Toshkent davlat agrar universiteti


-mavzu. Oʻzbekistonning oʻziga xos istiqlol va taraqqiyot yoʻli



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə9/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

4-mavzu. Oʻzbekistonning oʻziga xos istiqlol va taraqqiyot yoʻli.
Reja:
1.Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar.
2.Oʻzbekistonning oʻziga xos taraqqiyot yoʻlini tanlashi. Taraqqiyotning “Oʻzbek modeli” va uning oʻziga xos xususiyatlari.
3. Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yoʻli.
4. Oʻzbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiya asoslari.
5. Mustaqillik – me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi.
6. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Davlat ramzlari.
Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, oʻz davlatchiligini qoʻlga kiritish, milliy va ijtimoiy ozodlikka erishish hech qayerda yengil va osonlikcha boʻlmagan. Mustaqilikka erishgan har bir mamlakat oʻz taraqqiyot yoʻlini izlaydi, yangi jamiyat barpo etishda oʻz andozasini ishlab chiqishga intiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar oʻrtasida tarkib topgan munosabatlar, ularning dunyoqarashi, jumladan diniy e’tiqodi, ruhiyati va xulq-atvor normalari shuni taqozo etadi. Dunyoda ijtimoiy taraqqiyot yoʻlining turli variantlari mavjud. Turkiya, Janubiy Koreya, Shvetsiya modellari va boshqalar bunga misoldir. Bir qancha musulmon mamlakatlari va yangi industrial mamlakatlarning tajribasi ham shuni koʻrsatadi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Ovrupo mamlakatlari va Yaponiya xalq xoʻjaligini qayta tiklash ham buning amaliy namunasidir.
Oʻzbekiston boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayonida toʻplangan va respublika sharoitiga tatbiq qilsa boʻladigan barcha ijobiy va maqbul tajribalardan shak-shubhasiz samarali foydalanadi. Gap biron-bir modelni, hatto u ijobiy natijalar bergan taqdirda ham, koʻr-koʻrona koʻchirib olish toʻgʻrisida borayotgani yoʻq. Aniq-ravshan vositalar va usullar qaysi mamlakat uchun moʻljallangan boʻlsa, oʻsha mamlakatning oʻziga xos sharoitidagina ijobiy natija beradi.
Jahon va oʻzimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani rad etmagan holda oʻz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yoʻlimizni tanlab olish respublikaning qat’iy pozitsiyasidir. Bu - oʻtmish yillarning xatolarini, davlat tuzilishining shakl va usullariga nisbatan mavjud qarashlarni idrok etish natijasidir. Bu - tarkib topgan ijtimoiy voqelikka berilgan real bahodir. Bu - Oʻzbekiston xalqining ijtimoiy taraqqiyotga, munosib turmush sharoitiga intilishidir.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, soxta inqilobiy sakrashlarsiz, fojiali oqibatlarsiz va kuchli ijtimoiy larzalarsiz, evolyutsion yoʻl bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga oʻtish - tanlab olingan yoʻlning asosiy mazmuni va mohiyatidir. Odamlarning ongi va turmushiga oʻnlab yillar mobaynida, koʻpincha zoʻravonlik yoʻli bilan singdirilgan narsalarni bir zumda oʻzgartirish mumkin emas. Buning uchun ijtimoiy guruhlar oʻrtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga va ularni bir-biriga qarama-qarshi qoʻyishga barham berish bilan jamiyatni yangilash va oʻzgartirish zarurligiga odamlarning oʻzini ishontirish, harakatga keltiruvchi kuchlarni va mehnatning ragʻbatlantiruvchi omillarini oʻzgartirish mumkin.
Mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning keskinligi, ularning oʻziga xos xususiyati bu muammolarni hal etishga alohida yondashuvni taqozo etadi. Turmush sharoiti va tarzining milliy xususiyatlari, Sharq madaniyatiga mansublik ham shuni talab etadi.
Oʻzbekistonning chinakam mustaqilligiga erishishdan iborat oʻz yoʻli respublikani rivojlantirishning quyidagi asosiy oʻziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlarini har tomonlama hisobga olishga asoslanadi.
Avvalo, u aholining milliy-tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq an’analari va urf-odatlaridan kelib chiqadi. Chuqur ildizi oʻtmishdagi an’anaviy jamoa turmush tarziga borib taqaladigan kollektivchilik asoslari Oʻzbekiston xalqiga tarixan xosdir. Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish, ochiq koʻngillilik, millatidan qat’i nazar odamlarga xayrixohlik bilan munosabatda boʻlish, oʻzgalar kulfatiga hamdard boʻlish va oʻzaro yordam tuygʻusi kishilar oʻrtasidagi munosabatlarning meyori hisoblanadi. Oʻzbeklar diyoriga, oʻz Vataniga mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlarga, ma’rifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat-ehtirom - Oʻzbekiston aholisiga xos fazilatlardir. Ichki va tashqi siyosatni ishlab chiqib, amalga oshirish chogʻida islom dinini e’tiborga olish muhim ahamiyatga ega. Odamlarning turmush tarzida, ruhiyatida, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishda, islomga e’tiqod qiluvchi xalqlar bilan yaqinlashish istagida ham shu omil namoyon boʻlmoqda.
Mazkur mintaqaning qadimiy tarixi va madaniyati, bunda yashab oʻtgan Sharq mutafakkirlari va faylasuflarining jahon madaniyatini rivojlantirishga qoʻshgan gʻoyat katta hissalari ham bu yerda yashayotgan odamlar turmushining barcha tomonlariga sezilarli ta’sir oʻtkazmoqda. Oʻtmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta’sir koʻrsatmoqda.
Respublikadagi oʻziga xos demografik vaziyat - gʻoyat muhim xususiyatlardan biridir. Jumhuriyatimizda aholi va mehnat resurslari har yili yuksak sur’atlar bilan oʻsib bormoqda. Aholining yarmidan koʻprogʻi qishloq joylarda yashaydi va asosan dehqonchilik bilan shugʻullanadi. Aholi tarkibida 60 foizdan koʻprogʻi bolalar, oʻsmirlar, 25 yoshgacha boʻlgan yigit-qizlar. Oʻz ajdodlari qadimdan yashab kelgan joylarga bogʻlanganlik, koʻchib yurishga moyillikning yoʻqligi respublika aholisiga xos xususiyatdir.
Respublikaning yana bir xususiyati - milliy tarkibining oʻziga xosligidir. Etnik tarkibda tub aholi ustun mavqeni egallaydi. Shu bilan bir vaqtda respublika hududida oʻz madaniyati va an’anasiga ega boʻlgan yuzdan ziyod millat vakillari yashab turibdi. Oʻzbekistonning milliy-madaniy jihatdan gʻoyat rang-barangligi milliy oʻzligini anglash va ma’naviy qayta tiklanishning kuchayib borishi bilan uzviy birlikda jamiyatni yangilash, uni ochiq jamiyatga aylantirish uchun qudratli omil boʻlib xizmat qiladi va respublikaning jahon hamjamiyatiga qoʻshilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi.
Respublika qulay geostrategik mavqega ega. Tarixan hozirgi Oʻzbekistonning hududi shunday joy boʻlganki, bu yerda juda koʻhna savdo yoʻllari (mashhur Buyuk Ipak yoʻli) tutashgan, joʻshqin tashqi aloqalar va turli madaniyatlarning bir-birini oʻzaro boyitishi jarayoni kechgan. Hozirgi kunda Oʻzbekiston oʻzining mustaqil energetika va suv tizimlariga ega boʻlgan sobiq sovet Oʻrta Osiyosining markazida turibdi, koʻpgina masalalarda respublikalar oʻrtasidagi bogʻlovchi boʻgʻin boʻlib xizmat qilmoqda va xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishda tobora faol rol oʻynamoqda.
Oʻzbekistonda islohotlarni amalga oshirish yoʻllari va yondashuvlarini tanlashga tabiiy-iqlim sharoitlarining oʻziga xosligi belgilovchi ta’sir oʻtkazmoqda. Respublika qishloq xoʻjaligi aksariyat sun’iy sugʻorishga va sugʻorma dehqonchilikka asoslanadi. Oʻzining suv imkoniyatlari juda cheklangan. Qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi, butun xalq xoʻjaligi tarkibida paxtachilik yetakchi oʻrin tutadi. Oʻzbekiston mustaqil Oʻrta Osiyo respublikalari orasida gʻoyat katta eksport imkoniyatiga ega boʻlgan juda muhim strategik xom ashyo - paxta va undan tayyorlangan mahsulotni yetishtiruvchi hamda yetkazib beruvchi asosiy respublikadir. Iqlim sharoitlari meva-sabzavot mahsulotlari, pilla va boshqa gʻoyat qimmatli qishloq xoʻjalik xom ashyosini nafaqat oʻz ehtiyojlarini qondirish uchun, balki boshqa mamlakatlarga yetkazib berish uchun ham zarur miqdorda yetishtirishni ta’minlaydi.
Oʻzbekiston respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini himoya qilish imkonini beradigan yetarli potensialga ega. Yer bagʻrining gʻoyat qimmatli mineral xom ashyolarga boyligi chuqur tarkibiy oʻzgartishlarni amalga oshirish, respublikaning jahon bozoriga chiqishini ta’minlaydigan tarmoqlarni rivojlantirish imkonini bermoqda. Shu jihatdan xalq xoʻjaligining asosan xom ashyo yetishtirishga yoʻnaltirilganligini bartaraf etish va shu sababli iqtisodiyot tuzilmalari haddan tashqari bir tomonlama rivojlanganligiga, sobiq markaz oʻtkazib kelgan yakkahokimlik siyosatining natijasi boʻlmish qaramlikka, ya’ni texnologiya va resurs jihatdan boshqa respublikalarga qaram boʻlib qolishga barham berish hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.
Keyingi oʻn yillar mobaynida ma’lum qadriyatlarga ega boʻlgan kishilarning muayyan ijtimoiy ongi shakllanganligini ham e’tiborga olmaslik mumkin emas. Bir tomondan, bu ijtimoiy tenglikka, kafolatlangan mehnat qilish huquqiga, yalpi bepul ta’lim va tibbiy xizmatga qat’iy tarafdorlikka intilishida namoyon boʻlmoqda. Ikkinchi tomondan esa, yakkahokimlikdan iborat ma’muriy-buyruqbozlik tizimi keltirib chiqargan insonni mulkka egalikdan va xoʻjayinlik tuygʻusidan begonalashtirilganligi, tayyorga ayyorlik ruhiyati yuzaga keltirilganligida koʻrinmoqda.
Yuqorida qayd etilgan oʻziga xos shart-sharoitlar ham alohida, ham birgalikda hozirgi bosqichda Oʻzbekiston ichki va tashqi siyosatining oʻziga xos xususiyatlarini belgilab beradi.
Yangilanish va ijtimoiy taraqqiyotning oʻzimiz tanlagan yoʻli - murakkab jarayon boʻlib, respublika ijtimoiy turmushining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy va boshqa barcha sohalarini qamrab oladi. Bu yoʻl mustaqil Oʻzbekiston ichki va tashqi siyosatining umumiy strategiyasini belgilab beradi.
Taraqqiyotning — “oʻzbek modeli” huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish asosi Mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot strategiyasining bosh gʻoyasi bu - xalqimiz uchun munosib boʻlgan erkin, farovon hayotni barpo qilish va uni mutassil rivojlantirib borishdan iboratdir. Zero, jahon tajribalari ham isbotlab turganidek, aynan fuqarolik jamiyati sharoitida inson hayotini tashkil etish, uning haq-huquqlarini roʻyobga chiqarishning eng samarali va maqbul boʻlgan imkoniyatlari vujudga keladi. Fuqarolik jamiyati insoniyat jamiyatini tashkil etishning eng zamonaviy va takomillashgan usuli sifatida barcha tomonidan e’tirof etilayotgani ham bejiz emas. Birinch Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor boʻlib, u insonning oʻz-oʻzini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari toʻla darajada roʻyobga chiqishida koʻmaklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ya’ni erkinlik va qonunga boʻysunish bir vaqtning oʻzida amal qiladi, bir-birini toʻldiradi va bir- birini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, davlatning qonunlari inson va fuqaro huquqlarini kamsitmasligi lozim. Shuning barobarida barcha odamlar qonunlarga soʻzsiz rioya qilishlari shart . Bu oʻrinda ta’kidlash joizki, taraqqiyotning “oʻzbek modeli” doirasida mamlakatimizda zamonaviy huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun zarur boʻlgan barcha asoslar mavjuddir. Mazkur model tarkibida mujassam boʻlgan tamoyillar mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy, huquqiy zaminlarini vujudga keltirish uchun kuchli imkoniyatlarga egadir. Zero, ushbu tamoyillar va unga asoslanuvchi konseptual gʻoyalarda fuqarolik jamiyatining mohiyati, vazifalari, shakllanish qonuniyatlari, xalqimiz dunyoqarashi va ehtiyojlaridan kelib chiquvchi barcha jihatlar oʻz aksini topgandir. Jumladan, “oʻzbek modeli” fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslari, institutsional zaminlari va eng muhimi demokratik gʻoyalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mustahkam asoslarni oʻzida mujassamlashtirgandir. Xususan, yurtboshimiz tomonidan asoslab berilgan “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari” konsepsiyasi ushbu tamoyilning etakchi oʻzagini tashkil etadi. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarining strategik yoʻnalishlarini belgilanishida taraqqiyotning “oʻzbek modeli” mohiyatidan kelib chiquvchi barcha tamoyillar etakchi asos vazifasini oʻtamoqda. Xususan, ushbu jarayonlarda davlatning bosh islohotchilik rolini alohida koʻrsatib oʻtish lozimdir.
Mustaqil davlatimiz tomonidan avvalambor mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning gʻoyaviy va huquqiy asoslari belgilab berildi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Bizning bosh strategik maqsadimiz qat’iy va oʻzgarmas boʻlib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iboratdir”. Mamlakatimiz siyosiy taraqqiyot yoʻlining oʻzagi sifatida demokratiyani tanlab olinishi fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun zarur boʻlgan barcha fundamental asoslarni barpo qilish imkoniyatlarini ochib berdi. Zero, demokratiya gʻoyasi oʻz taraqqiyotining etakchi yoʻnalishi sifatida fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirib borilishini taqazo etadi. Shu munosabat bilan ta’kidlash joizki, demokratiya, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati mazmun-mohiyati, shakllanish qonuniyatlarini tashkil qiluvchi eng etakchi manbalar hisoblanadi. Yurtimizda milliy taraqqiyot modeli asosida huquqiy demokratik davlatning institutsional zaminlari: davlat hokimiyatining tarmoqlarga boʻlinishi prinsipiga asoslanishi; demokratik Konstitutsiyaning qabul qilinishi va qonun ustuvorligi tamoyilini roʻyobga chiqaruvchi mexanizmlarni yaratilishi; erkin demokratik saylov tizimini kafolatlanishi; davlat va jamiyat boshqaruvini amalga oshirishda koʻppartiyaviylik tizimining yaratilishi; jamoat birlashmalari va nodavlat va notijorat tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyilishi; fuqarolar oʻz-oʻzini boshqarish institutlarini rivojlantirilishi; fuqarolar huquq va erkinliklarini, manfaatlari va extiyojlarini ta’minlashning samarali zaminlarini vujudga keltirilishi, fuqarolik jamiyatini shakllantirish manfaatlaridan kelib chiqqan holda barpo etildi. Bularning natijasida mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllanishi uchun eng asosiy kuch va manba boʻlib xizmat qiladigan zamonaviy huquqiy demokratik davlat asoslari rivojlantirildi.
Ma’lumki, huquqiy davlat demokratiya tamoyillari asosida shakllantiriladi. Ayni vaqtda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati institutlari va uning mohiyatini tashkil qiluvchi barcha jihatlarini jamiyatda qaror topishi uchun etakchi zamin boʻlib xizmat qiladi. Ya’ni fuqarolik jamiyatini shakllanishi bosqichlarida demokratlashuv jarayonlari, huquqiy davlatning shakllanishi hal qiluvchi oʻrin tutadi. Demokratlashuv jarayonlari fuqarolik jamiyati mohiyatini tashkil qiluvchi shaxs erkinligi, tengligi, ozodligi, tinchligi, farovonligi, daxlsizligi kabi buyuk ne’matlarni roʻyobga chiqarsa, huquqiy davlat - fuqarolarning ana shu ne’matlardan kafolatli foydalanishning huquqiy zaminlarini ta’minlab beradi. Zero, huquqiy davlat oʻz mohiyatiga koʻra huquqning hukmronligi, qonunning ustuvorligi, qonun oldida barchaning tengligini kafolatlaydi, inson huquq va erkinliklarini toʻliq tan olinishi va hurmat qilinishini ta’minlab beradi, fuqarolarning yuksak huquqiy madaniyati, shaxs bilan davlat oʻrtasidagi oʻzaro demokratik hamkorlik prinsiplariga tayanadi, huquq va tartibotning barqarorligini kafolatlaydi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Hech kimga sir emas, faqatgina huquqiy davlat sharoitida demokratik tartibga erishiladi va shunday tartib saqlanadi, demokratik institutlar va qadriyatlar hayotga tatbiq etiladi, inson huquq va erkinliklari, eng asosiysi, ularning huquqiy va ijtimoiy himoyasi amalda ta’minlanadi”.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllanishiga xizmat qiluvchi huquqiy davlat asoslarini yaratish jarayonida davlatimizning bosh qomusi - Konstitutsiyamiz ulkan ahamiyatga ega boʻlayotganligini alohida ta’kidlab oʻtish joizdir. Konstitutsiyamiz konsepsiyasi va huquqiy normalarida huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun zarur boʻlgan barcha yuridik qoidalar mujassamlashgandir. Jumladan, Asosiy qonunimizning 15-moddasida ta’kidlanganidek: “Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish koʻradilar”.
Mazkur Konstitutsiya normalari bugungi kunda, demokratiyaning etakchi mohiyati boʻlgan - xalq hokimiyatchiligining amalga oshirilishi va hokimiyat tarmoqlari oʻrtasidagi demokratik muvozanatni mustahkamlanishi uchun manba boʻlib xizmat qilmoqda. Shu munosabat bilan mamlakatimiz Konstitutsiyasi konseptual zaminlarini evolyusion tarzda jamiyatimiz taraqqiyoti manfaatlaridan kelib chiqib, takomillashtirib borilayotganligi muxim axamiyatga ega boʻlmoqda. Bu esa oʻz navbatida fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini yanada chuqurlashuviga yetakchi huquqiy asos vazifasini oʻtamoqda. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirilishida taraqqiyotning “oʻzbek modeli”ning muhim tamoyili boʻlgan islohotlarni evolyutsion tarzda amalga oshirish masalasiga yetakchi ahamiyat qaratib kelinmoqda. Zero, fuqarolik jamiyatini jamiyatda qaror topishi faqatgina tadrijiy yoʻl bilan ta’minlanishi mumkindir. I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Faqatgina biz tanlagan bosqichma-bosqich tadrijiy rivojlanish yoʻli xalqimiz koʻzlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik talabalarga javob beradigan davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat boʻlgan, qonun ustuvorligini ta’minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi muqarrar. Demokratik jarayonlarni sun’iy ravishda tezlashtirish, shoshma- shosharlik, turli inqilobiy toʻntarishlar yoʻli qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bugun hayotning oʻzi isbotlab bermoqda”. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni amalga oshirishda dastavval siyosiy institutsional va huquqiy zaminlarini vujudga keltirishga alohida katta ahamiyat qaratildi.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun, dastavval vakillik demokratiyasining tayanch ustuni boʻlgan professional parlament shakllantirildi, 1992- yil 8- dekabrda demokratik mohiyatga ega boʻlgan Oʻzbekistonning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi, aholi keng qatlamlari manfaatlarini aks ettirish ehtiyojlaridan kelib chiqib, koʻppartiyaviylik tizimi shakllantirildi, demokratik taraqqiyot jarayonlarining iqtisodiy va ijtimoiy oʻzagini tashkil etuvchi erkin bozor munosabatlarining huquqiy va institutsional asoslari vujudga keltirildi. Bularning natijasida jamiyatimizda demokratik islohotlarni roʻy berishi uchun siyosiy, ijtimoiy, huquqiy shart-sharoitlar bazasi yaratildi, demokratik islohotlarning rivojlanishi uchun istiqbolli imkoniyatlar vujudga keltirildi.
Demokratiyaga oʻtish davrining dastlabki bosqichida amalga oshirilgan siyosiy, tashkiliy chora-tadbirlar natijasida mamlakatimizda demokratik jarayonlarning barqarorligi ta’minlandi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning asosiy bosqichlari toʻgʻrisida toʻxtalib, I.A.Karimov shunday xulosa qilgan edi: “Oʻtish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bogʻliq birinchi galdagi islohot va oʻzgarishlarni oʻz ichiga olgan dastlabki bosqich - 1991-2000 -yillar mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan oʻtish davri tom ma’noda tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan davr boʻldi. 2001- yildan 2010 -yilgacha boʻlgan muddatni oʻz ichiga olgan ikkinchi bosqich - mamlakatimizni faol demokratik yangilanish, isloh etish va modernizatsiya qilish davri gʻoyat muhim ahamiyat kasb etdi.
Oʻzbekiston iqtisodiyotini isloh etish, liberallashtirish va modernizatsiya etish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish boʻyicha har tomonlama chuqur oʻylangan, uzoq istiqbolga moʻljallangan siyosatning amalga oshirilishi va shu yoʻllarning barchasini oʻzaro bogʻlaydigan hal qiluvchi asos, oʻzak-bugʻin boʻlib xizmat qildi”. Mamlakatimizda bugungi kunda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlari oʻzining sifat jihatdan yangi bosqichiga qadam qoʻydi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Bugungi kunda biz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurishga qaratilgan olis va ogʻir yoʻlning faqat bir qisminigina bosib oʻtdik, xolos. Uning hal qiluvchi qismi hali oldinda. Ya’ni bu yoʻlda oʻz echimini kutib turgan vazifalarimiz kamaygani yoʻq, aksincha zamon talabi bilan ularning koʻlami va miqyosi tobora kengayib bormoqda. Albatta, barchamiz bu haqiqatni yaxshi tushunamiz va bu yoʻlda yana qanchadan-qancha kutilmagan qiyinchiliklar, turli sinovlar boʻlishi mumkinligini ham oʻzimizga tasavvur qilamiz. Bu borada hayotning ana shunday talab va mezonlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va oʻtgan davr mobaynida izchil joriy etib kelinayotgan, amalda oʻzini oqlagan, “oʻzbek modeli” deb nom olgan taraqqiyot yoʻlimiz va mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi oʻrta va uzoq istiqbolda biz uchun kelajak Strategiyasi boʻlib xizmat qilmoqda, aniq yoʻlni koʻrsatmoqda. Mamlakatimizdayangi jamiyatni barpo qilishning “oʻzbek modeli “ oʻzining tubmohiyatiga koʻra yurtimizda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllanishi uchunzarur boʻlganbarcha konseptual asoslarga ega boʻlgan siyosiy, huquqiymanbaboʻlganligi tufayliuning zaminlaridaamalgaoshirilayotgan barcha islohotlarningyuksak samaralarga erishuvi kuchli darajada kafolatlangandir.

Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə