Toshkent davlat agrar universiteti


Kichik biznesni quyidagilar tashkil etadi



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə22/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

Kichik biznesni quyidagilar tashkil etadi:
1. Mulk shaklidan qat’iy nazar, yiliga sanoat korxonalarida о‘rta hisobda 10 nafargacha, savdo, xizmat kо‘rsatish va boshqa ishlab chiqarishdan tashqari sohalarda 5 nafargacha ish bilan band xodimga ega bо‘lgan mikrofirmalar;
2. Ishlab chiqarish sohasida yiliga о‘rta hisobda 40 nafargacha, qurilish, qishloq xо‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish sohalarida 20 nafargacha, ilm – fan, ilmiy xizmat kо‘rsatish, chakana savdo hamda boshqa ishlab chiqarishdan tashqari sohalarda 10 nafargacha ish bilan band xodimga ega bо‘lgan kichik korxonalar kiradi.
Tadbirkorlik shakllari:
1. Xususiy (shaxsiy) tadbirkorlik;
2. Yollanma mehnatni jalb qilib amalga oshiriladigan tad­birkorlik;
3. Bir necha fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa yoki qо‘shma tadbirkorlik.
1995-yil 5-yanvarda e’lon qilingan «Xususiy tadbirkorlikda tashabbus kо‘rsatish va uni ragʻbatlantirish tо‘gʻrisida»gi Prezident farmoni mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga, mulkdorlar tabaqasini shakllantirishga yangi turtki berdi. Farmonga binoan davlat mulkini xususiylashtirishdan tushayotgan mablagʻlarning 50 % kichik biznesni rivojlan­tirishga yо‘naltirildi.
1995-yil 21- dekabrda qabul qilingan О‘zbekiston Respublikasining «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish tо‘gʻrisida»gi Qonuni iqtisodiyotning mazkur sektoriga davlat va mintaqaviy darajada ragʻbatlantirishning asosiy yо‘nalishlarini belgilab berdi. Davlat darajasida xususiy tadbirkorlik faoliyati uchun huquqiy – normativ asoslar, zarur infratuzilma va shart – sharoitlar yaratildi. Mintaqaviy (viloyat, shahar, tuman) dara­jasida esa tadbirkorlarga mahalliy soliq va yigʻimlar solishda yengilliklar berildi, bu sektorni rivojlantirish uchun hududiy dasturlar ishlab chiqildi va amalga oshirish tadbirlari kо‘rildi.
Kichik biznesga kо‘maklashish maqsadida respublika va hududiy miqyosda faoliyat olib boruvchi – Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qо‘llab – quvvatlash fondi (Biznes – fond, 1995-yil iyul), «Madad» sugʻurta agentligi (1995- yil 26- iyun), О‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi (1996-yil martda) ularning hududiy bо‘limlari tashkil etildi. О‘rta va kichik biznesning rivojlanishiga Dehqon va fermer xо‘jaliklari assotsiatsiyasi, «Hunarmand» assotsiatsiyasi, Tadbirkor ayollar assotsiatsiyasi ham kо‘maklashmoqda.
Kichik biznesni rivojlantirishga chet ellik investorlarning va dunyodagi nufuzli banklarning, jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Germaniya tiklanish banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi va boshqa xalqaro moliya tashkilotlarining kredit resurslari jalb etilmoqda. Tadbirkorlar va biznesmenlarga maslahatlar bilan kо‘maklashish maqsadida nemis texnikaviy kо‘maklashuv jamiyati О‘zbekistonda kichik biznesni qо‘llab – quvvatlash markazini, Yevropa hamjamiyati komissiyasi esa amaliy aloqalar markazini ochdilar. Markaziy Osiyodagi Amerika tadbirkorlik fondi va Markaziy Osiyodagi Buyuk Britaniya investitsiya fondi о‘zbekistonlik tadbirkorlarga zarur maslahatlar bilan kо‘maklashdilar.
1998-yil 9-aprelda О‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning «Xususiy tadbirkorlik, kichik va о‘rta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora – tadbirlari tо‘gʻrisida»gi Farmoni e’lon qilindi. 2001- yil 22-avgustda esa О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Tadbirkorlik subyektlarini davlat rо‘yxatidan о‘tkazish va hisobga qо‘yish tizimini takomillashtirish tо‘gʻrisida» qaror qabul qildi. Qarorga binoan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojtirishni ragʻbatlantirish bо‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etildi. Kichik va о‘rta biznes subyektlariga Respublika tovar – xomashyo birjasi, Agrosanoat birjasi, «О‘zulgurjisavdo» orqali moddiy – texnika resurslari sotildi.
Tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida xо‘jalik subyektlarida «Tekshirishlarni rо‘yxatga olish daftari» joriy etildi. Kichik biznes subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati erkinlashtirildi, ular о‘zi ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni naqd xorijiy valyutaga eksport qilishga ruxsat berildi.
Mustaqillik yillarida hukumatimiz tomonidan kichik va о‘rta biznesni qо‘llab – quvvatlash borasida kо‘rilgan tadbirlar natijasida ularning soni yildan yilga kо‘payib bordi.
2010-yil 7-dekabr О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 18 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda 2011- yilni – mamlakatimizda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili deb nomlashni taklif qildi.
Davlat mustaqilligini qо‘lga kiritgan О‘zbekistonga sobiq tuzumdan barbod bо‘lgan iqtisodiy va moliyaviy tizim, izdan chiqqan iqtisodiy boshqaruv mexanizmi va iqtisodiy munosabatlar meros bо‘lib qolgan edi. Respublika korxonalari sobiq Ittifoqning boshqa mintaqalaridagi korxonalar bilan bogʻlangan bо‘lib, Ittifoq parchalangach, ular о‘rtasidagi aloqalar uzildi. Mustaqil Respublikalardagi islohotlar jarayonida korxonalar xususiylashtirildi, mulk egaligi, mahsulot ishlab chiqarish yо‘nalishlari о‘zgardi. Natijada korxonalarning bir – biriga xomashyo, asbob – uskunalar yetkazib berish jarayoni tо‘xtab qoldi. Bu barcha respublikalar, jumladan, О‘zbekiston iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir kо‘rsatdi.
О‘zbekistonning sanoat korxonalarida xomashyo va asbob – uskunalar taqchilligi vujudga kelib, xо‘jalik yuritish murakkablashib qoldi. Masalan, О‘zbekiston qishloq xо‘jalik mashinasozligi zavodlari, tо‘qimachilik va kimyo sanoati korxonalari, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi va boshqa korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish keskin pasaydi. О‘zbekiston oldida iqtisodiyotdagi tanglik holatlarini oldini olish, inqirozga yо‘l qо‘ymaslik, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish vazifasi kо‘ndalang bо‘lib turdi. Shuning uchun iqtisodiy sohada О‘zbekistonning iqtisodiy strategiyasi asosan eng muhim uch vazifani hal etishga yо‘naltirildi:
1. Ishlab chikdrishning pasayishini tо‘xtatish;
2. Iqtisodiy yuksalishning asosi sifatida makroiqtisodiy barqarorlikka erishish;
3. Barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun shart – sharoit yaratish.
О‘zbekistonda islohotlar endigina boshlangan 1992-yildayoq Prezident Islom Karimov О‘zbekistondagi iqtisodiy о‘zgarishlar barqarorlik vaziyatida о‘tishi kerakligini alohida ta’kidlagan edi.
Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun О‘zbekiston iqtisodiyotda tarkibiy о‘zgarishlar qilish, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga qodir korxonalar qurish va buning uchun zarur investitsiyalar ajratish yо‘llaridan bordi.
О‘zbekistonda islohotlarning dastlabki yillaridanoq iqtisodi­yotning quyidagi tarmoqlarida chuqur tarkibiy о‘zgarishlarni amalga oshirish chora – tadbirlari kо‘rila bordi:
  • о‘zak tarmoqlarni — neft va gaz sanoatini, energetikani, oltin qazib olish, rangli metallurgiya tarmoqlarini modernizatsiyalash, yangilash;


  • transport va aloqa tizimini, muhandislik kommunikatsiyalarini va ishlab chiqarish infratuzilma tizimini yangilash;


  • qora metall va metall mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Bekobod metallurgiya kombinatini tubdan ta’mirlash;


  • qishloq xо‘jalik mashinasozligini, paxtachilik uchun chigit ekish, gʻо‘zaga ishlov berish va paxta terish mashinalari ishlab chiqaruvchi korxonalarni tarkiban qayta qurish va yangilash;


  • samolyotsozlik, radioelektronika, elektrotexnika sohasini rivojlantirish;


  • О‘zbekiston uchun tamomila yangi bо‘lgan avtomobilsozlik sanoatini barpo etish;


  • kimyo sanoati kompleksini qayta qurish;


  • qishloq xо‘jaligida va umuman agrosanoat kompleksida chuqur tarkibiy о‘zgarishlar va progressiv siljishlarga erishish;


  • paxta, pilla, meva va sabzavot, uzumni qayta ishlovchi tarmoqlarni yangi texnika bilan qayta qurollantirish, ip yigirish va tо‘qimachilik sanoatida tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yangi korxonalar qurish va boshqalar.


Iqtisodiyot tarkibini qayta qurish, yangi korxonalar barpo etish katta mablagʻlarni talab qilishi tabiiydir. Shu boisdan islohot yillarida iqtisodiyotga mablagʻ – sarmoya jalb qilishning turli manbalari ishga solindi. Ular quyidagilardan iborat:


  • davlat byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar;


  • respublika banklaridan olinadigan kreditlar;


  • korxonalarning о‘z sarmoyalari;


  • aholi sarmoyalari;


  • qarz beruvchi mamlakatlardan olinadigan davlat qarzlari;


  • xalqaro iqtisodiy tashkilotlardan olinadigan moliya–kredit resurslari;


  • chet el firmalari va kompaniyalarining kiritayotgan bevosita investitsiyalari.


Iqtisodiyotda tarkibiy о‘zgarishlarni chuqurlashtirish va rivoj­lantirish uchun barcha mablagʻlar hisobiga sarmoya solish yildan-yilga о‘sib bordi. О‘zbekistonda xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar uchun qulay, imtiyozli investitsiya muhiti yaratildi. Natijada mustaqil taraqqiyot yillarida iqtisodiyotga 100 mlrd dollardan ortiq investitsiya jalb qilindi. Buning 25 mlrd dollaridan ziyodini xorijiy sarmoyadorlarning mablagʻlari tashkil etadi. Bu mablagʻlar yuksak texnologiyalar bilan ishlaydigan yangi korxonalar qurishga, ishlab chiqarish tarmoqlarini zamonaviy texnologiyalar va asbob – uskunalar bilan jihozlashga, sotsial sohalarni rivojlantirishga sarflandi.


Xalq xо‘jaligi tarkibini qayta qurish maqsadida chet el investitsiyasini jalb qilish choralari kо‘rildi. 1998 yil 30 aprelda О‘zbekiston Respublikasining «Chet el investitsiyalari tо‘gʻrisida»gi, «Chet ellik investorlar va investitsiyalarga kafolat berish tо‘gʻrisida»gi Qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar chet ellik investorlarning respublikamizda yaratiladigan mulklarining daxlsizligi va erkin faoliyati uchun huquqiy zaminlarni mustahkamlab berdi. Chet ellik tadbirkorlarga О‘zbekistonda qо‘shma korxonalar barpo etish, о‘z kompaniya va firmalarining bо‘linmalari, shо‘balarini ochish imkoniyati yaratildi. Ularga soliq va bojxona tо‘lovlari yuzasidan imtiyozlar berildi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti, 1995-yilda Prezident farmoni bilan tashkil etilgan xorijiy sarmoyalar bо‘yicha agentlik respublika tadbirkorlariga xorijiy hamkorlar izlab topish, qо‘shma korxonalar barpo etish, investitsiya loyihalarini tuzish va amalga oshirish ishlariga kо‘maklashmoqda. Chet el investitsiyalarini siyosiy xavf – xatarlardan sugʻurtalash bо‘yicha «О‘zbekinvest Interneyshnl» qо‘shma kompaniyasi tashkil etildi va faoliyat kо‘rsatmoqda.
Chet el investitsiyasini О‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilish bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlarning investitsiya yoki moliyaviy kredit resurslari shaklida amalga oshirildi. Respublikamizda yaratilgan qulay vaziyat va ragʻbatlantirish tadbirlari natijasida iqtisodiyotga kiritilayotgan xorijiy investitsiya salmogʻi yildan yilga о‘sib bormoqda. О‘zbekistonga eng kо‘p sarmoya kiritayotgan mamlakatlar qatoriga Rossiya, Yaponiya, Angliya, Germaniya, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarni kiritish mumkin.
Mustaqillik yillarida metallurgiya, oltin qazib olish sanoati ildam qadamlar bilan о‘sdi. Olmaliq kon – metallurgiya kombinati, Bekoboddagi metallurgiya zavodi, Zarafshondagi 2 – gidrometallurgiya zavodi, Chirchiqdagi qiyin eruvchan va о‘tga chidamli metallar kom­binati qayta ta’mirlandi. Bekobod metallurgiya kombinatida yiliga 100 ming tonna pо‘lat shar va metall prokat tayyorlovchi yangi quvvatlar ishga tushirildi. Uchquduqda 3 – gidrometallurgiya zavo­di barpo etildi. Amerikaning «Nyumont mayning» kompaniyasi ishtirokida Navoiy togʻ – metallurgiya kombinati chiqitlaridan oltin ajratib olish bо‘yicha «Zarafshon – Nyumont» qо‘shma korxonasi qurilib, 1995- yil 25- mayda ishga tushirildi. 1991- – 2001- yillarda respublikada oltin qazib olish hajmi 1,7 baravar о‘sdi. Birgina «Zarafshon – Nyumont» qо‘shma korxonasi 1995 – 2003- yillarda 113 million tonna rudani qayta ishlab, 110 tonna yuqori sifatli oltin ishlab chiqardi. Korxonaning О‘zbekiston iqtisodiyotiga bergan samarasi 500 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Elektroyenergetika sanoati ancha rivojlandi. «О‘zbekenergo» davlat aksiyadorlik kompaniyasi mustaqillik yillarida issiqlik va gidravlik elektr stansiyalarini ta’mirlash va ular tarkibida yangi bloklar barpo etish ishlarini amalga oshirdi. Sirdaryo, Yangi Angren, Toshkent, Navoiy GRES lari energetika bloklarida texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari ishga tushirildi.
Germaniyaning «Simens» firmasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ajratgan kredit hisobidan Sirdaryo GRESining 8 ta bloki ta’mirlandi. 2001- yilda 37 ta issiqlik va gidravlik elektr stansiyalaridan iborat О‘zbekiston energetika tizimi 55 mlrd kilovatt – soat yoki 1992- yilga nisbatan 10 % kо‘p elektr energiya ishlab chiqardi. О‘zbekiston energetika tizimi respublika xalq xо‘jaligi va aholisini elektr energiyaga bо‘lgan ehtiyojini tо‘la – tо‘kis ta’minlamoqda, iqtisodiyotni yanada rivojlantirishga ulkan hissa qо‘shmoqda. Shuningdek, О‘zbekiston elektr energiyasi Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afgʻonistonga ham uzatilmoqda.
Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan О‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi qо‘shma korxona barpo etish maqsadida Janubiy Koreya Respublikasining «DAEWOO» korporatsiyasi raisi Kim U Jung bilan muzokaralar olib borildi. 1992-yil 24-avgustda Toshkentda Janubiy Koreyaning «DAEWOOMotors» korporatsiyasi va О‘zbekistonning «Avtoqishxо‘jmash» davlat konserni О‘rtasida Andijon viloyatining Asaka shahrida yiliga 180 ming avtomobil ishlab chiqaradigan «OʻzDAEWOOavto» qо‘shma korxonasini qurish tо‘gʻrisida shartnoma imzolandi. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1992- yil 5- noyabrda Asaka shahrida «OʻzDAEWOOavto» korxonasi tashkil qilish tо‘gʻ­risida qaror qabul qildi. Uning ta’sischilari etib «DAEWOOMotors» korparatsiyasi va «О‘zavtosanoat» uyushmasi, har ikki tarafning qо‘shma korxonadagi ulushi teng miqdorda 50% dan iborat qilib belgilandi. 1993- yil mart oyida «OʻzDAEWOOavto» qо‘shma korxonasi rо‘yxatga olindi va umumiy miqdori 658 mln. AQSH dollari hajmidagi qurilish ishlari boshlandi. Korxona qurilishiga ilgʻor texnologiyalar, tajribali muhandislar, о‘zbekistonlik yoshlar jalb qilindi. 1000 dan ortiq О‘zbekistonlik yoshlar Janubiy Koreyaga borib «DAEWOO» kompaniyasida ishlab, avtomobil ishlab chiqarish tajribalarini о‘rganib qaytib keldilar. «OʻzDAEWOOavto» qо‘shma korxonasining birinchi navbati 1996- yil mart oyida ishga tushirildi. 1996-yil mart oyida «Damas», iyun oyida «Tico», iyul oyida «Neksiya» rusumli avtomobillar ishlab chiqarish boshlandi. 1996- yil 19- iyulda korxonaning rasmiy ochilish marosimi bо‘ldi, unda Prezident Islom Karimov qatnashdi va «OʻzDAEWOOavto» qо‘shma korxonasi qurilishida faol qatnashganlarga minnatdorchilik bildirdi.
О‘zbekiston hukumati «OʻzDAEWOOavto» qо‘shma korxonasiga butlovchi qismlar tayyorlovchi korxonalar qurish tadbirlarini amalga oshirdi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining 1995- yil 30- mayda qabul qilingan «Avtomobillar uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqaradigan О‘zbekiston – Koreya qо‘shma korxonalarini tashkil etish tо‘gʻrisida»gi qarori muhim ahamiyatga ega bо‘ldi. Qarorga muvofiq «OʻzDAEWOOavto» uchun butlovchi qismlar tayyorlaydigan korxonalar tizimini yaratishni mahalliylashtirish dasturi ishlab chiqildi va qurilish ishlari boshlandi. 1996 – 2006- yillarda lak – bо‘yoqlar, avtomobil о‘rindiqlari, ichki jihozlari, elektr kabellari, shinalar, disklar, toblangan oynalar, tovush pasaytirgichlari, yoqilgʻi baki, bamperlar va boshqa butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi «Oʻz – Dong Ko», «Yan Ko», «Oʻz – Sem Yun Ko», «Oʻz – Dong Von Ko», «Oʻz – Tong Xong Ko», «Oʻz – Karam Ko», «Yelektromash», «Meridian» kabi 75 ta yangi qо‘shma korxonalar, ishlab chiqarish quvvatlari barpo etildi.
1999-yil oktabrda Janubiy Koreyadagi yirik «Yeksimbank» bilan «OʻzDAEWOOavto» zavodini moliyaviy jihatdan qо‘llab – quvvatlash bо‘yicha bitim tuzildi va «DAEWOOMotors» kompaniyasi bilan hamkorlikda «OʻzDAEWOOavto» zavodida «Matiz» va «Neksiya – 2» rusumli avtomobillar ishlab chiqarishga kirishildi. «OʻzDAEWOOavto» zavodiga 2000 yil yanvarda «ISO - 9001» sertifikati berildi.
2001- yil avgustda «OʻzDAEWOOavto» zavodida yangi liniya barpo etilib, xalqaro andozalarga tо‘la javob beradigan, har tomonlama qulay, ilgʻor dizayn va texnik afzalliklari bilan ajralib turadigan «Matiz» rusumli yangi avtomobil ishlab chiqarish yо‘lga qо‘yildi. 2003- yilda yana bir liniya barpo etilib, «Lasetti» avtomobili ishlab chiqarish boshlandi. 2004- yilda 70070 dona avtomobil ishlab chiqarildi. 2007- yil oktabr oyida «OʻzDAEWOO» avto negizida «General Motors» korporatsiyasi bilan hamkorlikda «GM Oʻzbekiston» qо‘shma korxonasi tashkil etildi. Natijada Asakada dunyoda mashhur «Shevrale» avtomobillari — «Captiva», «Yepika», «Takuma» rusumli yengil avtomobillar ishlab chiqarilmoqda.
2010- yilda «Shevrale» avtomobili – «Spark» rusumli yangi avtomobil ishlab chiqarish yо‘lga qо‘yildi.
Shunday qilib, «OʻzDAEWOOavto» qо‘shma korxonasining mustahkam poydevori yaratildi. «OʻzDAEWOOavto» zavodi MDH mamlakatlaridagi yengil avtomashina ishlab chiqaruvchilar orasida Xalqaro sifat tizimidan foydalanuvchi birinchi korxona bо‘ldi.
Samarqand shahrida yana bir avtomobil zavodini qurishga ki­rishildi. 1995- yilda «О‘zavtosanoat» uyushmasi bilan Turkiyaning «Kochxolding» kompaniyasi о‘rtasida avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi «SamKochavto» qо‘shma korxonasini barpo etish haqida bitim tuzildi. 1996- yilda «SamKochavto» qо‘shma korxonasi rо‘yxatga olindi va qurilish ishlari boshlandi. Mashinalar loyihasini ishlab chiqishda xalq xо‘jaligining barcha sohalarida foydalanish uchun qulay bо‘lishini ta’minlash maqsadida Italiya – Ispaniya qо‘shma korxonasi «Iveko»ning ixcham konstruksiyalari asos qilib olindi va «Kochxolding» kom­paniyasi a’zosi — «Otayо‘l» zavodida О‘zbekiston sharoitiga moslab takomillashtirildi.
1999- yil mart oyida «SamKochavto» qо‘shma korxo­nasi ishga tushirildi. О‘sha yili foydalanishga qulay, ixcham 163 ta avtobus va 302 ta yuk avtomobili, 2000- yilda esa 483 avtobus va 102 ta yuk avtomobili ishlab chiqarildi. Respublika aholisi uchun «Otayо‘l» rusoʻmli avtobuslar asosiy transport vositasiga aylandi.
2001- yilda О‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatida band bо‘lgan ishchi va xizmatchilar soni 14 mingtaga yetdi. Eng muhimi, о‘zbek avtomobilsozlarining butun bir avlodi shakllandi.
1991- yil maydan Toshkent, Fargʻona, Buxoro tо‘qimachilik kombinatlari, Andijon va Nukus ip – gazlama kombi­natlari, ular tasarrufidagi kichik va о‘rta korxonalarni birlashtirgan «О‘zbekengilsanoat» davlat uyushmasi tashkil etildi. BU uyushma, bir tomondan, mavjud korxonalarni aksiyadorlir jamiyatlari sifatida qayta tashkil etdi, ularni ta’mirlash, yangi texnik jihozlar bilan qayta qurish orqali mahsulotlar ishlab chiqarishni kо‘paytirish tadbirlarini amalga oshirdi. Masalan: «Buxoroteks» aksiyadorlik jamiyati 1994-yilda о‘z mablagʻlari hisobidan Shveysariyaning «Riter» firmasidan 2592 ta yigiruv gʻaltagi quvvatiga ega bо‘lgan uskunalar sotib oldi. 1996-yilda esa Shveysariyadan jalb etilgan 5 mln. shved frankiga ikkinchi yigiruv majmuyi sotib olib korxonani jihozladi. Natijada 1997- yildayoq 1000 tonna kalava ip ishlab chiqarishga erishdi.
Ikkinchidan, davlat uyushmasi tomonidan respublikamizdagi boy xom-ashyolarni, birinchi navbatda paxta tolasini qayta ishlab tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yangi korxonalar barpo etish har tomonlama qо‘llab – quvvatlandi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1996-yil aprel oyida «Mahalliy va yengil sanoatni davlat tomonidan qо‘llab – quvvatlash tadbirlari tо‘gʻrisida» qaror qabul qildi. Qarorga muvofiq tarmoq bо‘yicha 35 ta investitsiya loyihalari ishlab chiqildi va ularni amalga oshirish jarayonida 152 mlrd sо‘m, shu jumladan, 644,4 mln AQSH dollari hajmida chet el sarmoyalari о‘zlashtirildi. Natijada 1996 – 2001- yillarda Janubiy Koreya ishtirokida «Kobul – Uzbek Ko» qо‘shma korxonasiga birlashgan Tо‘ytepa va Toshkent shahrining Kо‘kcha mavzesida 2 ta yirik qо‘shma korxona, «Kobul – Fargʻona Ko» qо‘shma korxonalari qurilib ishga tushirildi. Turkiya tо‘qimachilik kom­paniyalari ishtirokida Nukus shahrida «Kateks» tо‘qimachilik majmuasi, Namangan viloyatida «Asnamtekstil», «Tap – fen», «Kosonsoy-Tekmen», «Atlas – Men», Qashqadaryo viloyatida «Qashteks», «Oqsaroy – tо‘qimachi» qо‘shma korxonalari barpo etildi. Germaniya sarmoyadorlari bilan hamkorlikda 1998 yilda Andijonda «Anteks», Fargʻona viloyatining Yozyovon tumanida «Pfaff-Zinger» qо‘shma korxonalari qurildi. 1999- yilda Xо‘jaobod tumanida tikuv va trikotaj buyumlar ishlab chiqaradigan «Tyan-Din-Du» О‘zbekiston – Xitoy qо‘shma korxonasi, 2000-yilda yiliga 3800 tonna kalava ip ishlab chiqaradigan «Qorakо‘lteks» О‘zbekiston – Amerika qо‘shma korxonasi barpo etildi. 2002- yilda Respublika tо‘qimachilik sanoatida 17 ta qо‘shma korxona faoliyat kо‘rsatdi. Tarmoq bо‘yicha 32 mingdan ortiq yangi ish о‘rinlari tashkil etildi. 2004- yilda 17 ta tо‘qimachilik korxonalari, jumladan «Beruniy teks», «Baliqchiteks», «Bursel – Toshkent» kabi yirik qо‘shma korxonalar qurilib foydalanishga topshirildi.
2002- yil boshlarida «О‘zbekyengilsanoat» davlat uyushmasiga birlashgan 15 ta kichik va 102 ta yirik korxonalar paxta tolasini qayta ishlab yiliga 130 ming tonna yigirilgan ip, 50 mln kvadrat metr gazlama, 2,5 mln kvadrat metr gilam, 62 mln dona trikotaj mahsulotlari, 32 mln juft paypoq, turli xil tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bо‘ldi.
Agar 1991- yilda respublikamizda paxta tolasini qayta ishlash 12 %ni tashkil etgan boisa, 2005- yilda bu raqam 30 %ga yetdi. Chet ellarga kalava ip, paxta va shoyi gazlamalar eksport qilishga erishildi.
Respublikamizda qogʻoz tanqisligi muammosini hal qilishga qaratilgan zavodlar qurildi. Namanganda barpo etilgan «Namangan qogʻozi», Yangiyо‘lda qurilgan «О‘zbek qogʻozi» qо‘shma korxonalari shular jumlasidandar. Respublika Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 20-iyundagi «Respublika qogʻoz sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora – tadbirlari tо‘gʻrisida»gi qaroriga asosan «О‘zbekqogʻozsanoat» uyushmasi tashkil etildi. Uning tarkibiga «Sanoatqalinqogʻozsavdo», «О‘zbek qogʻozi» ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, Yangiyо‘l selluloza – qogʻoz fabrikasi, «Namanganqogʻoz» qо‘shma korxonasi va boshqalar kiradi. «О‘zbek qogʻozi» korxonasi yiliga 11 ming tonna qogʻoz, 3,5 ming tonna karton, 7,5 mln dona umumiy va 65 millionta о‘quv daftari ishlab chiqarmoqda. Yangiyо‘l selluloza – qogʻoz fabrikasi yil­iga 20 ming tonna paxta sellulozasi, 12 ming tonna yuqori sifatli yozuv qogʻozi ishlab chiqarmoqda.
Mamlakatimizda poyabzal mahsulotlari va chinni idishlar, turli xalq iste’mol buyumlari ishlab chiqarish jadal rivojlanmoqda. Qurilish materiallari sanoati bazasi mustahkamlanib, baland binolar, uy – joy qurilishi kengaydi.
Mustaqillik yillarida О‘zbekistonda transport tizimi – temiryо‘li, avtomobil yо‘li, havo, quvur va suv transporti rivoj topdi.
О‘zbekistonda paxtachilik qishloq xо‘jaligining yetakchi tarmogʻi hisoblanadi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida yiliga 2 mln tonna paxta tolasi yetishtirilsa, uning 1,4 mln. tonnasi о‘zbek paxtasi tolasidir. О‘zbekiston paxta tolasi yetishtirish bо‘yicha dunyoda tо‘rtinchi, uni eksport qilish bо‘yicha esa ikkinchi о‘rinda turadi.
Respublikamizda paxta hosildorligi va sifatini yaxshilashga katta e’tibor berilmoqda. Shu maqsadda qator suv omborlari va sun’iy kanallar qurilmoqda, yerning meleorativ holatini yaxshilash tadbirlari amalga oshirildi. Suv tanqisligi hisobga olinib, 1998-yildan boshlab paxtachilikda Isroil texnologiyalari asosida tomchilatib sugʻorish usulidan foydalanilmoqda.
Andijonlik paxtakorlar tashabbusi bilan chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy etildi. Bu usul paxtani erta ekish, qisqa muddatlarda undirib olish, yuqori hosil yetishtirishga mustahkam zamin yaratdi. Paxta ekiladigan yerlar qisqartirilishiga qaramasdan respublikamizda yiliga 3,5 mln. tonnadan ortiq paxta xom – ashyosi tayyorlanmoqda. Shuningdek, О‘zbekiston kanop, tamaki yetishtirish sohasida ham dunyoda yetakchi о‘rinlarda turadi.
Mustaqillik yillarida don mustaqilligiga erishish vazifasi qо‘yildi. Ekin ekiladigan maydonlarda tarkibiy о‘zgarishlar qilinib, xо‘jaliklar qanday ekin ekish sohasida mustaqil bо‘ldilar. Sugʻoriladigan yerlarda gʻalla ekish kengaydi. Umumiy ekin maydonlarida donli ekinlar salmogʻi 1991-yilda 18,8 %ni tashkil etgan bо‘lsa, 1998- yilda 36 %ga о‘sdi, natijada gʻalla yetishtirish sezilarli darajada oshdi. Agar 1991- yilda 1,9 mln tonna don, shu jumladan 600 ming tonna bugʻdoy etishtirilgan bо‘lsa, 2002- yilda 5,4 mln tonnaga yaqin don, shu jumladan 5,0 mln tonnadan ortiq bugʻdoy, 2007-yilda 6,25 mln tonna gʻalla yetishtirildi. Sugʻoriladigan yerlarda о‘rtacha hosildorlik gektariga 48,0 sentnerni tashkil etdi. Andijon viloyatida esa rekord natijaga erishildi — har gektardan 75 sentnerdan ortiq xirmon kо‘tarildi.
О‘zbekistan Respublikasi mustaqillikka erishgach, qishloq xо‘jaligida tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida davlat xо‘jaliklari jamoa, shirkat xо‘jaliklariga aylantirildi, chorvachilik, aksariyat xо‘jaliklarning qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi, dehqon va chorvachilik yо‘nalishidagi fermer xо‘jaliklari tashkil etila boshladi.
Chorvachilik sohasini rivojlantirish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 15-martda «Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora – tadbirlari tо‘gʻrisida»gi, 1994-yil 23- fevralda «Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer) xoʻjaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari tо‘gʻrisida», 1995- yil 24- martdagi «Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qо‘llab – quvvatlash chora – tadbirlari tо‘gʻrisida» qarorlar qabul qilindi. Bu qarorlarga kо‘ra, 1995-yilda jamoa xо‘jaliklarining zarar bilan ishlayotgan 1499 qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi. Natijada respublikada ishlab chiqarilayotgan gо‘sht va sutning 75% ni xususiy sektor bera boshladi.
Chorvachilik sohasi bilan bir qatorda asalarichilik, pillachilik ham rivojlanmoqda.
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida iqtisodiyotning boshqaruv tizimi tubdan о‘zgartirildi, xо‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga mos yangi tizimi yaratildi. Bozor infratuzilmasi asoslari barpo qilindi. Mamlakatimiz iqtisodiy tanazzul davridan о‘tib oldi. 1995 yilga kelib makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1996 yildan boshlab barqaror о‘sish ta’minlanmoqda. Mamlakatda о‘tkazilgan tub islohotlar natijasida iqtisodiy о‘sishni ta’minlovchi zarur shart – sharoitlar vujudga keldi. Xususiy mulkchilikning huquqiy asoslari yaratildi.
Davlat mulkini xususiylashtirish natijasida kо‘p ukladli iqtisodiyot shakllandi. Eng muhimi, odamlarimizning tafakkuri, hayotga bо‘lgan munosabati tubdan о‘zgarmoqda. Turmush darajasi, oilasining farovonligi о‘ziga bogʻlik ekanligini tushunib yetayotgan odamlar tobora kо‘payib bormoqda. Shunday qilib, iqtisodiyot tarkibidagi tub о‘zgarishlar, yangi korxonlarning bunyod etilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida samarali natijalar berdi.
Oʻzbekistonda islohotlar endigina boshlangan 1992-yildayoq birinchi prezident Islom Karimov Oʻzbekistondagi iqtisodiy oʻzgarishlar barqarorlik vaziyatida oʻtishi kerakligini aloxida ta’kidlagan edi. Shuning uchun ham u oʻzining «Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yoʻlida» (1992) nomli kitobida hukumat siyosati xususiylashtirish va raqobat vaziyatini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirishga, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, milliy valyutani mustahkamlashga, iqtisodiy tizimda chuqur tarkibiy oʻzgartishlarni amalga oshi-rishga, kuchli ijtimoiy kafolatlar beradigan huquqiy demokratik davlatni shakllantirishga qaratilgan, deb uqdiradi.
Shu bois mustaqillik yillarida Oʻzbekiston iqtisodiyotini isloh qilishning muqim natijasi bu makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishilgani boʻldi. Binobarin, bu jarayon bozorni shakllantirishdagi muhim jihatdir. «Barqarorlashtirish siyosati, - deb yozadi I.Karimov, - eng avvalo, bu makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin darajada pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yoʻl qoʻymaslikdir. Shuningdek, u pul qadrsizlanishining, pul emissiyasining boshqarilishini ta’minlash, toʻlov balansini bir meyorda saqlash sohasida aniq maqsadni koʻzlab olib boriladigan davlat siyosatidir».
Shuni roʻy-rost aytish kerak, mustaqillik qoʻlga kiritilgan 1991- yil oxirlari va 1992- yilda Oʻzbekiston zimmasiga ogʻir va jiddiy sinovlar tushdi.
Shu davr mobaynida «davlat va xalq oʻz taqdirini, oʻz mustaqilligini, oʻz ozodligini himoya qila olishga qodirmi?» degan savolga javob berishga toʻgʻri keldi. Buning boisi shunda ediki, SSSR parchalanib ketishi, an’anaviy xoʻjalik aloqalarining buzilishi bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy va xom ashyo zahiralarining nihoyatda taqchilligi yuz berdi. Masalan, boshqa mintaqalar va mamlakatlardan maxsulot yetkazib berilishiga bogʻlanib qolgan yirik korxonalar toʻxtab qolish arafasida edi. Buning ustiga aholining moddiy ahvoli yana xam pastlashib ketdi. Oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlarning eng muhim turlari chetdan olib kelinishi sababli bir muncha qiyinchiliklarga duch kelindi.


Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə