10-маvzu: monopoliyaning iqtisodiy asoslari reja


MONOPOLIYALARNING TURLARI



Yüklə 138,11 Kb.
səhifə3/11
tarix19.12.2023
ölçüsü138,11 Kb.
#151666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10-mavzu

MONOPOLIYALARNING TURLARI
Monopoliyalarning mohiyatini ochib berishda uning turlarini ko‘rib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalarning turlarini bir necha mezonlarga koia ajratish mumkin.
1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko‘ra: sof monopoliya, monopolistik raqobat, oligopoliya va monopsoniya.
Sof monopoliya - tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. O’zbekistonda sof monopoliyalar sifatida «O’zbekiston havo yoilari» AJ, «O’zbekiston temir yoilari» AJ, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini misol keltirish mumkin. Darhaqiqat, ular o‘z tarmoqlaridagi tegishli faoliyatlaming yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadilar. Shuningdek, ba’zi hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko‘payib borishi monopolistik raqobat hoi at ini ng vujudga kelishiga sabab bo’ladi. O’zbekistondagi qonunchilikka binoan firma tarmoq mahsulotining 35 dan ortiq foizini ishlab chiqarsa4, xo‘jalik yurituvchi sub’ektningning mavqei ustun mavqe (ya’ni monopol) deb e’tirof etiladi u korxona monopol korxona hisoblanadi va “Monopol korxonalar Davlat Reesteri”ga kiritiladi.
Monopol hokimiyat ko'rsatkichi. Raqobatlashgan bozorda narx chekli xarajatga teng bo’lishi, maksimal foyda olishning zaruriy sharti edi. Monopol bozorda narx chekli xarajatdan yuqori belgilanadi. Ana shu farq, ya’ni foydani maksi mal 1 ashti radigan narx bilan chekli xarajat o‘rtasidagi farq monopol hokimiyatni oichash usuli bo’lishi mumkin. Monopol hokimiyatni xuddi ushbu usulda aniqlashni 1934 yilda iqtisodchi olim Abba Lenner tomonidan taklif qilinganligi uchun, bu ko‘rsatgich Lerneming monopol koisatkichi degan nomni olgan.

bu erda:
L - monopol hokimiyatning Lemer indeksi;
Pm - monopol narx;
MC - chekli xarajat;
E FD - talabning narxga ko‘ra elastikligi.
Masalan, benzinga talabning narx bo'yicha elastikligi -5 bo’lsa, Benzin sotuvchi firmaning monopol hokimiyati 0,2 ga teng.
Shuni ta’kidlash kerakki, yuqori monopol hokimiyat yuqori foyda olishni kafolatlamaydi. Foyda o‘rtacha xarajatning narxga bo‘lgan nisbatiga bog‘liq. Agar ikki firmadan Birinchisining monopol hokimiyati, ikkinchi firmanikiga ko‘ra yuqori bo'Isa va Birinchi firmaning o‘rtacha xarajati juda yuqori bo‘lsa, uning oladigan foydasi ikkinchi firma foydasidan kichik boladi. Yuqoridagi tenglama ko'rsatadiki, talab qanchalik elastik boimasa, shunchalik monopol hokimiyat yuqori. Demak, monopol hokimiyatning kelib chiqish sababi, talab elastikligidadir.
Amaliyotda chekli xarajatni hisoblash qiyin bo’lgani uchun, uni o‘rtacha xarajat bilan almashtiradi. Bu holda formula quyidagi ko'rinishni oladi:



Monopol hokimiyatni xarakterlash uchun bozorni markazlashuv darajasi ko‘rsatkichidan ham foydalaniladi. Bu ko‘rsatkich Xerfindal-Xirshman indeksi" orqali aniqlanadi. Bu indeksda korxonalaming bozordagi ulushlari yig‘indisi sifatida qaraladi va qaysi firmaning bozordagi ulushi yuqori bo‘lsa, u firma bozorda monopol hokimiyatiga ega bo‘lishi mumkin yoki shunday imkoniyat mavjud deb qaraladi. Firmalar bozordagi ulushiga ko‘ra tartiblashtiriladi.





bu erda: I - Xerfindal-Xirshman indeksi;
Si2- bozorda eng katta ulushga ega bo‘lgan firma;
S22- undan keyingi kattalikdagi ulushga ega firma va hokazo;
Sn2-eng kichik ulushga ega bo‘lgan firma.
Agarda korxona tarmoqda yagona faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, uning mahsuloti tarmoq mahsulotining 100 foizini tashkil qildi va bu sof monopoliya bo‘ladi, ya’ni Xerfindal-Xirshman indeksi 1= 10 000 ni tashkil qiladi. Masalan, AQSh da Xerfindal-Xirshman indeksi 1 = 1 800 dan oshgan tarmoqlar, monopoltarmoqlarga kiradi. Yuqoridagi indeksdan monopoliyaga qarshi olib boriladigan faoliyatda foydalaniladi. Bozorning katta qismini bir necha firmalar tomonidan egallab olinish holatiga bozorning markazlashuvi deyiladi . Tarmoqda ishlab chiqaruvchilar sonining nisbatan ortishi va Xerfindal- Xirshman indeksi I < 1 800 ni tashkil qilgan holatda sof monopolistik bozor monopolistik raqobatli bozorga aylanadi.
Monopolistik raqobat - tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni ko‘p hamda ular o‘rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo’lgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o‘z tovar yoki xizmatining alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati hisoblanadi. Monopolistik raqobat o‘z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini oladi. Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o‘nlab ishlab chiqaravchilari bir-birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar. Biroq, ayni paytda, har bir ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini tabaqalashtirish, ya’ni shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati (sifat darajasi, shakli, qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k.) bo'yicha farqlantirish orqali uning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi. Bunga misol tariqasida ko‘plab mebel, kiyim- kechak turlari, kir yuvish vositalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi!arini keltirish mumkin.
Oligopoliya - tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisi bo’lib, qaysi tovarlar vaxizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi. Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chi qar ishi mumkin. Ko‘pchilik sanoat mahsulotlari - polat, mis, alyuminiy, qo‘rg‘oshin, temir va shu kabilar fizik ma’noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya sharoitida ishlab chiqariladi5. Iste’mol tovarlari - avtomobillar, kir yuvish vositalari, sigaretlar, maishiy elektr buyumlari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar tabaqalashagan oligopoliya hisoblanadi. Oligopoliya sharoitida korxonalar o‘rtasidagi raqobat o‘zaro bog’liq bo’ladi. Oligopolistik tarmoqda hech qaysi firma o‘zining narx siyosatini mustaqil o‘zgartirishga bo’lina olmaydi.
Oligopolist ishlab chiqaruvchilarga O'zbekistonda sement (asosan Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), kolnir (Angren shahri, Surxondaiyo viloyatining Sariosiyo (Sharg'un) va Boysun (To‘da) tumanlarida joylashgan ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin.
M onopsoniya - tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko'p bo'lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridori mavjud bo’lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. Bunga «O‘zDEUavto» korxonasi yaqqol misol boia oladi. Mazkiir yirik korxona mamlakatimizda engil avtomobillar ishlab chiqarishda zarur bo’lgan ko‘plab ehtiyot va butlovchi qismlami ulaming nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan sotib olishda yakkahukmronlik mavqeiga ega bo’ladi.

Yüklə 138,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə