10-маvzu: monopoliyaning iqtisodiy asoslari reja



Yüklə 138,11 Kb.
səhifə1/11
tarix19.12.2023
ölçüsü138,11 Kb.
#151666
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10-mavzu


10-МАVZU: MONOPOLIYANING IQTISODIY ASOSLARI


REJA:

  1. Monopoliyaning mohiyati va uning vujudga kelishi.

  2. Monopoliyaning turlari.

  3. Monopoliyaning afzalliklari va ijtimoiy- iqtisodiy oqibatlari.

  4. Bozorda narxlarning shakllanish holati.

  5. Narx siyosati va uning O'zbekistonda amalga oshirilish xususiyatlari.

Monopoliya, monopoliya turlari va shakllari, Larner koeffisenti, Xerfin dal-Xirshman indekslari, Monopoliyalarning afzalliklari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, narxlaming shakllanishi, sof monopoliya, monopolistik raqobat, oligopoliya va monopsoniya




1. Monopoliyaning mohiyati va uning vujudga kelishi sabablari


Iqtisodiyotda bozor mexanizmining samarali amal qilishi va raqobat muhitining ta’minlanishi monopoliyalar, nlaming kelib chiqish sabablari va amal qilish xususiyatlarini ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Monopoliya tushunchasiga turli o‘quv adabiyotlarida turlicha ta’rif beriladi. Jumladan, ba’zi o‘rinlarda uni «davlat, korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning qandaydir xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi»1 sifatida qaralsa, boshqa holatlarda «faoliyatning u yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har qanday (ba’zi adabiyotlarda - yakka) hukmronlik holati»2 deb ta’riflanadi. Bu ta’riflardagi monopoliyaning «mutlaq huquq» yoki «har qanday yoki yakka hukmronlik holati» kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib berolmasligi sababli, uni quyidagicha ta'rill ash o‘rinli deb hisoblaymiz: monopoliya - monopol yuqori narxlami o‘matish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari3. «Monopoliya» atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya’ni, grekcha «monoc» - yagona, bitta va «poleo» - co’laman) tarkib topsada, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi.
Monopoliyalar bir qator yo‘llar orqali kelib chiqadi. Bular:

  • Kapitalning to‘planishi va markazlashuvi.

  • Fan texnika taraqqiyoti.

  • Davlatning ayrim faoliyat sohalarini qo‘llab-quvvatlashi.

  • O‘zaro kelishish.

Monopol hokimiyat. Firma monopol hokimiyatga ega boladi, qachonki u o'zining soladigan tovari narxiga tasir qila olsa, yani o'zgailira olsa. Monopol hokimiyat darajasi ushbu tovar o'mini bosuvchi tovarning mavjudligi va tovarning bozordagi ulushi bilan belgilanadi. Monopol hokimiyatga ega bo'lish uchun firmaning sof monopolist bo‘lishi shart emas. Firma mahsulotiga bo’lgan talab chizigi raqobatlashgan bozordagiday garizontal bo‘lmasdan, pastga yotiq bolishi kifoyadir. Agar talab chizig‘i pastga yotiq bo'Isa, firma taklif hajmini oshirib yoki kamaytirib, mahsulot narxini o‘zgartirishi mumkin. Umuman olganda monopolist narxni nazorat qilishidan yutuqqa ega bo‘ladi. Monopolistning taklifi raqobatlashgan bozor taklifiga ko‘ra kam bo ladi, tovar narxi esa, raqobatlashgan narxga nisbatan yuqori bo‘ladi (monopol narx chekli xarajatdan yuqori).
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishningto‘planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to‘planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to‘planishini nаmоуon etadi. Ishlab chiqarish to'planishining asosiy sababi bo’lib olinayotgan foyda hajmining ko‘payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko‘paytirib borish maqsadida tadbirkor olingan qo‘shimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini kapitallashtiradi, ya’ni unga qo‘shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa ba’zi bir korxonalaming o‘sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining kengayishiga olib keladi. Shu bilan birga raqobat amaldagi kapitallaming ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendensiyasini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish to'planishining moddiy asosi bo‘lib kapitalning to‘planishi va markazlashuvi hisoblanadi.

Yüklə 138,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə