli sanoat 
binolari uchun fasadlarini yotiq (gorizontal) bo‘lishi yaxshi kompozitsiyaga 
erishishga imkoniyat beradi. Bazi binolarda fasadlarini yaxlit shishalash ishlari 
bajariladi, lekin bu yechimlar har taraflama asoslangan bo‘lishi talab etiladi. 
Inshootning memoriy ifodasini oshirish uchun fasadda rangining keskin o‘zgarishiga 
(kontrast) harakat qilinadi. Sanoat inshoatlarining me’moriy fasadi, shuningdek 
kichik me’moriy shakl berish, suniy monumental vositalarini qollash yo‘llari bilan 
amalga oshiriladi. Inshootlarning me’moriy-badiiy ifodasini shakllantirishda, yani 
qurilish materiallarini qo‘llash ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Sanoat 
binolarining tashqi qiyofasiga e’tibor berish bilan bir qatorda ularning ichki 
ko‘rinishiga (inter’eriga) ham diqqat qilinishi kerak bo‘ladi. Binolar ichida barcha 
shart-sharoitlarni yaratish, inter’erini zamonaviy usulda pardozlash katta ahamiyatga 
ega. Bunday xonalarda ishlovchilarning ruhiyati ko‘tariladi, sog‘lig‘i yo‘qolmaydi, 
kam charchaydi va ularning ishlab chiqargan maxsuloti sifatli bo‘ladi. Keyingi 
vaqtlarda ichkarida har xil devorlar va pardevorlar o‘rnatishdan chekinish xolatlari 
kuzatilmoqda. Bu holatlar esa ichki fazoviy birlikni yaratish imkoniyatini bermoqda. 
Bunda standart chiqariladigan devor panellar 1.2x6; 1.8x6; 1.2x12; 1.8x12m 
ishlatiladi. Panellarning eni bilan bo‘yini bir-biriga nisbati proporsional bo‘ladi 1:3; 
1:5; 1:7; 1:10;
Voljskiy GES bino va inshootlarida ishlangan monumentlar (haykaltaroshlik 
ishlari) inson tomonidan tabiatni bo‘ysundirilishi elektrlashtirish ishlarining inson 
hayotidagi roli g‘oyalari singdirilgan. 
1925-1935-yillarida mamlakatlarimizda me’moriy-badiy bezatishlariga ularda 
har xil rivojlanish kelajakka intilish, zamonaviylik g‘oyalarini singdirishga katta 
e’tibor berildi. Misol uchun o‘sha davrning eng yaxshi bunyodkorlik ishlari sifatida 
Dneprogesni, Moskvada qurilgan Lixachyov Avtomobil zavodini keltirish mumkin. 
1945-1955-yillarda urush asoratlaridan tez qutilish maqsadida qurilayotgan 
sanoat bino va inshootlarining me’moriy-badiiy ko‘rinishlariga e’tibor berilmadi. 


56 
Bunga misol qilib Volga-Don kanalini ba’zi bir inshootlarini keltirish mumkin. Bu 
inshootlarni ko‘plari keyinchalik qayta qurildi, ko‘plari rekonstuksiya qilinib tashqi 
qiyofalari o‘zgartirildi. 

Yüklə 11,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə