Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti


Moddiy-texnika resurslari va ulardan foydalanish boshqarish



Yüklə 3,67 Mb.
səhifə3/4
tarix06.04.2023
ölçüsü3,67 Mb.
#104475
1   2   3   4
Xolmuradov Sherzod

2.2 Moddiy-texnika resurslari va ulardan foydalanish boshqarish

Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi ularning asosiy ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlanganligi darajasiga bog‘liq. Asosiy vositalar bilan yetarli darajada ta’minlanmaslik mahsulot miqdori va mehnat unumdorligining sekin o‘sishiga hamda mahsulot tannarxining oshishiga, takror ishlab chiqarish manbalarining kamayishiga olib keladi.


Moddiy resurslar deganda, mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan urug‘, o‘g‘it, yoqilg‘i, yem-xashak va boshqa turdagi xom ashyo va materiallar qiymatlarining yig‘indisi tushuniladi.
Moddiy resurslar bilan ta’minlanish darajasini aniqlash uchun korxonada mavjud bo‘lgan moddiy resurslarning xaqiqiy hajmini (miqdorini) me’yor bo‘yicha talab qilinadigan hajmiga (miqdoriga) bo‘lish kerak. Ushbu ko‘rsatkich xo‘jalik bo‘yicha ham, har bir moddiy resursning turi (urug‘, o‘g‘it, yoqilg‘i va boshqalar) bo‘yicha ham aniqlanadi.
Moddiy resurslar bilan ta’minlanish ahvolining tahlili solishtirish, ko‘rsatkichlar farqi, zanjirli bog‘lanish usullari yordamida amalga oshiriladi. Birinchi navbatda ular bilan ta’minlanish darajasining umumiy o‘zgarishi, so‘ngra ushbu o‘zgarishga omillarning ta’siri aniqlanib, moddiy resurslar bilan ta’minlanish darajasiga baho beriladi. Shundan so‘ng moddiy resurslardan foydalanish darajasining tahlili amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika bazasi boshqa tarmoqlarnikidan farq qiladigan xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlarning eng asosiylari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, qishloq xo‘jaligi moddiy-texnika bazasining tarkibiga yer kiradi. yer qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etishi bizga ma’lum. yerning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda xo‘jaliklarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish zarur. yerning holatiga qarab o‘g‘it turlari, o‘g‘itning miqdori, texnikalarning turi va boshqalar tanlanadi. Agarda yerning meliorativ holatlarini qisobga olmasdan ekin turi, ma’danli o‘g‘itlar, unga ishlov beradigan texnikalar tanlansa, ishlab chiqarishning natijasi past bo‘lishi turgan gap. Ba’zi hollarda yerga bunday munosabatda bo‘lish uning ishlab chiqarish oborotidan chiqib ketishiga ham olib kelishi mumkin.
Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika bazasi tabiat qonunlariga boshqa tarmoqlarnikiga nisbatan ko‘proq bog‘liq. Buning natijasida turli mintaqalarda turlicha texnika va boshqa resurslardan foydalanish zarurati kelib chiqadi. Shimoliy zonalarda ekin turlari janubiy zonalardagidan farq qiladi. SHimoliy zonalarda issiq kunlarning nisbatan kam bo‘lishi, eng avvalo, qisqa muddatlarda pishib yetiladigan ekin turlarini joylashtirishni talab qiladi. Janubiy hududlarda esa ekin turlarini tanlash imkoniyatlari kattaroq. Bunday holatlar esa moddiy-texnika resurslarining turli mintaqalarda turlicha bo‘lishini talab qiladi.
Uchinchidan, qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslaridan foydalanish samaradorligi ishlab chiqarishning mavsumiyligi bilan bog‘liq. Qishloq xo‘jaligida ish davri bilan ishlab chiqarish davrining mos kelmasligi oqibatida ayrim texnika vositalari yilda bir necha kun yoki oy ishlatiladi, xolos. Masalan, don o‘rish kombaynlari asosan o‘rim – yig‘im davrida 2 oy ishlatiladi. yer qazish ishlarida ishlatiladigan ekskovatorlar ham bunga misol bo‘la oladi. Qishloq xo‘jalik korxonalari qimmatbaho texnikani (kombaynlarni) yil davomida saqlashga majbur. Bu esa katta miqdorda qo‘shimcha xarajatlarni talab qiladi. Natijada, asosiy fondlardan, texnikalardan foydalanish samaradorligi pasayadi.
To‘rtinchidan, qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslarining katta qismini tirik organizmlar tashkil etadi. Bu esa ishlab chiqarish jarayonida biologik qonuniyatlarni ham hisobga olishni talab etadi. Aks holda natija past bo‘lishi mumkin. Bu xususiyatni hisobga olmaslik xo‘jaliklarda mavjud texnikada, fondlardan foydalanish samaradorligi pasayishiga olib kelishi mumkin.
Beshinchidan, ishlab chiqarish keng maydonlarda olib borilishi xo‘jaliklarda yaxshi rivojlangan transport tizimi, yo‘l va aloqa kommunikatsiyalari bo‘lishini talab qiladi. Texnikalarni bir maydondan ikkinchisiga olib borish, ularni ta’mirlashni tashkil etish jarayonida qishloq xo‘jaligi moddiy-texnika resurslarini tashkil etishning o‘ziga xosligi namoyon bo‘ladi. Bu xususiyat katta qo‘shimcha mablag‘larni talab qiladi.
Hozirda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligining mexanizatsiyalashganlik darajasini oshirish, asta-sekinlik bilan uni sanoat asosiga o‘tkazish borasida ishlar olib borilayapti. Bu qishloq xo‘jaligi taraqqiyotining ob’yektiv yo‘nalishlaridan biridir.
Hozirgi kunda mamlakatimiz fermer xo‘jaliklari oldida to‘rgan dolzarb muammolardan biri bu ularda moddiy-texnika resurslarining yetishmasligi hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligini moddiy-texnika bazasi deganda, qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan barcha mehnat vositalari va mehnat buyumlari yig‘indisiga tushuniladi. Uning tarkibiga yer resurslari, ishlab chiqarish imoratlari, inshoatlari, qishloq xo‘jaligi mashinalari va jihozlari, transport vositalari, mahsuldor va ishchi hayvonlari, ko‘p yillik daraxtlar, suv resurslari, urug‘lik, chorva ozuqalari, neft mahsulotlari, o‘g‘it, kimyo vositalari va boshqalar kiradi.
Qishloq xo‘jaligi moddiy-texnika bazasi xalq xo‘jaliginiig boshqa tarmoqlaridan bir qator xususiyatlari bilan farq qiladi:
Birinchidan, qishloq xo‘jaligi moddiy-texnika bazasida yer asosiy rol o‘ynaydi. Qishloq xo‘jaligi asosiy ishlab chiqarish vositalarining rivojlanishi bevosita yerdan qay darajada foydalanishga bog‘liq. Yerning unumdorligi hap xil bo‘lib, mahsulot birligi ychyn har xil miqdorda xarajat sarflanadi. Bu esa har xil unumdorlikka ega bo‘lgan yerlarda bir xil miqdorda asosiy va aylanma vositalarga ega bo‘lish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi moddiy-texnika bazasi har doim tabiiy sharoitlar ta’sirida bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi hududiy xarakterga ega bo‘lib, har bir hududda tuproq - iqlim sharoitlari har xil bo‘lishi tufayli har xil sistemadagi mashinalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun hududlarda va hududlar ichidagi xo‘jaliklarda moddiy-texnika bazasining tarkibi ham har xil bo‘ladi.
Uchinchidan, qishloq xo‘jaligida ish davri bilan ishlab chiqarish vaqti bir biriga mos kelmasligi tufayli, ishlab chiqarish mavsumiy xususiyatga ega bo‘lib, bu moddiy-texnika vositalaridan unumli foydalanishga salbiy ta’sir etadi. Ishlab chiqarish mavsumiy bo‘lishi zahira urug‘lik, ozuqa, yoqilg‘i moylash materiallari va boshqalarga ega bo‘lish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
To‘rtinchidan, qishloq xo‘jaligi moddiy-texnika bazasining bir qismi jonli orga­nizm (ishchi hayvonlar, mahsuldor mollar, parrandalar, ko‘p yillik daraxtlar va hokazo) lardan iborat bo‘lib, ulardan samarali foydalanish uchun ma’lum ishlab chiqarish vositalariga ega bo‘lmoqlik kerak.
Beshinchidan, qishloq xo‘jaligi taraqqiy etgan transport xizmati, sifatli yo‘l qurilishini amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash va saqlash ko‘p miqdorda sarflar qilishni taqozo etadi. Har bir qishloq xo‘jalik korxonasining fondlar bilan ta’minlanganligi ishlab chiqarishning to‘g‘ri va soz olib borilishi garovidir.
Xoʻjalik faoliyatining zarur elementi sifatida moddiy-texnika resurslari muhim ahamiyatga ega. Moddiy-texnika resurslari tarkibiga ko‘p turdagi unsurlar kiritiladi: ishlab chiqarishning moddiy vositalari bo‘lmish binolar, inshootlar, mashinalar, urug‘liklar, o‘g‘itlar, qurilish materiallari va yoqilg‘i kiradi. Moddiy-texnika resurslarisiz qishloq x o ‘jalik mahsulotlari (tovar va xizmatlari) ishlab chiqarishni tashkil etib bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslari va boshqa turdagi resurslar o ‘rtasida juda kata bog‘lanish mavjudki, bu bog‘lanish bevosita ishlab chiqarishga ta’sir qiladi. Masalan, ishlab chiqarishda bir turdagi moddiy-texnika vositalaridan (yem-xashak, o‘g‘itlar,qurilish materiallari va hokazo) foydalanish moddiy biologik resurslar (mahsuldor chorva va parranda, baliq, suv, o ‘tlar, o‘simliklar va hokazo) bilan birgalikda mahsulotning moddiy asosini tashkil etadi. Boshqa turdagi moddiy-texnika resurslari (ish qurollari, mashinalar, texnologik uskunalar, yoqilg‘i moylash materiallari, veterinary preparatlar, o‘simliklarni himoyalash vositalari, xo‘jalik asbob-uskunalari va hokazo) esa tayyor mahsulotni shakllantirishda faol ravishda ishtirok ekan, avvalo resurslardan yuqori saviyada va tejamli foydalanish kerak. etadi. Moddiy-texnika resurslarining yana bir qismi (energetik mashina, uzatish uskunalari, transport vositalari, ishlab chiqarish bino va inshootlari va hokazo) ishlab chiqarish jarayonining umumiy shart-sharoitlarini ta’minlaydi. Yana bir qismi esa xo‘jalik yuritishdagi shartsharoitlami ta‘minlab beradi. Bular umumxo‘jalik xizmatlari uchun uskunalar va binolar, ta‘mirlash ustaxonalari, omborxonalar va hokazo. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotining ba‘zi bir tarmoqlarida (chorvachilik, o‘simlikchilik, o‘rmonchilik, baliqchilik va boshqalar) moddiy-texnika resurslarining bevosita yordami bilan mahsulot ishlab chiqarishning tabiiy-biologik jarayonlari amalga oshiriladi. Ba‘zi tarmoqdarda esa (ovchilik, suv resurslarini qayta tiklash, sanoat va hokazo) chet mamlakatlarda inson qatnashmay turib, moddiy-texnika resurslari yordamida ishlab chiqarish amalga oshiriladi, ya’ni avtomatlashtirish, mexanizatsiyalash orqali moddiy-texnika resurslarining o‘zi ishlab chiqarishni amalga oshiradi. Albatta, qishloq joylarida ishlab chiqarishni malakali ishchi kuchisiz, yer-suv, biologik va mineral resurslarsiz, umuman tabiiy resurslarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Moddiy-texnika resurslariga ega bo‘lish uchun esa kimyoviy resurslar zarur boMadi. Yeming cheklanganligi va biologik resurslarning muhim xususiyatlari. Ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan moddiy-texnika resurslarining muhim xususiyatlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan moddiy-texnika , shuningdek ishlab chiqarish texnologiyasining sifati va miqdoriga, ularning o‘zaro birikib ishlashlariga bo‘lgan talablarini yanada kuchaytiradi. Maqsad-mahsulotni sifatli qilib, xarajatlami kamaytirish, moddiy-texnika resurslariga bino-inshoatlarning ichida joylashgan barcha mashina, transport vositalari, materiallar bilan birga ekin uchun urug‘liklar, ko‘p yillik o‘simlik va daraxtlar, ko‘chatlar, o‘rmon, suv omborlari va hokazolar ham kiritiladi. Shuningdek, ishlab chiqarish - texnik potentsial degan tushuncha mavjudki, u qishloq xo‘jaligida istiqbolda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun mavjud bo‘lgan va yaratilajak moddiy-texnika resurslarining baholanishi, boshqa resurslar bilan
bo‘lgan munosabatlar, ishlab chiqarishdagi kuch quwati va boshqa xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Moddiy-texnika resurslarining muhim ahamiyatga ega ekanini yuqoridagi fikr-mulohazalardan bilib oldik.



Yüklə 3,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə