Mavzu: Byudjet-soliq siyosati



Yüklə 96,8 Kb.
səhifə3/20
tarix21.10.2023
ölçüsü96,8 Kb.
#129480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
byudjet soliq siyosati

Kurs ishini tuzulishi. Kirish, to’rtta reja, hulosa va adabiyotlar ro’yxati.

1.1.BOZOR IQTISODIYOTINI SHAKLLANTIRISH MODELLARI VA BYUDJET-SOLIQ SIYOSATINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Har bir mamlakatda ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilishi lozim bo‘lgan byudjet-soliq siyosatining mazmun-mohiyati va uning yo‘nalishlarini eng avvalo, shu mamlakatda bozor munosabatlarini shakllantirishda uning qanday modeliga tayanilgani (asoslanganligi) belgilab beradi. Shu ma’noda bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari va byudjet-soliq siyosati o‘zaro vobastadir. Ularning ikkinchisi (byudjet-soliq siyosati)ni birinchisi (bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari)dan ayro holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Agar aksincha ish tutilsa, bu bir tomondan, mamlakatda sog‘lom bozor munosabatlarining rivojlanishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi, uni murakkablashtiradi. Ikkinchi tomondan esa, byudjet-soliq siyosatida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning u yoki bu modelining o‘ziga xos xususiyatlari, talablari va prinsiplari inobatga olinmasa, bu bunday siyosatning muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga o‘ziga xos zamin tayyorlaydi va byudjet-soliq siyosati albatta, ertami-kechmi, baribir muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Shuning uchun ham bu yerda bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari va byudjet-soliq siyosatining o‘zaro vobastaligini to‘g‘ri idrok etish prinsipial ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan alohida qayd etish lozimki, u yoki bu mamlakatda xo‘jalik yuritishning zamonaviy shakli yoki usuli sifatida bozor iqtisodiyotini shakllantirish (tarkib toptirish, vujudga keltirish) to‘g‘risida gap ketar ekan avvalo, uning dunyo amaliyotida umume’tirof etilgan quyidagi ikki modeli mavjudligi qayd etiladi:

1.Liberal model.

2.Sotsial (ijtimoiy) yo‘naltirilgan model.

Shu o‘rinda har bir modelga tegishli bo‘lgan bu xarakterli belgilarni kimlarningdir ijod mahsuli sifatida emas, balki iqtisodiy hayot aksiomasi tarzida e’tirof etish lozimligini ham qayd etib o‘tish joiz. Bizning xoxish-irodamizga bog‘liq bo‘lmagan holda ular tabiiy ravishda o‘zini namoyon etib turibdi. Bu yerda sun’iy ravishda u yoki bu modelga “tiqishtirilgan” xarakterli belgi yo‘q. Shu bois ba’zi-birovlar tomonidan ular “reviziya” qilinmasligi yoki shubha ostiga olinmasligi kerak. Odatda, yaratilgan u yoki bu model ma’lum bir muallif(lar) tomonidan ishlab chiqiladi. Yaratilgan va amalda faoliyat ko‘rsatayotgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari ham bundan mustasno emas. Ularning ham muallif(lar)i bor. Lekin bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellarining muallif(lar)i Siz bilan biz ko‘nikib qolgan va nazarda tutadigan muallif(lar)dan farqlanadi. Ularning muallif(lar)i – HAYOT, deb ataladi. Shuning uchun bozor iqtisodiyotini shakllantirishning bu modellari alohida olingan shaxslar tomonidan ishlab chiqil(yaratil)maganligini yoki “ixtiro” qilinmaganligini yana bir marta qayd etib, ularning ana shunday ko‘rinishda tarkib topganligi o‘z navbatida, uzoq vaqt davom etgan tarixiy taraqqiyot va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojining natijasi ekanligini ta’kidlash joiz. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari va ularning har biriga xos bo‘lgan xarakterli belgilarni inobatga olish barcha sohalarda (shu jumladan, byudjet-soliq siyosatiga nisbatan ham) oqilona qarorlarni qabul qilish uchun prinsipial ahamiyatga ega.


Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining taʼminlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi subʼektlari boʻyicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining yaratilishiga katta taʼsir koʻrsatadi.
Narx, baho — tovar qiymatining puldagi shakli; bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi iqtisodiy dastak. Iqtisodiy tafakkur tarixidagi ayrim qarashlarda narxni qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib talqin qilishgan, unga qiymatning puldagi ifodasi deb qaralgan. 21-asr boshlaridagi nazariyalar narxni pulning miqdoriy nazariyasi asosida izoxlab, narxga harajatlar, tovarning nafliligi va raqobat taʼsir etishini eʼtirof etadi.
Narxni qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir qiymatdan yuqori yoki past boʻlishi mumkin, bu esa bozordagi muayyan tovarga boʻlgan talab va taklift bogʻliq. Narx faqat qiymatni emas, balki talab va taklif, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati va boshqa tovarlar oʻrnini bosa olishi, muomaladagi pulning harid qobiliyatiga ham bogʻliq. Binobarin, Narx qiymatdan miqdoran farqlanadi.
Mahsulot tannarxi har qanday narxning asosi boʻlib, mahsulotning hayotiy sikli davomida uning narxidagi oʻzgarishlarga katta taʼsir koʻrsatadi. Narx miqdori harajatlarga va tovar sifatiga toʻgʻri mutanosiblikda, rakrbatning shiddatiga esa teskari mutanosiblikda turadi.
Narxning shakllanishiga bozorning holati bеvosita ta’sir ko’rsatadi, chunki narxning shakllanishida bozordagi talab va taklif nisbati asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shunga ko’ra, talab va taklif miqdoriga ta’sir ko’rsata olish imkoniyatiga ko’ra bozordagi raqobatning turli ko’rinishlari farqlanadi.

Yüklə 96,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə