Toshkent davlat agrar universiteti


Vazirlar Mahkamasi va uning faoliyati



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə14/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

Vazirlar Mahkamasi va uning faoliyati. Oʻzbekiston Respublikasidahukumat “Vazirlar Mahkamasi” deb nomlangan boʻlib, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisidagi” Qonunga binoan, u Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlisning qororlari, Prezident farmonlari, qarorlariva farmoyishlari ijrosini ta’minlovchi ijro etuvchi hokimiyatdir.
Hukumat – davlat boshqaruvining oliy organi boʻlib, davlat boshqaruv shaklining qanday boʻlishidan qat’iy nazar har qanday davlatning oliy ijroya organi hisoblanadi. Hukumat Konstitutsiya va qonunlar asosida mamlakatning ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi, jamoat tartibi va milliy xavfsizlikni ta’minlaydi, davlat boshqaruvining boshqa organlari hamda Qurolli kuchlarga umumiy rahbarlik qiladi. Hukumatning shakllanish tartibi, mazkur davlatda mavjud boʻlgan boshqaruv shakliga bogʻliq holda oʻrnatiladi hamda turli davlatlarda turlicha nomlanadi. Misol uchun,АQShda – Ma’muriyat, Аngliyada va Turkmanistonda – Ministrlar Kabineti, Frantsiya va Italiyada – Ministrlar Kengashi, Xitoyda - Davlat Kengashi,Rossiya va Tojikistonda – Hukumat, Yaponiyada – Kabinet va hok.
Oʻzbekistonda Vazirlar Mahkamasi Prezident, Oliy majlis va sudlar bilan bir qatorda hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sudhokimiyatiga boʻlish asosida amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga va oʻzi tashkil etadigan xoʻjalik boshqaruvi tuzilmalariga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan ishlashini ta’minlaydi. Vazirlar mahkamasi qonun bilan belgilab qoʻyilgan oʻz tarkibiga ega. Unga koʻra, Vazirlar Mahkamasi tarkibiga Bosh vazir, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlari, davlat qoʻmitalarining raislari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining rahbarlari kiradi.
Konstitutsiyaga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va ungi rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar boʻladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi.
Vazirlar Mahkamasining tarkibi Prezident tomonidan shakillantiriladi. Prezident Bosh vazir nomzodini koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun Oliy majlis palatalariga taqdim etadi.Ushbu masala avval Qonunchilik palatasida, soʻngra Senatda koʻrib chiqiladi. Bosh vazirni lavozimidan ozod qilish Prezident vakolatiga kiradi. Vazirlar mahkamasining a’zolari Bosh vazir taqdimiga koʻra, Prezident tomonidan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida Bosh vazir va uning oʻrinbosarlaridan iborat tarkibdagi Vazirlar Mahkamasining rayosati faoliyat koʻrsatadi.
Vazirlar Mahkamasining ijro hokimiyatini shakllantirishda ishtirok etishiga doir vakolatlariga quyidagilar kiradi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasining a’zoligiga nomzodlarni tasdiqlash uchun Prezidentga taqdim etadi.
2. Vazirlar Mahkamasi Respublika qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
3. Oʻzbekistonning butun hududidagi barcha organlar, korxonalar,muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari sifatida quyidagi faoliyat sohalarini keltirish mumkin:
- ma’muriy-siyosiy sohasidagi faoliyat;
- iqtisodiyot sohasidagi faoliyat;
- ijtimoiy-madaniy sohasidagi faoliyat.
Vazirlar Mahkamasining majlislarida davlat boshqaruvi, xoʻjalik va ijtimoiy – madaniy qurilishning eng muhim masalalari hal etiladi. Majlislar yilning har choragida kamida bir marta oʻtkaziladi. Ularni tayyorlash va oʻtkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ish tartibi toʻgʻrisidagi” qarori bilan belgilanadi. Vazirlar Mahkamasi majlislarida muhokama etish uchun masalalar vazirlar, davlat qoʻmitalarining raislari, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, kontserinlar, uyushmalarning rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar vaToshkent shahar hokimlari, ular boʻlmagan hollarda ularning birinchi oʻrinbosarlari tomonidan kiritiladi.

Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə