64
1.27-Rasm. Devorining tashqi sirtidan koordinatsiya o‘qigacha bo‘lgan
masofa
Bosh plan chizmasini listda ajratilgan hududning
uzun tomonini listning uzun
tomoniga parallel qilib joylashtiriladi. Tasvirning yuqori tomoni uchastka xududining
shimol tomoniga mos kelishi kerak. Bunday orientatsiyadan 90
o
oraliqda chapga va
o‘ngga og‘ishga ruxsat beriladi. Bosh plan chizmasining yuqoridan o‘ng
yoki chap
tomonida orientasiyaning yo‘nalishini ko‘rsatuvchi strelka chiziladi. Bosh planni
loyihalashda mazkur xudud uchun aniqlangan
shamolning tezligi va uning
gorizontning tomonlari bo‘yicha qaytalanishi ham muhim ahamiyatga ega.
Shuning uchun, ko‘pincha, shamolning bosh yo‘nalishini ko‘rsatuvchi grafik
chiziladi (1.28-chizma).
Bu grafik quyidagi tartibda chiziladi:
Shamol to‘g‘risida mazkur xudud uchun ma’lumotlar (gorizont tomonlari
bo‘yicha shamolning o‘rtacha tezligi va qaytalanishi) aniqlanadi;