10-маvzu: monopoliyaning iqtisodiy asoslari reja



Yüklə 138,11 Kb.
səhifə2/11
tarix19.12.2023
ölçüsü138,11 Kb.
#151666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10-mavzu

Kapitalning to‘planishi - bu qocshimcha qiymatning bir qismini jamg‘arish (kapitallashtirish) natijasida kapital haj mi ning oshishidir. Bu jarayon quyidagi ko‘rsatkichlar orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni, korxonaning ishlab chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xomashyo miqdori, tovar aylanmasi haj mi, foyda hajmi. Kapitalning to'planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada toidiriladi. Kapitalning markazlashuvi - bu bir kapital tomonidan boshqa birining qo‘shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallaming aksiyadorlik jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital haj mining o‘sishidir.
Ishlab chiqarishning gorizontal va vertikal to'planishi farqlanadi.
Ishlab chiqarislming gorizontal to‘planishi - bu milliy iqtisodiyotning ma’lum tarmog‘i doirasidagi korxona va firmalarning yiriklashuvidir. U erkin raqobat davri, shuningdek, XX asming boshlarida ishlab chiqarish to‘planishining asosiy shakli sifatida may donga tushgan edi.
Ishlab chiqarishning vertikal to'planishi - bu milliy iqtisodiyotdagi bir necha o‘zaro bog‘liq tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarishning to'planish idir. U ilmiy- texnika inqilobi sharoitlarida keng rivojlandi.
Ishlab chiqarislming to'planishi o‘z rivojining ma’lum darajasida monopoliyalaming paydo bo‘lishiga olib keladi. Ishlab chiqarishning to‘planishi hamda monopoliyalaming paydo bo'lishi o‘rtasidagi ichki aloqalar quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

  1. tarmoqlarda bir necha yirik кorxonalarning hukmron mavqega ega bo'lishi ulaming bir-biri bilan kelishuviga hamda monopolistik birlashmalar tuzishiga imkon yaratadi;

  2. yirik korxonalar o‘rtasidagi raqobat juda qaltis bo‘lib, ular uchun katta miqyosdagi yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. SHunga ko‘ra, raqobatni cheklash, tovarlarga yuqori narxlar belgilash va yuqori foyda olish uchun yirik ishlab chiqaruvchilarning monopolistik ittifoqlarga birlashishi lozim bo‘ladi.

Monopoliyalaming vujudga kelishida ishlab chiqarishning to'planishidan tashqari yana bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi:

  1. davlatning proteksionistik bojxona siyosati. U chet eldagi raqobatchilarning ichki bozorga kirish imkoniyatini yo‘qotib, monopoliyalaming paydo bo’lishiga sharoit yaratadi;

  2. banklarning faoliyati va moliyaviy siyosati. Banklar sanoat monopoliyalarining jadal o‘sishiga imkon beradi.

Sof monopoliyaning vujudga kelishiga ta’sir qiluvchi yana bir omil bu - tarmoqqa kirish to‘siqlarining kuchliligidir. Biror mahsulotni sotishdan tushadigan iqtisodiy foyda yuqori boclsa, bu raqobatlashgan bozor sharoitida boshqa fimialami ham shu bozorga kirib kelishi uchun signal bo‘lar edi. Agar monopol firma iqtisodiy foyda ola boshlasa, bu boshqa firmalami ham ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga undaydi. Demak sof monopoliyani saqlab qolish uchun, boshqa raqobatlashmoqchi bo‘lgan firmalar uchun maxsus to‘siqlar bo‘lishini taqazo qiladi. Tarmoqga kirish to‘siqlari - bu monopol firma bozoriga boshqa sotuvchilarni kirib kelishini to‘xtatuvchi cheklanishlar.
Tarmoqqa kirish to'siqlaridan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin.

  1. Davlat tomonidan berilgan maxsus huquq. Masalan mahalliy hokimiyatlarda aholiga transport xizmati ko‘rsatish, pochta xizmati ko'rsatish, kommunal xizmati ko‘rsatish va aloqa xizmati ko‘rsatish bo‘yicha monopol huquqlar berib, rasmiy to‘siqlar yaratadi.

  2. Patentlar va mualliflik huquqi, yangi texnologiya yaratganlar uchun patent va mualliflik huquqi berilishi, ularga ushbu yangilikni sotishda, undan foydalanish uchun litsenziya berishda monopol huquq beriladi. Lekin bunday huquq ma'lum muddatgacha kuchga ega bo’ladi. AQSH da patent qonuniga ko‘ra ixtirochi o‘z ixtirosiga 17 yil egalik qiladi.

  3. Biror bir ishlab chiqarish resursi taklifiga egalik qilish. Masalan, AQSH ning «De Birs» kompaniyasi jahonda sotiladigan, qayta ishlanmagan olmosning 85 foizini nazorat qilgani uchun, olmos bozorida monopol hokimiyatga ega. Yuqoridagilardan tashqari insonning noyob qobiliyati va bilimi ham monopoliyani vujudga keltiradi.




Yüklə 138,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə