Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti


QISHLOQ XOʻJALIGINING RESURSLAR SALOHIYATI VA ULARDAN FOYDALANISHNI BOSHQARISH



Yüklə 3,67 Mb.
səhifə2/4
tarix06.04.2023
ölçüsü3,67 Mb.
#104475
1   2   3   4
Xolmuradov Sherzod

2. QISHLOQ XOʻJALIGINING RESURSLAR SALOHIYATI VA ULARDAN FOYDALANISHNI BOSHQARISH


2.1 Yer-suv resurslari va ulardan foydalanishni boshqarish

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Yerdan foydalanish darajasi oshgan sayin mahsulot hajmi ko‘payib, ishlab chiqarish samaradorligi oshib, natijada iqtisodiyot mustahkamlanib boradi. Shuning uchun ham yer resurslaridan foydalanish darajasini uzluksiz ravishda tahlil qilish zarur. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona samarali foydalanish - qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish orqali mamlakatda oziq-ovqat muammosini hal qilishda nihoyatda katta rol o‘ynaydi. Ushbu iqtisodiy jarayonni fermer xo‘jaliklarida yaroqli bo‘lgan yer resurslarining hozirgi holatini o‘rganish asosida ulardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish uchun mavjud bo‘lgan imkoniyatlarni aniqlab, takliflar berishdan iboratdir.


Resurslar salohiyati deyilganda, fermer xo‘jaliklarining yer, mehnat va moddiy-texnika resurslari nazarda tutiladi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning moddiy elementlari orasida yer resurslari muhim o‘rinni egallaydi. U moddiy boylik yaratishning dastlabki shart-sharoiti va tabiiy asosi hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan agrar siyosat, fermer xo‘jaliklarining yerga, yetishtirilgan mahsulotga egaligini yanada mustahkamlash, ishlab chiqarish jarayonida yer va boshqa resurslardan yanada samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi va sifatini oshirish, pirovard natija fermer xo‘jaliklari faoliyatining iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga qaratilmoqda. Chunki yer xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari tizimida, shuningdek, qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lib hisoblanadi.
Yer umum milliy boylikdir, O‘zbekiston Respublikasi halqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
- eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi tariqasida yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash hamda uning unumdorligini oshirish;
- yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash;
- qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarning, eng avvalo sug‘oriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini, kengaytirib borilishini hamda ulardan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash;
- qishloq xo‘jaligi yerlarining unumdorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda yerlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishni davlat yo‘li bilan va boshqa tarzda qo‘llab-quvvatlash;
- yerga va butun atrof tabiiy muhitga zarar yetkazilishining oldini olish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash;
- yerga egalik qilish va undan foydalanish shakllarining xilma-xilligi, yer munosabatlari ishtirokchilarining teng huquqliligini ta’minlash hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish;
- yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lash;
- yerlarning holati haqidagi axborotning to‘liq bo‘lishini hamda undan erkin foydalanishga yo‘l qo‘yilishini ta’minlash
Yer tabiat mahsuli sifatida paydo bo‘lgan va inson ongi hamda irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjuddir. U murakkab moddiy tizim sifatida ifodalanadi va yer to‘g‘risidagi tushunchaning turli - tuman mohiyatini o‘z ichiga oladi. Yerni ishlab chiqarish vositasi, holati to‘g‘risidagi so‘z yuritishdan oldin albatta birinchi navbatda, yer to‘g‘risidagi umumiy tushunchaga ega bo‘lmoq zarur. Geografik nuqtayi nazardan Yerning yuzasi sayyora deb tushuniladi. Yer quyosh tizimining uchinchi sayyorasi hisoblanadi. U bundan 4,5 milliard, boshqa bir ma’lumot bo‘yicha 5,5 milliard yil oldin paydo bo‘lgan. Yer sayyorasida quriqlik 149,1 mln.kv.km ni tashkil etgan bo‘lib u dengiz sathidan o‘rtacha 875 m balandlikda joylashgan. Shu quruqlikning 1/3 qismi tog‘lardan iborat. Okeanlarning maydoni 361,1 mln.kv.km dan iborat. Ushbu ma’lumotlar yer to‘g‘risida umumiy tushuncha beradi.
Tabiiy muhitning ahamiyati tarkibiy qismi – yer resurslaridir. U hududi, iqlimi, relyefi, tuproqlarining sifati, gidrologik sharoiti, o‘simliklari va boshqa belgilari bilan tavsiflanadi, xalq xo‘jaligi obyektlarini va aholini joylashtirish uchun kenglik asos, qishloq va o‘rmon xo‘jaliklarida asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Yer resurslaridan foydalanish suv manbaalariga, qazilma boyliklar zaxirasiga, havo basseyniga, o‘simlik va hayvonot dunyosiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi.
Mamlakatimiz yer resurslaridan oqilona, ekologik jihatdan xavfsiz foydalanish – har bir fuqaroning, korxonaning va butun jamiyatning konstitutsiyaviy burchi hisoblanadi. Qonun yerdan va yer osti boyliklaridan, suv resurslaridan, o‘simlik hamda hayvonot dunyosidan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish, suvning va havoning tozaligi va ularni saqlash, tabiiy boyliklarning tiklanishini 5 ta’minlash bo‘yicha barcha zarur choralarni amalga oshirishni talab etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yer va boshqa tabiiy resurslar o‘sha hududda yashaydigan xalqlar hayoti va faoliyatining asosi sifatida foydalanilishi va muhofaza etilishi belgilab qo‘yilgan. Tabiiy resurslar tarkibida yer ularning hududiy, xo‘jalik va ekologik o‘zaro bog‘liqliklarini hamda o‘zaro munosabatlarini ta’minlovchi, tabiatdan foydalanishning kenglik asosi sifatida ajralib turadi. Qonunchilik yerning unumdorligiga zarar yetkazishni taqiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida yer – davlat mulki, umummilliy boylikdir, undan oqilona fodalanish zarur, u davlat tomonidan muhofaza etiladi. Davlat yerning asosiy xo‘jayini sifatida yer fondiga egalik qilish, ulardan to‘g‘ri foydalanishni ham yuritishi zarur. Shunday qilib, kadastrining obyekti – bu mamlakat yagona yer fondidir, ya’ni kimning ixtiyorida bo‘lishidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasidagi barcha yerlardir. Yer fondi yerlardan foydalanishning asosiy maqsadiga qarab quyidagi toifalarga bo‘linadi
1) Qishloq xo‘jaligi yerlari – qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun yoki ana shu maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar.
2) Aholi punktlarining yerlari (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining yerlari), shahar va posyolka chegaralari doiralaridagi, shuningdek, qishloq aholi punktlari chegaralari doiralaridagi yerlar.
3) Sanoat, transport, aloqa, mudofaa maqsadlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan yerlar.
4) Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan yerlar.
5) Tarixiy – madaniy maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan yerlar.
6) O‘rmon fondi yerlari.
7) Suv fondi yerlari.
8) Zaxira yerlari.
O‘zbekiston Respublikasi yer resurslarining 2015-yil 1-yanvar holati to‘g‘risida Milliy hisobot O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan hisobot yilida korxona, muassasa, fermer xo‘jaliklari va tashkilotlarning yerlaridagi barcha o‘zgarishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida hamda tuman, shahar va viloyat hokimlarining qarorlari bilan tasdiqlangan yillik yer hisobotlarini respublika bo‘yicha umumlashtirish natijasida tuziladi
2015-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy chegarasidagi umumiy yer maydoni 44896,9 ming gektarni tashkil qiladi. Respublika bo‘yicha korxona, tashkilot, muassasalar, fermer xo‘jaliklari va fuqarolarning foydalanishidagi jami yerlar 44892,4 ming gektarni, shundan sug‘oriladigan yerlar esa 4308,1 ming gektarni yoki umumiy yer maydonining 9,6 foizini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi yer fondi yerlardan foydalanish maqsadi va tartibiga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 8-moddasiga binoan 8 ta toifaga bo‘linadi. Yer fondining toifalari bo‘yicha taqsimlanishi 2.1.1-jadvalda va yer fondining yer turlari bo‘yicha taqsimlanishi 2.1.2-jadvalda ko‘rsatilgan

O‘zbekiston Respublikasi yer fondining toifalari bo‘yicha taqsimlanishi


2020 -yil 1-yanvar holatiga


Manba: “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzildi (1-rasm)


O‘zbekiston Respublikasidagi jami foydalaniladigan yer maydoni, viloyatlar kesimida




Manba: “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzildi (2-rasm)
Yer munosabatlarini boshqarish–barcha ijtimoiy munosabatlarni qamrab oladi. Munosabatlar ijtimoiylikdan iqtisodiy, huquqiy, ekologik va boshqarishning boshqa turlarini ham o‘z ichiga oladi. Hozirgi kunda O‘zbekiston jamoatchiligi va iqtisodiyot sohasining olimlari o‘rtasida yer munosabatlarini rivojlanish mexanizmlari to‘g‘risidagi bahslar kengaymoqda.
Yer munosabatlarini boshqarish – bu davlatning va jamiyatning yer resurslarini boshqarishga muntazam va muayyan maqsadga qaratilgan ta’sir ko‘rsatishdir. Bunday ta’sir ko‘rsatish mamlakatning yer resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida obyektiv qonunlarni bilishga va ularni hayotga tatbiq etishga undaydi. Yer resurslarini boshqarish tarkibiga quyidagilarni kiritishi kerak: yerdan foydalanish ustidan nazorat qilish, tashkillashtirish, tartibga solish, rejalashtirish.
Yer resurslarini boshqarish tizimining asosini obyekt, subyekt, predmet, maqsad, vazifalar va boshqarish funksiyasi tashkil etadi. Boshqarishning obyekti va predmetini tarixiy-ijtimoiy jarayonlar natijasi deb bilish zarur. Boshqarishning predmeti va obyekt turlari bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Masalan, ko‘p qavatli binolarning yer uchastkalarini boshqarish, bir qavatli binolar joylashgan uchastkalarni boshqarishdan talaygina farqlanadi.
Yer resurslarini boshqarishning maqsadi, mohiyati va vazifasini mustaqil O‘zbekiston jamiyatining bugungi kundagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy harakati belgilab beradi.
Boshqarish obyekti O‘zbekiston Respublikasining yer fondidir, uning subyektlari ma’muriy-hududiy birliklar, ma’muriy tumanlar, shaharlar, yerga egalik qilishning ayrim yer mulklari, huquqiy maqomdan foydalanish tavsifi bo‘yicha yerdan foydalanishning farqlanadigan, shuningdek yerdan foydalanishga kirmaydigan (umumiy foydalanish yerlari) yer uchastkalaridir
Yer resurslarini boshqarish bo‘yicha ijro – farmoyish berish organlari faoliyatining mazmuni yer resurslaridan foydalanishni rejalashtirish va bashoratlashtirishdan iborat. Yerlarni qayta taqsimlash va yerlardan foydalanish, yerga egalik qilishning tartibi va me’yorini belgilash, yerlarni muhofaza qilish va yerdan foydalanganligi uchun faoliyatini nazorat qilishni tekshirish va tezkor – farmoyish berishdir. Yer resurslarini boshqarish tizimida o‘tadigan jarayonlar asosini uzluksiz axborot almashinuvi tashkil etadi. Bu almashinuvni ta’minlaydigan vosita yer kadastri hamda yer monitoringi hisoblanadi.
Boshqarish jarayonida axborotlar o‘zlarining vazifasi bo‘yicha quyidagilarga taqsimlanadi:
- xabardor qilishga (qabul qilinadigan qarorlarni asoslash uchun foydalaniladi);
- boshqarish jarayoni shakllanadi va subyektga ijro etish va foydalanish uchun yetkaziladi.
Yer resurslarini boshqarishning maqsadi, umumiy ko‘rinishda yerdan foydalanish bilan bog‘langan jamiyat ehtiyojini yanada yuksak darajada qondirishga imkon beradigan yerdan foydalanishning va yer munosabatlari tizimining shakllanishini ta’minlash va yaratishdan iboratdir
Shuning uchun yer resurslarini boshqarishning maqsadi turmush sharoitlarini ijtimoiy va ekologiya jihatdan yuqori darajasini ta’minlashga imkon beradigan yerdan foydalanish va yer munosabatlari tizimini amal qilishini ta’minlash va yaratishdan iboratdir. Binobarin, ijtimoiy, ishbilarmonlik va boshqa samarali faoliyatlarni rivojlanishini tabiiy hamda atrof-muhiti xususiyatlarini qayta tiklash, saqlash sharoitlarini shakllantirish, shu jumladan yerni, davlat va Mahalliy budjetlarga moliyaviy mablag‘larni ko‘proq tushumiga ega bo‘lishni ta’minlashdan iboratdir.
1998-yil O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jalik to‘g‘risida”, “Fermer xo‘jalik to‘g‘risida”, “Davlat yer kadastri to‘g‘risida” gi qonunlarni o‘z ichiga olgan holda mamlakatda yer qonunchiligining bazasi yaratildi, yerdan foydalanishga bozor tamoyillari qo‘llanila boshladi, shu jumladan: yerdan foydalanishning pulliligi, xususiy yerdan foydalanish, bozor yer munosabatlari va boshqalar.
Yer resurslaridan bozor munosabatlariga tortilishi hamda o‘tish davrida ulardan foydalanish samaradorligiga talabni oshirilishi sababli 1998-yili hukumat tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari Davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi (Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyuldagi 114-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari Davlat qo‘mitasi Faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” gi qarori.
Yer resurslari Davlat qo‘mitasini tashkil etishda asosiy maqsadbozor sharoitida mamlakat yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash zaruriyatidir. U quyidagi tarkibdan iborat bo‘lgan:
- qo‘mita raisining ikkita o‘rinbosari; -davlat kadastri boshqarmasi, shu jumladan, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatgaolish va yer hisobi bo‘limi, yer monitoringi 1-chi o‘rinbosarning tasarrufida bo‘lgan;
- yerdan foydalanish va yerlarni muhofaza qilish inspeksiyasi, yerdan foydalanish va yer tuzish Boshqarmasi, “O‘zdavyerloyiha” ilmiy-loyihalash instituti, “Tuproqshunoslik va agrokimyo” ilmiy tadqiqot instituti o‘rinbosar (ikkinchi) ning tasarrufiga kiradi.



Yüklə 3,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə