Toshkent axborot texnologiy



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə3/8
tarix30.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#166575
1   2   3   4   5   6   7   8
1 топширик

Variant 3 savol 3


Savol: Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida xalqaro xamkorlik qilish.


1-savolga javob (bu yerda birinchi savolingizni javobini yozasiz)
Bizga ma’lumki, FV(Favqulodda Vaziyatlar) ta’sir qilish hajmiga ko’ra bir necha turlarga bo’linadi. Hamda ular ichida eng xavflisi va kattasi bu - Global Favqulodda Vaziyatlardir (GFV) . Ya’ni , bu turdagi FV larda ma’lum bir mamlakat hududida emas , balki bir nechta mamlakatlar hududida ro’y berishi mumkin. Ba’zi FV lar mintaqalararo yoki global turda bo’lishi mumkin. Shuning uchun, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish maqsadida har bir mamlakat o’z qo’shni davlatlari bilan o’zaro hamkorlikda turli hamkorliklar va FV larning oldini oluvchi bitimlarga ega bo’lishi lozimdir.
Jumladan bizning mamlakatimiz ham bir qancha xalqaro xamkorlik shartnomalariga egadir. Fuqaro Mudofaasi Xalqaro Tashkilotiga (FMXT) Fransiyaning tibbiyot xizmati generali Jorj Sen-Pol tomonidan asos solingan bo‘lib, 1931-yilda “Jeneva hududi” xalqaro assotsiatsiyasiga, 1958-yilda Fuqaro Mudofaasi Xalqaro Tashkilotiga aylantirilgan. FMXTning asosiy vazifalari – fuqaro mudofaasi milliy tashkilotlari bilan aloqalar o‘rnatish, aholini muhofaza qilish sohasida tadqiqotlar o‘tkazishga ko‘maklashish, favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ular sodir bo‘lganda aholini harakat qilishga tayyorlash bo‘yicha tajriba almashinuvini amalga oshirishdan iborat.
FMXTning Shtab-kvartirasi Shvetsariyaning Jeneva shahrida joylashgan bo‘lib, unga 53 ta davlatlar a’zolik qiladilar. Xususan, MDH davlatlaridan Ozarbayjon (03.11.1993y.), Armaniston (01.04.1994y.), Moldova (11.01.1997y.), Rossiya Federatsiyasi (06.05.1993y.), Qozog‘iston Respublikasi (15.03.1996y.) va Qirg‘iziston Respublikasi (09.01.2012y.). mazkur xalqaro tashkilotga a’zo bo‘lishgan.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fuqaro Mudofaasi Xalqaro Tashkiloti o‘rtasida 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan aholi va hududlarni tabbiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlik rejasi imzolandi.



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə