Mavzu: Byudjet-soliq siyosati



Yüklə 96,8 Kb.
səhifə1/20
tarix21.10.2023
ölçüsü96,8 Kb.
#129480
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
byudjet soliq siyosati


Mavzu: Byudjet-soliq siyosati


KURS ISHI

MUNDARIJA


KIRISH 4
1.1.BOZOR IQTISODIYOTINI SHAKLLANTIRISH MODELLARI VA BYUDJET-SOLIQ SIYOSATINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI 7
Har bir mamlakatda ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilishi lozim bo‘lgan byudjet-soliq siyosatining mazmun-mohiyati va uning yo‘nalishlarini eng avvalo, shu mamlakatda bozor munosabatlarini shakllantirishda uning qanday modeliga tayanilgani (asoslanganligi) belgilab beradi. Shu ma’noda bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari va byudjet-soliq siyosati o‘zaro vobastadir. Ularning ikkinchisi (byudjet-soliq siyosati)ni birinchisi (bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari)dan ayro holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Agar aksincha ish tutilsa, bu bir tomondan, mamlakatda sog‘lom bozor munosabatlarining rivojlanishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi, uni murakkablashtiradi. Ikkinchi tomondan esa, byudjet-soliq siyosatida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning u yoki bu modelining o‘ziga xos xususiyatlari, talablari va prinsiplari inobatga olinmasa, bu bunday siyosatning muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga o‘ziga xos zamin tayyorlaydi va byudjet-soliq siyosati albatta, ertami-kechmi, baribir muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Shuning uchun ham bu yerda bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari va byudjet-soliq siyosatining o‘zaro vobastaligini to‘g‘ri idrok etish prinsipial ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan alohida qayd etish lozimki, u yoki bu mamlakatda xo‘jalik yuritishning zamonaviy shakli yoki usuli sifatida bozor iqtisodiyotini shakllantirish (tarkib toptirish, vujudga keltirish) to‘g‘risida gap ketar ekan avvalo, uning dunyo amaliyotida umume’tirof etilgan quyidagi ikki modeli mavjudligi qayd etiladi: 7
1.Liberal model. 7
2.Sotsial (ijtimoiy) yo‘naltirilgan model. 7
Shu o‘rinda har bir modelga tegishli bo‘lgan bu xarakterli belgilarni kimlarningdir ijod mahsuli sifatida emas, balki iqtisodiy hayot aksiomasi tarzida e’tirof etish lozimligini ham qayd etib o‘tish joiz. Bizning xoxish-irodamizga bog‘liq bo‘lmagan holda ular tabiiy ravishda o‘zini namoyon etib turibdi. Bu yerda sun’iy ravishda u yoki bu modelga “tiqishtirilgan” xarakterli belgi yo‘q. Shu bois ba’zi-birovlar tomonidan ular “reviziya” qilinmasligi yoki shubha ostiga olinmasligi kerak. Odatda, yaratilgan u yoki bu model ma’lum bir muallif(lar) tomonidan ishlab chiqiladi. Yaratilgan va amalda faoliyat ko‘rsatayotgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari ham bundan mustasno emas. Ularning ham muallif(lar)i bor. Lekin bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellarining muallif(lar)i Siz bilan biz ko‘nikib qolgan va nazarda tutadigan muallif(lar)dan farqlanadi. Ularning muallif(lar)i – HAYOT, deb ataladi. Shuning uchun bozor iqtisodiyotini shakllantirishning bu modellari alohida olingan shaxslar tomonidan ishlab chiqil(yaratil)maganligini yoki “ixtiro” qilinmaganligini yana bir marta qayd etib, ularning ana shunday ko‘rinishda tarkib topganligi o‘z navbatida, uzoq vaqt davom etgan tarixiy taraqqiyot va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojining natijasi ekanligini ta’kidlash joiz. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari va ularning har biriga xos bo‘lgan xarakterli belgilarni inobatga olish barcha sohalarda (shu jumladan, byudjet-soliq siyosatiga nisbatan ham) oqilona qarorlarni qabul qilish uchun prinsipial ahamiyatga ega. 7
2-BOB 1.Baholash faoliyatida narx va qiymat funksiyalarining o’ziga xos xususiyatlari 26
XULOSA 32



Yüklə 96,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə