Toshkent davlat agrar universiteti


Taraqqiyotning —oʻzbek modeli”da fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə10/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

Taraqqiyotning —oʻzbek modeli”da fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari. Mamlakatimizda taraqqiyotning “oʻzbek modeli” asosida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlari barcha jabhalarda izchillik bilan bosqichma-bosqich ravishda rivojlanib kelmoqda. Jumladan, istiqlol yillarida yurtimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy asoslari oʻzaro mutanosib ravishda rivojlantirildi. Bugungi kunda ushbu jarayonlar yangi sifat bosqichi sharoitida davom etmoqda. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish vazifalarini amalga oshirish jarayonida milliy taraqqiyot modeli xususan, davlatning bosh islohotchiligi zaminiga tayangan holda, fuqarolik jamiyatiga xos boʻlgan barcha xususiyatlarga birdek e’tibor qaratildi. Jumladan, fuqarolik jamiyatining Konstitutsiyaviy asos-belgisi, siyosiy asos-belgisi, iqtisodiy asos-belgisi, ma’naviy asos-belgisi kabi jihatlarini rivojlantirish, islohotlar jarayonining muxim strategik yoʻnalishini tashkil qildi.
Mamlakatimiz Konstitutsiyasida muhrlab qoʻyilgan huquqiy normalar fuqarolik jamiyatining fundamental asoslarini nafaqat qaror topishi balki, izchil rivojlanishi uchun keng istiqbollarni ochib berdi. Konstitutsiyamiz oʻz mohiyatiga koʻra, fuqarolik jamiyatini qaror toptirish qoidalarini oʻz bagʻriga qamrab olgan etakchi huquqiy hujjat boʻlganligi uchun uning asosida fuqarolik jamiyati shakllanishiga xizmat qiluvchi qonunlar bazasi yaratildi. Konstitutsiyamiz zaminida qabul qilingan qonunlar yurtimizda fuqarolik jamiyati asoslarini kafolatli ravishda shakllanishiga xizmat qila boshladi. Bu oʻrinda alohida ta’kidlash joizki, ushbu qonunchilik bazasi asosida fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlari tizimi va faoliyatining Konstitutsiyaviy asoslari mustahkamlandi. 1993- yil - sentyabrda qabul qilingan “Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonun mamlakatimiz ijtimoiy hayotida ulkan ahamiyatga ega boʻldi. Fuqarolik jamiyatining sotsial asoslarini rivojlanishi uchun sharoitlarni yaratib berdi va mazkur qonunga 2013- yilda kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar natijasida ushbu qonunning normalarida fuqarolik jamiyatini muhim asosi boʻlgan fuqarolar oʻz-oʻzini boshqarish organlari faoliyatini yangi sifat bosqichiga koʻtarilishi uchun yanada keng qamrovli asoslar yaratildi. Shu munosabat bilan 2004- yilda qabul qilingan “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonun ham 2013- yilda kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarnatijasida fuqarolik jamiyatining tayanchi boʻlgan mahallaning tashkiliy - huquqiy asoslarini mustahkamlanishiga zamin boʻldi.
Shu jumladan, taraqqiyotning “oʻzbek modeli” tamoyillariga toʻliq asoslangan holda fuqarolik jamiyati amal qilishi va rivojlanishining muhim omillari boʻlgan jamoat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslarini yaratishga ham katta ahamiyat berildi. Jumladan, 1999 -yilda Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat - notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, 2003- yilda “Jamoat fondlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, 2007- yilda “Homiylik toʻgʻrisida”gi Qonuni shuningdek, “Nodavlat-notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunlarining qabul qilinishi mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllanish jarayonlariga ulkan kuch bagʻishladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining 2008- yilda qabul qilingan “Nodavlat-notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab- quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori yurtimizda fuqarolik jamiyati institutsional zaminlarini tez sur’atlarda rivojlantiruvchi manba boʻldi.
Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatiga xos boʻlgan demokratik siyosiy tizimni izchil rivojlantirish va uning doirasida fuqarolik jamiyati rivojlanishi uchun zarur boʻlgan siyosiy asoslarni mustahkamlashga bosh strategik maqsad sifatida yondashildi. Bu oʻrinda ta’kidlash joizki, mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimovning birinchi chaqiriq Oliy Majlisning oʻn toʻrtinchi sessiyasi (1999- yil aprel), ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasida (2000- yil yanvar) qilingan ma’ruzalarida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning nazariy zaminlari har tomonlama asoslandi va istiqboldagi taraqqiyot yoʻnalishlari koʻrsatib berildi. 2000 -yil 22- yanvar kuni ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasida I.A.Karimovning “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz” nomli ma’ruzasida mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning hal qiluvchi ijtimoiy-siyosiy asoslari belgilab berildi. Uning mohiyatini jamiyatning barcha sohalarini erkinlashtirish - liberallashtirish tashkil etadi. Zero, fuqarolik jamiyati oʻz mazmuniga koʻra fuqaro erkinligining yuksak bosqichini anglatadi. Birinch Prezidentimiz I.A.Karimov ma’ruzasida ta’kidlanganidek, “Bizning bosh strategik maqsadimiz qat’iy va oʻzgarmas boʻlib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat. Bu, loʻnda qilib aytganda, rivojlangan davlatlarning tajriba va taraqqiyot modellaridan koʻr-koʻrona nusxa koʻchirmagan holda, ularga xos yuksak hayot darajasi va sifatiga erishish. Mamlakatimizda millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir insonning barcha huquq va erkinliklari kafolatlanadigan, farovon turmush tarzi ta’minlanadigan demokratik rivojlanish yoʻlini izchil davom ettirish demakdir. Shu bilan birga, biz xalqimizning asriy oliyjanob an’analariga, muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyatiga, milliy qadriyatlarimizga doimo sodiq qolishimiz demakdir”. Birinchi Prezidentimizning ushbu ma’ruzasida fuqarolik jamiyatini shakllanishi uchun mustahkam zamin boʻlib xizmat qiluvchi yettita ustuvor strategik vazifalar asoslab berildi. Bular: birinchidan, siyosiy sohani erkinlashtirish; ikkinchidan, davlat qurilishi va boshqaruvi sohasini erkinlashtirish; uchinchidan, iqtisodiyot sohasini erkinlashtirish; toʻrtinchidan, ma’naviyat sohasini erkinlashtirish; beshinchidan, sud-huquq sohasini erkinlashtirish; oltinchidan, tashqi siyosat faoliyat sohasi asoslarini mustahkamlash; yettinchidan, xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlarini takomillashtirish. Bu oʻrinda ta’kidlash joizki, mamlakatda fuqarolik jamiyatiga xos boʻlgan demokratik siyosiy tizimning oʻziga xos xususiyatlari, uning demokratik tamoyillarini rivojlantirish masalalari Birinchi Prezident I.A.Karimovning birinchi va ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning sessiyalaridagi (1995-2004- yillar), shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi (2005- yil 28 -yanvar) ma’ruzalari “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari” konseptual siyosiy dasturining asosini tashkil etdi.
2010- yilning 12- noyabrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisida birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”da mamlakatimiz siyosiy, ijtimoiy rivojining tom ma’nodagi, yangi sifat bosqichidagi strategik taraqqiyot yoʻnalishlarini asoslab berildi. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan mazkur Konsepsiya yurtimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishning hozirgi davrdagi dasturul amali boʻlib xizmat qila boshladi. Konsepsiyada 50dan ziyod qonun va huquqiy-me’yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish koʻzda tutilgan boʻlib, bugungi kunda 27 ta qonun, oʻnlab me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, hayotimizga tatbiq etilmoqda.
Birinchi Prezidentimiz tomonidan asoslab berilgan Konsepsiya asosida mamlakatimizda Parlament islohotlarini yanada rivojlantirish jarayonlarini amalga oshirilganligi fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning evolyusion bosqichlari tizimida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Jumladan, mamlakatimiz parlamentini isloh qilish orqali zamonaviylashtirish vakillik demokratiyasini amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiluvchi qoidalarning Konstitutsiyaviy asoslarini belgilanishi fuqarolik jamiyatining muhim oʻzagi boʻlgan fuqarolar demokratik haq-huquqlarini, erkinliklarini mislsiz ravishda kengayishiga sabab boʻldi. Bu jarayonlarni jumladan, Konstitutsiyamizning 98-moddasiga kiritilgan muhim demokratik oʻzgartish va qoʻshimchalarda kuzatishimiz mumkin. Uning asosida asosiy qonunimizning mazkur moddasiga ikki muhim siyosiy - huquqiy institut joriy etildi. Ya’ni Bosh qomusimizda belgilanganidek, “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng koʻp deputatlik oʻrinlarini qoʻlga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi oʻrtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy soning kamida uchdan bir qismi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi”.
Mamlakatimiz Parlamentining Konstitutsiyaviy asoslariga kiritilgan yangiliklar oʻz mohiyatiga koʻra fuqarolik jamiyatini shakllantirish manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining milliy modeli zaminida fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslarini yaratish borasida ham izchil ravishda ulkan samaralarga erishib kelinmoqda. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Oʻz vaqtida, bizning taqdirimiz hal boʻlayotgan oʻta ogʻir va xatarli bir zamonda, turli xomxayollardan voz kechib, bizga koʻrsatilgan tazyiq va zoʻravonliklarga qaramasdan, bugungi kunda dunyoda taraqqiyotning “oʻzbek modeli” deb tan olingan, demokratik davlat, erkin bozor iqtisodiyotini shakllantirish, xalqimizning hayot darajasini munosib bosqichga koʻtarish boʻyicha chuqur oʻylangan rivojlanish yoʻlimizni qat’iy belgilab olganimiz, hech shubhasiz, tom ma’noda tarixiy yutugʻimiz boʻldi”. Iqtisodiy islohotlar strategiyasini amalga oshirishda mamlakatimizni isloh etishning ustuvor prinsiplaridan biri boʻlgan iqtisodiyotni mafkuradan holi etish uning siyosatdan ustunligini ta’minlash, shu bilan birgalikda oʻtkazilayotgan islohotlarni bosqichma- bosqich hamda kuchli ijtimoiy himoya vositalarini qoʻllash qoidalari izchillik bilan qoʻllandi. Shu bilan bir qatorda, Prezidentimiz raxnamoligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda iqtisodiyotni yanada liberallashtirish va uning demokratik-huquqiy bazasini bosqichma- bosqich kengaytirib borish prinsiplariga etakchi ahamiyat qaratildi.
Mamlakatimizda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni yanada liberallashtirish va modernizatsiya qilish jarayonlarining rivojlantirilishida jamiyatimiz taraqqiyoti uchun dasturulamal boʻlib xizmat qilayotgan Prezidentimiz Konsepsiyasi gʻoyalari hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmoqda. Konsepsiyaning oltinchi strategik yoʻnalishi mamlakatimizda Demokratik bozor islohotlarni va iqtisodiyotni yanada chuqurlashtirishga bevosita bagʻishlangandir. Ushbu strategik Dastur qoidalaridan kelib chiqqan holda, yurtimiz iqtisodiyotini ayniqsa hususiy tadbirkorlikni, kichik biznesni yanada rivojlantirish boʻyicha huquqiy bazani rivojlantirish vazifalari qoʻyildi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Birinchi navbatda, xususiy mulkning huquq va himoyasini mustahkamlashimiz, har qaysi xususiy mulkdor qonuniy yoʻl bilan qoʻlga kiritgan yoki yaratgan oʻz mulkining daxlsizligiga aslo shubha qilmasligini ta’minlaydigan ishonchlik kafolatlar tizimini yaratishimiz zarur”.
Davlat bayrogʻi Oʻzbekiston Respublikasining 1991- yil 18- noyabrdagi 407-XII-sonli "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida"gi Qonuni bilan tasdiqlangan. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi — bayroqning butun uzunligi boʻylab oʻtgan toʻq moviy rang, oq rang va toʻq yashil rangli uchta endan tarkib topgan toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi matodir. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining oʻrtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar oʻtkazilgan.Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida oʻn ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan. Oq rangli yangi oy va oʻn ikkita oq rangli besh qirrali yulduzning tasviri moviy rangli yuqori enning oʻrtasidan 70x30 santimetrga teng toʻgʻri toʻrtburchakka sigʻadigan qilib joylashtirilgan. Oq rangli yangi oy vertikal holatda doʻng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 santimetr masofada joylashtirilgan boʻlib, diametri 30 santimetrli doiraga sigʻadi. Oʻn ikkita oq rangli besh qirrali yulduz diametri 6 santimetrli doiraga sigʻadi. Doiralar orasidagi masofa 6 santimetr. Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, oʻrta qatorda toʻrtta va quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 santimetr masofada joylashadi.
Davlat gerbi Oʻzbekiston Respublikasining 1992- yil 2 -iyuldagi 616-XII-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida"gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi koʻrinishga ega: togʻlar, daryolar va soʻl tomoni bugʻdoy boshoqlaridan, oʻng tomoni esa chanoqlari ochilgan gʻoʻza shoxlaridan iborat chambarga oʻralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan boʻlib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida "Oʻzbekiston" deb yozib qoʻyilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli koʻrinishida: Humo qushi va daryolar — kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «Oʻzbekiston» yozuvi — oltin rangida; gʻoʻza shoxlari va barglari, togʻlar va vodiy — yashil rangda; chanoqlardagi paxta — oq rangda; lenta — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar — oq rangida tasvirlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi Oʻzbekiston Respublikasining 1992- yil 10- dekabrdagi 768-XII-sonli "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida"gi Qonuni bilan tasdiqlangan



Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə