Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga


tovar - faoliyatning olish va realizatsiya qilish uchun mo‗ljallangan mahsuli,  shu jumladan, ishlar va xizmatlar;  tovar bozori



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

tovar
- faoliyatning olish va realizatsiya qilish uchun mo‗ljallangan mahsuli, 
shu jumladan, ishlar va xizmatlar; 
tovar bozori
- tovarning (shu jumladan, bir-birining o‗rnini bosadigan 
tovarning) O‗zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala 
doirasi bo‗lib, u O‗zbekiston Respublikasining ma‘muriy-hududiy bo‗linishiga mos 


197
kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida tovarni olish yoki 
realizatsiya qilish imkoniyati mavjud bo‗ladi; 
xo‗jalik yurituvchi subyekt
- tovarlarni ishlab chiqarish, olish va realizatsiya 
qilish faoliyati bilan shug‗ullanuvchi yuridik shaxs, shu jumladan, chet ellik yuridik 
shaxs, xo‗jalik boshqaruvi organi, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor. 
Sof monopoliya
- bu bitta sotuvchi va ko‗p xaridorlar qatnashgan bozor, yoki 
o‗rnini bosadigan tovar bo‗lmagan tovarni sotadigan yagona sotuvchi bo‗lgan bozor 
vaziyati, yoki tarmoqda yagona hukmron firma bo‗lib, firmaning ishlab chiqarish va 
sotish chegarasi tarmoq chegarasiga teng bo‗lgan bozor. Sof monopoliya va 
raqobatlashgan bozor bir-biriga teskari bozorlar hisoblanadi. 
Oligopoliya
- bu bozor tizimida biror bir tovarni sotishda cheklangan firmalar 
hukmronlik qiladi. 
Monopol raqobat bozori
to‗liq raqobatlashmagan bo‗lib, unda qatnashadigan 
firmalar soni ko‗p bo‗lib, ularning har biri o‗z tovarlari narxini ma‘lum chegarada 
nazorat qiladi, ya‘ni ular kichik bo‗lsa ham monopol hokimiyatga ega. 
Monopsoniya
- xaridor bitta bo‗lib, sotuvchilar ko‗p bo‗lgan bozor.
Agar bozorda monopolist- sotuvchi bilan monopolist xaridor uchrashsa
bunday holda ikki tomonlama monopoliya bo‗ladi. 
ustama 
— xo‗jalik yurituvchi subyekt tomonidan joriy xarajatlarni qoplash 
va muayyan summada sof foyda olish uchun tovarni sotishda ularning xarid narxi 
(tarifi) ustiga qo‗yilgan qo‗shimcha (nisbiy yoki mutlaq miqdor); 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə