Toshkent davlat agrar universiteti


t/r Oʻquv - uslubiy majmua roʻyxati



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə3/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

t/r


Oʻquv - uslubiy majmua roʻyxati

bet



I.


Oʻquv materiallari…...………………….……………………………

4-153



1.1.


Namunaviy dastur........................................................................

4-15



1.2.


Fan sillabusi……….......................................................................

16-21



1.3.


Ma’ruza matnlari ………………...……………………...................

22-147



1.4.


Seminar mashgʻulotlari...…………………….…….........................

148-153



II.


Mustaqil ta’lim mashgʻulotlari…………………….........................

154-155



III.


Glossariy………………………………………………………………

156-165



IV.


Adabiyotlar roʻyxati………………………………………………….

166-167



V.


Umumiy savollar, nazorat uchun savollar, testlar..…………...........

168-198



VI.


Ilovalar……………………………………………………….............

199



VII.


Mualliflar haqida ma’lumotlar……………………………..……….





    1. Ma’ruzalar matnlari


1-mavzu. Kirish. “Oʻzbekistonning eng yangi tarixi” oʻquv fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari.


Reja.
1.Oʻzbekiston tarixini davrlashtirish masalasi.

2.Oʻzbekistonning eng yangi tarixi oʻquv fanining predmeti, maqsad va vazifalari.


3.Oʻzbekistonning eng yangi tarixi fanini oʻrganishning nazariy metodologik asoslari va tamoyillari.
4.Oʻzbekistonning eng yangi tarixi fanini oʻrganishning har tomonlama yetuk insonni tarbiyalashdagi ahamiyati.
Oʻzbekiston tarixi umumjahon – insoniyat tarixining ajralmas qismi hisoblanadi. Oʻzbekiston tarixi fani xalqimizning mustaqil taraqqiyot yoʻliga kirishi, mustaqillik yillarida milliy huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik fuqarolik jamiyatni shakllantirish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratish, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashish jabhalaridagi faoliyatini oʻrgatadi. Shu bilan bir qatorda bu fan xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi, aks ettiruvchi koʻzgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma'naviy saboqlar majmuasidir.
Oʻzbekiston tarixini oʻrganish va yoritishda uning davrlarini ilmiy asosda toʻgʻri belgilash katta ahamiyatga egadir. Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan Oʻzbekiston xalqlari, yer yuzining qator hududlaridagi xalqlar kabi oʻz tarixida insoniy taraqqiyotida sodir boʻlgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy bosqich (formatsiya)larni bosib oʻtgan emas. Bundan chiqadigan xulosa shuki, biz oʻz tariximizni shu ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar asosida davrlashtirsak,tarixiy haqiqat soxtalashtirilgan boʻladi. Shu sababdan biz Oʻz xalqimiz, Vatanimiz tarixini oʻzbek davlatchiligi tarixi bilan chambarchas bogʻlab davrlashtiramiz va oʻrganamiz.
Ma'lumki, tariximiz juda qadim va katta davrni hamda juda keng geografik mintaqani, shuningdek, tub burilish, yuksalish va inqiroz bosqichlarini ham oʻz ichiga oladi. U xilma – xil ijtimoiy voqea va hodisalarga, har xil diniy va madaniy qatlam, gʻoyaviy dunyoqarash va falsafiy oqimlarga boy, jahon tarixi va sivilizatsiyasining eng qadimiy va navqiron oʻchoqlaridan biri hisoblanadi. Oʻtmishda taqdir taqozosiga koʻra tariximiz, aniqrogʻi, Vatanimiz hududi jahon miqyosida kengayib va ma'lum geografik mintaqada torayib keldi. Bu tariximizning oʻta buyuk, shu bilan birga, juda ham murakkab boʻlganligidan dalolatdir. Shuni ham aytish joizki, bu holat hozirgi jonajon Vatanimiz Oʻzbekiston tarixining chegarasi va davrlashtirilishini ancha murakkablashtirdi.
Istiqlol yillari davrida tarixchi olimlarimiz tomonidan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning «Oʻzbekistonning yangi tarixini yaratish» kerakligi haqidagi metodologik va konseptual gʻoyalariga amal qilgan holda koʻp ming yillik Vatanimiz tarixining ilmiy asoslangan davrlashtirilishi amalga oshirildi:
  • Ibtidoiy – jamoa tuzumi;


  • Qadimgi davr: davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi;


  • Oʻrta asrlar davri;


  • Turkiston Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davri;


  • Oʻzbekiston sovetlar hokimiyati davri;


  • Oʻzbekistonning eng yangi tarixi davri.


Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasida davlat boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalarda katta oʻzgarishlar amalga oshirildi. Shuningdek, ta’lim sohasida ham bir qator islohotlar oʻtkazilib, barkamol avlodni shakllantirishga yoʻnaltirilgan Milliy dastur izchillik bilan rivojlantirilib borilmoqda. Bugun jahonda yuz berayotgan voqea va hodisalar, mafkuraviy qarama-qarshiliklarning mazmun-mohiyatini tahlil etish, turli xil yot gʻoyalardan yoshlarni himoya qilish uchun tarixiy tafakkurni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Umumiy oʻrta ta’limda oʻquvchilar Vatan tarixining mustaqillik davrini oxirgi sinfda besh-olti yil oldin yozilgan darslik asosida oʻqitilib kelinmoqda va bugungi jamiyatda kechayotgan jarayonlarni dasturga kiritish va ular haqida keng ma’lumot berish ancha qiyin kechmoqda. Shuning uchun Oliy oʻquv yurtlarida Oʻzbekistonning eng yangi davri tarixini chuqur oʻrganish oʻta dolzarb vazifa hisoblanadi, chunki yosh mutaxassislarning bugungi davr siyosati, davr qahramonlarini, ayniqsa oʻzining ham shu jarayon ishtirokchisi ekanligini toʻgʻri va toʻliq anglashi jamiyat taraqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.


Oʻzbekistonning eng yangi tarixi fanida Oʻzbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi arafasida yuzaga kelgan murakkab vaziyat, respublika mustaqilligining e’lon qilinishi, mustaqillik yillarida mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalardagi islohotlar va ularning bosqichlarini, Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatiga har tomonlama integratsiyasini, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni ta’minlash, tinchliksevar tashqi siyosat kabi masalalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib beriladi.
Fanni oʻqitishning maqsadi – Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasida yuz bergan muhim oʻzgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini koʻrsatish va jamiyat hayotida talaba(mutaxassis)ning oʻrnini, oʻzligini anglatishdan iborat.
Fanni oʻqitishning vazifalari – mustaqillikka erishish arafasida Oʻzbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy va boshqa sohalardagi islohotlarning mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalashdan iborat.
Mustaqillik yillari ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tezkorligi, voqea va hodisalarning shiddatliligi, olam-u odam taqdiriga daxldor boʻlgan dunyoviy muammolar-u serqirra hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan umumiy qarashlarimizdan tortib, eng kichik, eng shaxsiy yumushlarimizgacha boʻlgan barcha hodisalarni oʻzida mujassam etadi.
Tabiiyki, bunday yalpi yangilanishlar jarayoni ijtimoiy-gumanitar fanlar qatorida tarix fani oldiga ham yangi vazifalar qoʻyadi. Tadqiqotchilar birinchi navbatda xalqimizning mustaqillikka erishish yoʻlidagi asrlar osha olib borgan tinimsiz kurashini, uni qoʻlga kiritish yoʻllari va vositalarini, milliy davlatchilik qurilishiga doir tajribani, mustaqillikni mustahkamlashning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy omillarini oʻrganish va milliy gʻoyani yaratish kabi bir qator muhim muammolarni har tomonlama mushohada qilmoqlari lozim.
2007-yil 30-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident devonining Mustaqillikning 16 yilligiga bagʻishlangan qoʻshma majlisida birinchi Prezident I.A.Karimov «Oʻzbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yoʻli mavzusida ma'ruza qildi. Unda Oʻzbekiston mustaqilligi tasodifiy hodisa emasligi, u oʻziga xos kurashlar, ziddiyatlar, iztiroblar bilan birga juda katta tarixiy yutuq ekanligini alohida ta'kidladi. Shu bilan birga ushbu davr fanda butun koʻlami va salmogʻi bilan yetarli darajada oʻrganilmaganligini alohida ta'kidladi va «mustaqillikka erishish davri haqida, eski tuzum inqirozga duchor boʻlib, sobiq ittifoq parokandalikka yuz tutgan bir paytda mamlakatimizda tobora keskin tus olgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat, oʻzligimizni anglash va toptalgan milliy gʻururimizni tiklashga qaratilgan intilish kuchayib borgani, Vatanimiz mustaqilligini qoʻlga kiritish qanday sharoitda kechgani haqida yaxlit, yagona va xolis koʻz bilan qarab baho beradigan jiddiy tahlil-tadqiqot hozirgacha amalda yoʻqligini afsus bilan aytishga toʻgʻri keladi» - dedi.
Mustaqillik davrining xalq, millat va mamlakat taqdiridagi buyuk voqelik, noyob qadriyat ekanligi xususidagi fikrlarini davom ettirib birinchi Prezident I. Karimov «Oʻzbekiston mana shunday tahlikali va murakkab vaziyatda qanday maqsadlarni koʻzda tutib, qanday amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirganini, bu harakatlarning ilmiy-tarixiy, mantiqiy va qonuniy zamini va omillari, kerak boʻlsa, istiqlol oʻzbek xalqiga tuhfa tariqasida berilmagani - bularning barchasi haqida har taraflama chuqur yoritib va isbotlab beradigan izlanish va tahlil bugungi kunda ham oʻzining dolzarbligi va ahamiyatini yoʻqotmaganini qayd etishimiz zarur», degan talablarni qat'iy qilib qoʻydi.
Darhaqiqat, tarix xotirasi inson taraqqiyotiga kuchli ta'sir oʻtkazadi, milliy gʻoyaning shakllanishida muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Milliy ong, milliy tafakkur xalq tarixi, uning rivojlanish bosqichlarini nechogʻli oʻrganish, undan saboq chiqarish bilan bogʻliq. Ulugʻ allomalar aytganidek, tarix insonni istiqbolga da'vat etadi, ulkan yaratuvchilikni ragʻbatlantiradi. Zotan, uning ulugʻ murabbiylik, tarbiyachilik, yoʻnaltiruvchilik qudrati ham xuddi ana shunda.
Xullas, “Oʻzbekistonning eng yangi tarixi” oʻquv fani ana shu tarixiy jarayonlarni toʻlaroq qamrab olish, uni jamlash, ma'lum bir tartibga solish, qolaversa, ana shu jarayonlarni iloji boricha koʻproq oʻrganish orzu-istagida vujudga keldi. Darhaqiqat, mustaqillik davrida oʻtgan kunlarimiz alohida oʻrganishni, tadqiq etishni, ilmiy va nazariy xulosalar chiqarishni taqozo etmoqda. Buning oʻziga xos asoslari bor.
Birinchidan, Oʻzbekiston mustaqil suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatida oʻziga xos nufuzga ega boʻldi. U oʻzining katta ishlab chiqarish imkoniyatlari, boy aqliy va jismoniy salohiyati, tengsiz tabiiy boyliklari bilan dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari diqqatini tortdi va ular bilan tengma-teng turib hamkorlik qilish qudratiga ega ekanligini koʻrsata oldi.
Ikkinchidan, eng ogʻir, mashaqqatli va ziddiyatli paytlarda, oʻtish davrining oʻziga xos murakkabliklari mavjud boʻlgan bir vaqtda mamlakatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy barqarorlikning saqlab turilishi mamlakat hukumati siyosatining naqadar hayotiy va xalqchil ekanligini koʻrsatadi. Ayniqsa, yuzdan ortiq millat va elat yashayotgan mamlakatda turli aqidalar va gʻoyalar ta'sirida boʻlgan aholining talab-ehtiyojlarini oʻz vaqtida qondirish, ularning qarashlarini bir nuqtada jamlash alohida uddaburonlikni va qat'iyatlilikni talab etadi. Oʻzbekiston hukumati xuddi ana shunday qat'iyatni koʻrsata bildi.
Uchinchidan, bozor munosabatlariga oʻtish jarayonida aholini ijtimoiy himoyalash, dunyoviy davlat qurishning asosi boʻlgan qonun ustuvorligiga erishish, qonun oldida barchaning tengligini ta'minlash tamoyillari vujudga keldi. Tub islohotlaming Respublikamiz birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mashhur besh tamoyili istiqlolning dastlabki yillaridayoq jahon hamjamiyatida yuqori baholandi va toʻla tan olindi.
Toʻrtinchidan, xorijiy investitsiyani jalb etish, chet ellik ishbilarmonlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shu asosda mamlakat ishlab chiqarishini tubdan oʻzgartirish, uni jahonning eng ilgʻor texnologiyalari bilan qayta jihozlantirish yoʻli tutildi. Bu Oʻzbekistonning jamiyatni bir holatdan ikkinchi bir holatga oʻtkazishda barcha yosh mustaqil mamlakatlar oʻrtasida eng toʻgʻri yoʻl tanlaganini koʻrsatdi.
Beshinchidan, Oʻzbekiston hukumatining islohchilik siyosati bevosita xalq dunyoqarashi, uning ming yillar mobaynida shakllangan urf-odatlari, an'analari bilan uygʻun holda amalga oshirila boshlandi. «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin», «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir), «Savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni har kun qilish kerak», «Farzandlarimiz bizdan koʻra kuchli, aqlli, dono va, albatta, baxtli boʻlishi kerak» singari shiorlar xalqimizning orzu-istagi, umid va intilishlari bilan uygʻun holda dunyoga keldi. Bugungi kunda Oʻzbekistonning tom ma'noda ma'naviy tiklanish va ruhiy poklanish maydoniga aylanganligi ana shu eng ezgu niyatlar asosida davlat siyosati va xalq orzu-umidlarining uygʻunligi natijasidir.
Oʻzbekiston umumbashariy oʻzgarishlar jarayonlari oqimida oʻzining betakror ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy yangilanishlari dasturiga ega boʻlgan mamlakat sifatida oʻziga xos va oʻziga mos mavqeni egalladi. Yangi sivilizatsiya va insoniyat taraqqiyotiga kuchli ta'sir oʻtkazishga qodir boʻlgan davlat sifatida oʻzining keng imkoniyatlarini namoyon eta boshladi.
Oʻzbekistonda amalga oshirilgan favqulodda keng koʻlamdagi ishlar hozirgi zamon jahon sivilizatsiyasi bilan mushtarak ekanligi alohida qayd etilishi lozim. Oʻzbekistonda milliy, regional va umumplanetar moʻljallar doirasida izchil va tadrijiy kechayotgan yalpi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida oʻrganish, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni baholash, tahlil etish, hamda ilmiy-nazariy umumlashmalar qilish asnosida bu jarayonlarni maqsadli boshqarish Oʻzbekistondagi yangilanishlar rivoji oʻziga xos kechayotganligini ifoda etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy hayotni maqsadli takomillashtirish, bu muhitni umuminsoniy va milliy tamoyillar uygʻunligi ruhida rivojlantirish, siyosiy plyuralizmga shart-sharoitlar yaratish, liberalizm muhitini har tomonlama kengaytirishga da'vat etish orqali mamlakatimizda yalpi yangilanishlar jarayonlariboshlanishiga nazariy poydevor qoʻyildi. Davlat tuzumi, jamiyat qurilishi va shaxs ma'naviyati dunyosini tubdan isloh qilish yangilangan davlat, oʻzgargan jamiyat va komil shaxsni yaratish imkonini berdi. Davlat, jamiyat va shaxsni yangilash jarayonlari, bu jarayonlarni maqsadli boshqarish nechogʻli aqliy shijoat, dono siyosat hamda matonatni talab etganligiga bugungi kunda amin boʻlib turibmiz. Zero, bu boshqaruv sermashaqqat va murakkab kechuvchi ijtimoiy-siyosiy voqealar, mafkuraviy ta'sir va tazyiqlar, maxsus yuzaga keltirilgan moddiy-moliyaviy tangliklar holatlari sharoitida amalga oshirildi.
Ma'lumki, jamiyat taraqqiyotida shaxsning roli benihoya katta. Ayniqsa, oʻtish davrida davlat arbobining, siyosiy yetakchining oʻmi yana ham yaqqolroq koʻzga tashlanadi. Chunki, bu paytda ma'lum bir siyosiy tartibot ham, siyosiy qatlam ham, jamiyatni yoʻnaltiradigan oqim ham shakllanmagan, qarashlar bir oʻzanga tushmagan, turli qarama-qarshiliklar va ziddiyatlar mavjud boʻlgan murakkab bir vaziyat vujudga keladi. Bunday paytda xalq oʻz kelajagini asosan davlat rahbariga qarab belgilaydi. Oʻzining iymon e'tiqodini, taqdirini u bilan bogʻlaydi.
Ana shu nuqtayi nazardan qaraganda mustaqillikning oʻtgan davrida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng koʻlamli ishlar bevosita davlat rahbarining shaxsiyati, uning ish uslubi, voqea-hodisalarga yondashish usuli bilan bogʻlanib ketgan. Davlat arbobining siyosiy qiyofasi oʻtish davrining noyob mahsuli sifatida tarix sahifalarida bosh islohotchi qiyofasida mustahkam oʻrnashgan boʻladi.
Demak, mustaqillik davri tarixini oʻrganar ekanmiz, bu jarayon bevosita mamlakat birinchi Prezidenti I.Karimov faoliyati bilan uzviy bogʻlanganligini yaqqol koʻramiz va uni sahifalarga aynan koʻchirishga intildik. Zotan, ana shu yillarda I.Karimov ismi sharifi bir shaxs nasl-nasabi doirasidan chiqib, ulkan ijtimoiy-siyosiy voqelik, millat mohiyatini oʻzida mujassam etgan qadriyat maqomiga ega boʻldi. Boshqacha qilib aytganda «Oʻzbekiston - Mustaqillik - Islom Karimov» atamalari yaxlit, bir-birini toʻldirib boradigan tushunchaga aylandi.
Shubhasiz, yuqorida tilga olingan masalalarni har tomonlama chuqur oʻrganish, ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish va mushohada qilish kishilarda yuksak ma'naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy gʻoyani shakllantirish, yoshlarni tarixiy an'analarga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga koʻmaklashadi.



Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə