10-маvzu: monopoliyaning iqtisodiy asoslari reja



Yüklə 138,11 Kb.
səhifə5/11
tarix19.12.2023
ölçüsü138,11 Kb.
#151666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10-mavzu

3) tovar belgilari - bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari, nomi va boshqalami ro‘yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish bo'yicha paydo bo’lgan munosabatlami qonuniy tarzda tartibga solish shakli.
Sun’iy monopoliya - monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) nomi. Sun’iy monopoliya o‘z manfaatlari yolida bozor muhiti tuzilishini ataylab o‘zgartiradi, ya’ni:

  • bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yol qo'ymaslik uchun turli to'siqlar hosil qiladi (xomashyo va energiya manbai arini egallab oladi; banklarning yangi korxonalarga kredit berishini taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar);

  • ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnologiyasiga erishib, qolgan raqiblarining bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi;

  • ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini bemvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qollaydi;

  • o‘z faoliyatini yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa raqobatchilarni bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi.

Sun’iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsorsium, konsem kabi aniq shakllarda namoyon bo’ladi.
Kartel - bitta sanoat tarmogidagi bir necha korxonalarning uyuslmiasi bo‘lib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o‘z mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulot] ami sotish esa kvo’la, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning bo‘lib olinishi va h.k. bo‘yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Sindikat - bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalaming birlashmasi. Bunda ishlab chiqarish vositalari ga mulkchilik birlashma ishtirokchi 1 arining o‘zida saqlanib qolgani holda, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish maxsus tashkil etilgan yagona savdo tashkiloti orqali amalga oshiriladi.
Trest - ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilaming yuridik shaxs ko‘rinishidagi birlashmasi.
Konsorsium - tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo‘yish).
Konsern - rasmiy jihatdan mustaqil bo lgan, ko‘p tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o‘z ichiga oluvchi birlashma. Odatda bunday birlashma ma’lum ishlab chiqarish faoliyatini bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan turli soha korxona va tashkiloti aridan tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sun’iy monopoliyalaming sanab o‘tilgan shakllari orasida konsemlar keng tarqalgan



Yüklə 138,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə