Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə287/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
284 
qilinadigan talabalarni o‗qitish metodologiyasini takomillashtirish zarurligini 
ko‗rsatadi. Shuni ta‘kidlash kerakki, oliy o‗quv yurtlarida ushbu fanni o‗qitish 
amaliyotida muayyan qiyinchiliklar mavjud. 
Web-dizaynni o‗qitishning xususiyatlari va qiyinchiliklarini aniqlash ushbu 
soha faoliyatning kasbiy mansubligi sohasidagi mavjud fikrlar ko‗rib chiqishdan 
boshlanishi kerak. 
Ko‗pincha web-dizayn va grafik dizayn bir-birini to‗ldiradigan atamalar 
hisoblanadi. Bu yo‗nalishlar umumiy xususiyatlarga ega, ya‘ni ular rang asoslari 
(rang va soyalarni uyg‗unlashtirish qobiliyati), propedevtika, dizayn grafikasi asoslari 
va shrift madaniyati kabi tushunchalar har ikki yo‗nalishda bir xil ahamiyat kasb 
etadi. Bundan tashqari, Web va grafik dizayn, badiiy diddan tashqari, grafik 
muharrirlar to‗plami (masalan, Photoshop, Illustrator) va maket uchun mo‗ljallangan 
dasturlarni mukammal bilishi kerakligini anglatadi. Biroq, Web-saytlar dizayni va 
chop etish uchun materiallar (grafik dizayn) ko‗proq texnik jihat bilan bog‗liq 
bo‗lgan, qolaversa, ijodiy jarayonning o‗ziga ham ta‘sir qiladigan bir qator 
fundamental farqlarga ega. 
Web-dizayner - bu kompyuter texnologiyalari sohasidagi mutaxassis bo‗lib, u 
sayt qanday ko‗rinishi va his etilishi uchun javobgardir. U sayt uchun turli xil grafik 
elementlarni, logotiplarni, bannerlarni o‗ylab topadi, sayt navigatsiyasining 
funksionalligi haqida o‗ylaydi, matn qanday ko‗rinishini va uni qayerga joylashtirish 
kerakligini aniqlaydi. Web-dizayner nafaqat qiziqarli va yo‗nalishi bo‗yicha 
mukammal sayt dizaynini yaratishi, balki yuklanish vaqtini ham hisobga olishi kerak. 
Shu bilan birga, web-dizayner vizual dizaynga e‘tibor qaratishdan tashqari saytdan 
foydalanish qulayligi to‗g‗risida ham bosh qotirishi kerak. 
Ushbu mutaxassis o‗z faoliyati jarayonida yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan 
holda, web-dasturchilar, web-texnologiya sohasining boshqa mutaxassislari bilan 
yaqindan ishlaydi, bu unga samarali Web-sayt yaratish imkonini beradi. Web-
dizayner o‗z ishida HTML gipermatnlarni belgilash tili, CSS, Javascript dasturlash 
tilidan, Bootstrap freymvorki. bo‗yicha bilimlardan foydalanadi. Shuning uchun 
Web-dizayn saytlarni yaratish jarayoni sifatida qaraladi, bu yerda kalit so‗z sayt 
bo‗lib, texnik ishlanmalardan, qulay Web-sahifa strukturasini yaratishdan, grafik 
dizayndan va axborotni tarmoqqa uzatishdan iborat [9, 9229]. 
Zamonaviy texnologiyalarning murakkabligini hisobga olgan holda, Web-
resurslarni yaratish jarayoni turli mutaxassislarning yelkasiga tushadi. Web-
dizaynerlardan 
tashqari, 
ushbu 
jarayonda 
telekommunikatsiya 
sohasidagi 
muhandislar, web-dasturchilar, reklama mutaxassislar va boshqalar ishtirok etadi.
Bir kishiga murakkab loyihani amalga oshirish deyarli mumkin emas, shuning uchun 
har bir mutaxassisga vazifalar taqsimlanishi, ular ishlarini bajarishga e‘tibor 
qaratishlari kerak bo‗ladi.



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə