Toshkent axborot texnologiy



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə4/8
tarix30.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#166575
1   2   3   4   5   6   7   8
1 топширик

Variant ___3___ savol №___33____


Savol: 33. Gazsimon moddalarning yonishi va portlash xususiyatlari.
2-savolga javob (bu yerda ikkinchi savolingizni javobini yozasiz)
Yonuvchi gazsimon moddalarning yonish va portlash xavfi ularning alangalanish chegaralari, chaqnab yoki alangalanib yonish harorati va alanganing tarqalish tezligi bilan belgilanadi.
Yonuvchi gazning havodagi kislorod bilan aralashmasi yonish uchun etarli darajada yig‘ilib qolgan muhitda haroratning ko‘tarilishi, uning o‘z-o‘zidan alangalanib ketishiga sabab bo‘ladi. Aralashmaning yonishiga sabab bo‘lgan dastlabki haroratni, uning alangalanish harorati deb ataladi.
Gazning havo bilan aralashib yonishi har qanday aralashma holatida ham amalga oshavermaydi, balki ma’lum chegaraviy miqdordagi aralashma hosil bo‘lganidagina yonishi mumkin. Shuning uchun ham aralashmalarning alangalanadigan miqdorlari quyi va yuqori chegaralar sifatida belgilanadi. Bunda gazlarning quyi chegara miqdori deb, ularning alanga hosil qilgan holatidagi minimal miqdori tushuniladi va ana shu quyi chegara, sanoat korxonalarining yong‘in va portlash xavfiga moyillik toifalarini aniqlashda asosiy me’zon bo‘lib xizmat qiladi.
Qurilishda ishlatiladigan ba’zi yonuvchi modda va ashyolarning yonish va portlash xavfi o‘zaro bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Ammo ahamiyatli farqi shundaki, portlash jarayonida alanganing atrofga tarqalish tezligi yong‘indagiga nisbatan juda yuqori bo‘ladi. YOnuvchi gaz va bug‘larning havo bilan gomogen aralashmasi ma’lum sharoitda portlab yonish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.
Bino va inshootlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan. portlovchi bosim kuchini aniqlash va engil otiluvchi himoya qurilmalarini loyihalash uchun yong‘in paytida alangani tarqalish tezligini bilish juda zarur hisoblanadi.
Modda va ashyolarning yonuvchanlik va portlash xususiyatlari ularning yonish jarayonidagi agregat holatini belgilovchi ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichlar yonuvchi moddalarning agregat holatiga qarab turlicha bo‘ladi. Jumladan, yonuvchi modda gazsimon bo‘lganda bu ko‘rsatkichlar quydagilardan iborat bo‘ladi:

  • alanganish chegara miqdori (ACHM);

  • alangani tarqalish tezligi (ATT);

  • kislorodni portlashdagi quyi miqdori (KPQM);

  • o‘z-o‘zidan alangalanish va chaqnab yonish harorati (Ta);

  • portlash jarayonidagi xavfli bosim (Rmax);

  • bosimni ko‘tarilish tezligi va boshqalar.

Yonuvchi gazsimon moddalarning atmosferada alangalanish chegaralari, ularni ma’lum atmosfera bosimi ostida, tashqi harorat manbai ta’siridan (butun hajmi bo‘yicha) alangalana olish imkoniyatiga ega bo‘lgan, havodagi nisbiy miqdori bilan aniqlanadi. Bunday holatdagi gazlarning yonish va portlash chegaralari ikkita, ya’ni quyi va yuqori chegara miqdorlar hajmida bo‘ladi.



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə