10-маvzu: monopoliyaning iqtisodiy asoslari reja


Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko'ra



Yüklə 138,11 Kb.
səhifə4/11
tarix19.12.2023
ölçüsü138,11 Kb.
#151666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10-mavzu

2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko'ra: tabiiy monopoliya, legal monopoliya, sun’iy monopoliya farqlanadi.
Tabiiy monopoliya tarkibiga kamyob va ishlab chiqarishning erkin tarzda takror hosil qilib boimaydigan unsurlari (masalan, nodir metallar, foydaliqazilmalar va h.k.)ga ega bo’lgan mulkdorlar va xo‘jalik tashkiloti ari kiradi. Shuningdek, mazkur monopoliya tarkibiga o‘ziga xos texnologiyaning qoilanishi sababli raqobatni rivojlantirib boimaydigan ba’zi bir tarmoqlar va ishlab chiqarish turlari ham kiritiladi.
Tabiiy monopoliya - korxonaning texnologik xususiyatlari sababli mahsulotga bo’lgan talabni qondirish raqobat mavjud boimagan sharoitda samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozo lining holati. Bunday samaradorlik ishlab chiqarish hajmining ko'payib borishi bilan tovar birligiga to‘g‘ri keluvchi xo‘jalik xarajatlarining ahamiyatli darajada pasayib borishida namoyon bo’ladi. Shu bilan birga, tabiiy monopoliya sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar iste’molini boshqa turdagi mahsulotlar bilan almashtiribbo‘lmaydi.
Legal (qonuniy) monopoliya - bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holat. Ular tarkibiga raqobatdan himoya qiluvchi quyidagi monopoliya shakli arini kiritish mumkin:
1) patent tizimi - bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunal arini tasdiqlovchi hamda ularga mutlaq huquqni taqdim etish tizimi. Bu jarayon maxsus guvohnomalar - patentlar orqali amalga oshiriladi;
2) mualliflik huquqi - ilmiy, badiiy va saif at asarlari, ijro san’ati fonogrammalari, ko‘rsatuvlar, efir toiqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilarni yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga soHsh shakli. Mualliflik huquqi faqat mualliflar tomonidan o‘z mahsulotlarini malum vaqtga yoki butunlay sotish, ulardan nusxa olish va ko‘paytirishga ruxsat berish imkonini ta’minlaydi;

Yüklə 138,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə