10-маvzu: monopoliyaning iqtisodiy asoslari reja


Ommaviy taklif bo‘yicha narx o‘zgarishi



Yüklə 138,11 Kb.
səhifə9/11
tarix19.12.2023
ölçüsü138,11 Kb.
#151666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10-mavzu

Ommaviy taklif bo‘yicha narx o‘zgarishi quyidagi miqdoriy bog’liqlikni aks ettiradi: talabga nisbatan tovarlar taklifi qanchalik yuqori bo‘lsa, bozor narxi darajasi shunchalik past bo‘ladi va aksincha, taklif kamayishi bilan narx oshib boradi. Tik o‘qda muayyan tovarlar taklifi hajmining ko‘payib borishi, yotiq o‘qda esa mahsulot birligiga bo‘lgan narx darajasining oshib borishi aks ettirilgan. Taklif bo‘yicha narx egri chizig‘i bozor narxining tovarlar ommaviy taklifiga bog‘liqligini ifodalaydi Monopolistlar mahsulotlarning siin'iv taqchilligini vujudga keltirish maqsadida o‘z tovarlarining sotish hajmini ataylab qisqartiradilar. Bozorda tovarlaming etishmasligi monopol yuqori narxlaming o‘sishiga olib keladi. Monopoliyalar narxni oshirishning har bir yangi jarayonida tovarlami ishlab chiqarish va sotish hajmini qisqartirishdan ko‘rilgffli zararni hisobga oladi. Daromaddan bunday yo‘qotish1arning oldini olish maqsadida illar yangi narxlami yanada yuqori darajada belgilaydilar. SHu bilan bir vaqtda monopoliyalar mahsulotlarning qisqargan hajmini sotishdan olingan tushum yo‘l qo‘yilgan yo‘qotishni qoplashi hamda daromad miqdorining o‘sishini ta’minlashini nazorat qilib turadilar.
Monopolist me’yoriy harakat bilan meyyoriy daromadni tcngligini ta’minlaydigan hajmda mahsulot ishlab chiqarsagina maksimal foyda olishi mumkin (1-rasm). Rasmda monopolizing meyoriy daromad chizig‘i bozor talabi chizig‘ini beradi. Mahsulot narxi shu mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq funksiya. Sof monopoliya sharoitida MC=MR bo’lganda foyda maksimal bo’ladi.
10.1-chizma
Sof monopoliya sharoitida foyda maksimallashtirish
Monopsonist o‘zi uchun zarur bo‘lgan tovarni, masalan qishloq xo'jaligi xomashyosini oldindan past narxlarda sotib olib, uning katta miqdordagi zaxirasini tayyorlab qo‘yadi. Bu esa unga yangi hosilning yig'im-terimi davrida o‘zi sotib olayotgan xomashyoga monopol past narxlarni o‘rnatish imkonini beradi. Bunday past narxlarda monopsonist juda katta foyda oladi. Sun’iy ravishda sotilayotgan mahsulot ortiqchaligi hududining vuj udga keltirilishi xarid narxlarining navbatdagi pasayishiga olib kelib, natijada monopsonistning foydasi oshib boradi. Bunga g‘arb mamlakatlai'i monopsoniyalari tomonidan ancha vaqtdan buyon Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari tadbirkorlari va mayda tovar ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinayotgan arzon xomashyoni misol tariqasida keltirish mumkin. Afrikadan an’anaviy tarzda eksport qilinuvchi bir qator tovarlar (choy, kofe, какао va hokazo) ga ham azaldan o‘ta past narxlar o'rnatib kelinadi. Bir vaqtning o‘zida monopoliya va monopsoniya hisoblanuvchi firma o'zining daromadini «narxlar qaychisi» usuli orqali ahamiyatli darajada oshiradi. Bunda monopol yuqori va monopol past narxlardan foydalanilib, ular o‘rtasidagi farq xuddi qaychining ikkita kesuvchi tomoni bir-biridan uzoqlashgandagi singari kattalashib boradi. Narxlarning bunday harakati tovarlar ortiqchaligi va taqchilligi hududlarining kengayishiga asoslanadi. U sanoatning ko‘plab qayta ishlovchi korxonalari uchun xosdir. Bu korxonalar o'zlarining tayyor mahsulotlariga undirma sanoat tarmoqlarida o'rnatilgan narxlarga nisbatan bir necha marta yuqori narx o'rnatadilar. XX asrning ikkinchi yarmida AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya va boshqa g‘arb mamlakatlarida agrobiznes sohasining kengayishi bilan narxlar qaychisi asosiy usullardan biriga aylanib, uning yordamida yirik firmalar o‘rta va mayda fermerlarni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidan siqib chiqardilar.



Yüklə 138,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə