Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. M. Rasulov, A. R. Ismailov monopoliyaga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/115
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164118
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   115
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi

 
 
 
 
 
 
 
 
7-rasm. Monopoliyaga qarshi siyosatning vazifalari
22
 
Monopoliyaga qarshi siyosatning iqtisodiy vazifalarilari ko‗p va xilma-xildir. 
Shuning uchun tahlilimizda monopoliyaga qarshi siyosatning asosiy iqtisodiy 
22
Оқюлов О., Мансуров К., Ходжаев Б. Рақобат ҳуқуқи. – Тошкент, ТДЮИ, 2018. - 174 б.. 
Бозор тизими 
самарали фаолият 
кўрсатишини 
таъминлайдиган 
ҳуқуқий база ва 
ижтимоий муҳитни 
таъминлаш
Рақобатни 
ҳимоя қилиш;
Даромад ва 
бойликларни 
қайта 
тақсимлаш
Миллий маҳсулот 
таркибини ўзгартириш 
мақсадида ресурслар 
тақсимотини тартибга 
солиш;
Иқтисодиѐтни 
барқарорлаштириш, 
яъни, иқтисодий 
конъюктуранинг 
ўзгарувчанлиги 
натижасида пайдо 
бўладиган ишсизлик ва 
инфляция даражаларини 
назорат қилиш ҳамда 
иқтисодий ўсишни 
рағбатлантириш.


127
vazifalarilarini ko‗rib chiqamiz. Birinchidan, monopoliyaga qarshi siyosatning ayrim 
iqtisodiy vazifalarilari bozor tizimi rivojlanishini engillashtirish va qo‗llab-quvvatlash 
maqsadiga ega bo‗lgan quyidagi besh vazifalarini quyidagi ( 7-rasm) orqali keltirib 
o‗tishimiz mumkin: 
Raqobatli bozor tizimining qulayliklaridan biri resurslarni samarali taqsimlash 
hisoblanadi. Boshqacha aytganda, har bir turdagi tovar va xizmatlarlarni ishlab 
chiqarishda resurslar ―to‗g‗ri‖ yoki maqbul taqsimlangan bo‗ladi. SHu bilan birga 
raqobatli bozordagi resurslarning samarali taqsimlanishida yashirincha ravishda 
kamchiliklar ham mavjud. YA‘ni, har xil turdagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish 
yoki iste‘mol qilishda qo‗shimcha samara bo‗ladi.Monopoliyaga qarshi siyosat 
natijasida resurslar nomutanosib taqsimlanishining oldini olish uchun qonunlar va 
o‗ziga xos soliqlar amal qiladi. 
Monopoliyaga qarshi siyosatning iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitidagi 
asosiy maqsadi, iqtisodiyotga yangi demokratik usullar bilan rahbarlik qilish, barcha 
xorijiy mamlakatlar bilan samarali iqtisodiy integratsiyani ta‘minlash, Ilmiy texnika 
tarraqiyoti yutuqlaridan samarali foydalanish asosida resurslardan samarali 
foydalanishni yo‗lga qo‗yish va aholining turmush darajasini yuksaltirishdir. 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida monopoliyaga qarshi siyosat mamlakat 
iqtisodiyotining barqaror yuqori iqtisodiy o‗sish sur‘atlarini ta‘minlashga xizmat 
qiladi. 
Monopoliyaga qarshi siyosatning asosiy vazifalarilaridan biri – iqtisodiyotni 
barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat vositalari 
qatori fiskal siyosat orqali ham erishiladi. Fiskal siyosat shuningdek, byudjet-soliq 
siyosati deb xam aytiladi. Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyasion YAIM ishlab 
chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to‗liq bandlilikni, to‗lov balansining muvozanatini 
va iqtisodiy o‗sishni ta‘minlashga qaratilgan monopoliyaga qarshi siyosatxarajatlari 
va soliqlarini o‗zgartirishni o‗z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi. Iqtisodiyot 
turg‗unlik yoki pasayish davrida bo‗lgan vaziyatlarda monopoliyaga qarshi siyosat 


128
tomonidan rag‗batlantiruvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. 
Iqtisodiyotda to‗liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyasiya kelib chiqishi 
mumkin bo‗lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriksiya olib 
boriladi. CHeklovchi fiskal siyosat monopoliyaga qarshi siyosat xarajatlarnni 
kamaytirish yoki soliqlarni oshirish yoki bo‗lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib 
borish orqali iqtisodiyotning davriy o‗sishini chegaralashdan iborat. Ushbu farq fiskal 
siyosat vositalarini tanlashda muhim rol o‗ynaydi. Agar hukumat monopoliyaga 
qarshi siyosat sektorini kengaytirmoqchi bo‗lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o‗z 
xarajatlarini oshirishi, inflyasiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga 
muvofiq bo‗ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə