75
4.2. Mukammal raqobatlashgan bozorlar va ularda faoliyat yuritayotgan
firmalarning xatti-harakati. Raqobatlashmagan bozorlar.
Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‗jaligining
eng muhim
belgisi, uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi.
Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan
yondashishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar)
o‗rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab
chiqarish va yaxshi foyda
keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‗z
mavqeini mustahkamlash
uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va
materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi.
Ishlab
chiqaruvchilar o‗rtasidagi raqobat pirovardida iste‘molchilarni o‗ziga jalb etish uchun
kurashni ham anglatadi.
Resurslarni yetkazib beruvchilar o‗zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, tabiiy
resurslar, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar. Ishlab
chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o‗rtasidagi
raqobat bozor
munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‗liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon
bo‗ladi.
Raqobat iste‘molchilar o‗rtasida ham yuz beradi: ular tovarlarni qulay va arzon
narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya‘ni xaridor har
bir sarflangan pul birligi
evaziga ko‗proq naflilikka ega bo‗lishga harakat qiladilar. Arzon va sifatli tovarni
sotib olish uchun kurashadilar.
SHunday qilib, raqobat ko‗p qirrali iqtisodiy hodisa bo‗lib, u bozorning barcha
subyektlari o‗rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat – bozor
subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‗qnashuvidan iborat bo‗lib, ular o‗rtasidagi
yuqori foyda va ko‗proq naflilikka ega bo‗lish uchun kurashni anglatadi.
Bu munosabatlarni qiymatning mehnat va naflilik nazariyalarini sintez qilish
usulini davom ettirgan holda quyidagi ko‗rinishda ifodalash mumkin (8-rasm).
76
CHizmadan ko‗rinadiki, ishlab chiqaruvchilar sarflangan
xarajatlarning har bir
birligi evaziga ko‗proq foyda olish maqsadida raqobatlashadilar. Mana shu foyda
orqasidan quvish natijasida ular orasida tovarlarni sotish doiralarini kengaytirish, qulay
bozorlar, arzon xomashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalariga erishish uchun
kurash boradi.
O‗z
navbatida xaridorlar, ya‘ni iste‘molchilar sarflagan har bir so‗m xarajati
evaziga ko‗proq naflilikka ega bo‗lish
uchun kurashadilar, ularning har biri arzon,
sifatli tovar va xizmatlarga ega bo‗lishga harakat qiladi.
Dostları ilə paylaş: