112
kechiktirmasdan yetkazib berish sharti bilan tuziladigan oldi-sotdi bitimlari (spot);
birja tovarlarining ularni kechiktirib yetkazib berish sharti bilan tuziladigan oldi-sotdi
bitimlari (forvardlar); birja tovarini yetkazib berishni (yetkazib berish fyuchersi) yoki
birja tovarini yetkazib bermagan holda bitim taraflari o‗rtasida
pul hisob-kitoblari
amalga oshirilishini (hisob-kitob fyuchersi) nazarda tutadigan, kelgusida bajarish
majburiyati bilan tuziladigan hosila moliyaviy vositalarning (derivativlarning) oldi-
sotdi bitimlari (fyucherslar); birja tovarlarini yoki hosila
moliyaviy vositalarni
(derivativlarni) kelgusida sotib olish yoxud sotish huquqi bilan tuziladigan hosila
moliyaviy
vositalarning
(derivativlarning)
oldi-sotdi
bitimlari
(opsionlar);
valyutalarni bir vaqtda olish-sotishga doir bitimlar bo‗yicha hisob-kitoblarni
muayyan muddat o‗tgach, avvaldan belgilangan valyuta kursi bo‗yicha
amalga
oshirish sharti bilan tuziladigan valyutalarni bir vaqtda olish-sotishga doir bitimlar
(valyuta svoplari); qimmatli qog‗ozlarni muayyan muddat o‗tgach, avvaldan
belgilangan narx bo‗yicha qayta sotib olish sharti
bilan tuziladigan qimmatli
qog‗ozlarga doir oldi-sotdi bitimlari (repo) tuzilishi mumkin. Birja bitimi
to‗g‗risidagi axborot (birja tovarining nomi, soni, kotirovkasi (narxi),
birja bitimi
tuzilgan sana bundan mustasno) uchinchi shaxslarga oshkor qilinishi mumkin emas.
Birja bitimi to‗g‗risidagi axborot sudlarga taqdim etiladi, surishtiruv va tergov
organlariga esa, qo‗zg‗atilgan jinoyat ishi mavjud bo‗lgan taqdirda taqdim etiladi.
Birja bitimini ro‗yxatdan o‗tkazish va rasmiylashtirish birja savdolari natijalari
bo‗yicha yozma yoki elektron shaklda amalga oshiriladi. Qimmatli qog‗ozlarga doir
birja bitimlarini yozma ravishda rasmiylashtirish talab qilinmaydi.Birja bitimlari
notarial tartibda tasdiqlanmaydi. Birjalar tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini
ta‘minlash uchun quyidagilar orqali shart-sharoitlar yaratadi: kliring va hisob-
kitoblarni amalga oshirish; agar birja bitimi shartlarida nazarda tutilgan bo‗lsa, birja
tovarlarini yetkazib berishni nazorat qilishni va hisobga olishni amalga oshirish; pul
mablag‗larini va birja tovarlarini oldindan deponentga qo‗yishni
nazarda tutuvchi
mexanizmlarni belgilash; birja savdosi qoidalariga va birja bitimlari bo‗yicha
113
majburiyatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish. Birja bankrot deb
topilgan
taqdirda, birja a‘zolarining va ular mijozlarining birja hisobvaraqlaridagi
mol-mulki tugatish massasiga kiritilmaydi hamda birja a‘zolariga va ularning
mijozlariga ularning birja bitimi bo‗yicha majburiyatlari
bajarilganidan keyin
qaytarilishi lozim. Birjaning majburiyatlari bo‗yicha undiruvni birja a‘zolarining va
ular mijozlarining mol-mulkiga qaratishga yo‗l qo‗yilmaydi. Birja a‘zolarining
mablag‗lari etarli bo‗lmagan taqdirda, birja bitimi bo‗yicha majburiyatlarni bajarish
tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini ta‘minlash fondining pulli va qaytarib berish
asosida birja a‘zolariga taqdim etiladigan mablag‗lari orqali ta‘minlanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: